- 70 -
Moliya oligarxiyasi -mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga, yirik
sarmoya yig'ilgan taqdirda esa jahon iqtisodiyotiga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi
eng boy sarmoyadorlarning kichkina guruhi.
O'z milliy monopoliyalariga ichki bozorda hukmronlik qilish uchun qulay
imkoniyatlar yaratish maqsadida Italiya davlati iqtisodiyotning
avtarkik tizimini
yaratish bo'yicha faol harakatlarni boshladi. U mamlakatning o'zini o'zi ta'minlashi va
strategik xom ashyoning olib kelinishiga qaramligining qisqartirilishidan iborat edi.
Avtarkik tizim uch asosiy maqsadni ko'zlardi:
avtarkik fikrlash tarzini yaratish, ya'ni Italiyaliklarni
import tovarlarini sotib
olishdan voz kechishga majbur qihsh;
iqtisodiyotni
takomillashtirish,
ilmiy-texnik
o'sishni
rag'batlantirish,
sanoatning raqobatbardosh sohalarini yaratish;
importni qisqartirish va Italiya mahsulotlari eksportini oshirish yo'li
bilan
iqtisodiy mustaqillikka erishish. Ushbu munosabat bilan davlat 1934—1935-
yillarda tashqi savdo monopoliyasini joriy qildi va bu xorijiy tovarlar
importini keskin qisqartirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: