Tarix o’tmishning ko’zgusi
Duche (italyancha duce-dohiy) - Italiyadagi fashistlar diktatori B
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «...italiyaliklar mamlakatda hozir amalga oshirilayotgan barcha ishlar duchening tashabbusi bilan bolayotgani va ularda
- 1934-yilda
- Berlin-Rim-Tokio doirasi
- 1939-yil aprelda Albaniyani bosib oldi. Ikkinchi jahon urushi arafasida -1939-yil 22-mayda
Duche (italyancha duce-dohiy) - Italiyadagi fashistlar diktatori B.
Mussolinining unvoni. Mussolini nomi ommaviy axborot vositalari tomonidan ilohiylashtirildi. O'zining ko'p sonli nutqlarida Mussolini fashizm ―demokratiyadan buzilgan‖Yevropani - 71 - yangilashi, sog'lomlashtirishi va «Osiyo bolshevizmiga» qarshi kurashga boshlashi lozimligini isbotlashga urindi. «Italiyaning asosiy dushmani-bolshevizm, -deb aytardi u, -Italiya fashizmi unga qarshi turadi». Duchening nutqlaridan olingan parchalar fashist targ'ibotchilarining asosiy quroliga aylandi. Gazetalar «Mussolini doimo haq» qabilidagi shiorlarni muttasil va sabot bilan takrorlardilar. Madaniyat vazirligining yo'riqnomalaridan birida esa shunday deb ko'rsatilgan edi: «...italiyaliklar mamlakatda hozir amalga oshirilayotgan barcha ishlar duchening tashabbusi bilan bo'layotgani va ularda duche shaxsining ramzi mavjudligini doimo esda saqlashlari lozim». Duchening benuqsonligi va beqiyos qudratiga ishonch italiyaliklar ongiga muttasil singdirilishi lozim edi. O'sib kelayotgan avlod fashistlarning bolalar va o'smirlar tashkilotlariga jalb qilindi. Bu tashkilotlardagi rasm-rusumlar va ularning faohyati harbiylashtirilgan xususiyatga ega bo'ldi. Maqsad -o'ylamasdan itoat qiluvchi mukammal fashist askarini tarbiyalash edi. Biroq, fashizm italiyaliklarning ongini zaharlay yoki unga chuqur singa olmadi. Fashizm Italiya millati ongiga, uning diniy va demokratik an'analariga tamomila zid edi. Demokratik kuchlarning vakillari yashirin sharoitda fashistlarga qarshi kurashni davom ettirdilar. Fashistlarning tashkilotlariga joylashib, ularga qarshi faol qo'poruvchilik ishlarini olib bordilar, yoshlar orasida fashizmga qarshi kayfiyatlarning uyg'onishiga sabab bo'ldilar. Fashizmga qarshi kurashda katolik cherkovining qator vakillari ham munosib hissa qo'shdilar. Italiya fashizm talablarining imkoniyatlariga muvofiq emasligi fashistlarning tashqi ekspansiyaga intilishlarini kuchaytirdi. Italiya harbiylashish va urushga tayyorgarlik ko'rish yo'liga tushdi. Mussolini italiyaliklarni O'rta Yer dengizini «o'z dengizimiz»ga aylantirishga chaqirdi. 1934-yilda jadal sur'atlarda harbiy-dengiz floti va harbiy aviatsiyani qurishga kirishildi. 1935-yil oktabrida Italiya armiyasi Efiopiyaga urush e'lon qilmay bostirib kirdi. Faqat 1936-yil may oyidagina 600 ming kishilik Italiya armiyasi mamlakatni ishg'ol qilishga erishdi. Millatlar Ligasi Italiya hukumatining harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyani qabul qildi va mamlakatga qarshi iqtisodiy sanksiyalar e'lon qildi. Bu Italiyaning fashistlar Germaniyasi bilan yaqinlashishiga turtki berdi. 1937-yil noyabrida Italiya Germaniya va Yaponiya imzolagan Antikomintern bitimiga qo'shildi. Mussolini uni atrofida butun Yevropa birlashishi lozim bo Igan «doira» sifatida ta'rifladi («Berlin-Rim-Tokio doirasi» degan nom shundan kelib chiqdi). Ushbu bitimga ko'ra Germaniya Efiopiyaning bosib ohnishini tan oldi, xalqaro aloqalarda umumiy bo'lgan yo'nalish belgilandi, harbiy aviatsiyani rivojlantirishning yagona siyosati ishlab chiqiMi, Bolqon va Dunaybo'yi davlatlaridagi ta'sir doiralan chegaralandi Italiya Ispaniyadagi fuqarolar urushida faol qatnashdi va Frankoni qo'llab- quvvatladi. Germaniya bilan o'zaro kelishuvga ko'ra Italiya 1939-yil aprelda Albaniyani bosib oldi. Ikkinchi jahon urushi arafasida -1939-yil 22-mayda Germaniya va Italiya o'rtasida Yevropada harbiy blokni tuzish to'g'risidagi «Po'lat bitim» imzolandi. Bitimning tuzilishi Ikkinchi jahon urushiga olib kelgan omillardan bin bo'ldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling