Tarix o’tmishning ko’zgusi


Italiya xalq partiyasining


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   114
Italiya xalq partiyasining 
dasturi. Fashizmning tarqalishi 
va Lateran bitimlari. Fashist 
tuzumining iqtisodiy tuzilishi 


- 64 - 
Kam sonli bo'lishiga qaramasdan, «Ordine nuovo» guruhi tez orada mashhur 
bo'lib ketdi. 1921-yil yanvarida u ISP tarkibidan chiqdi va o'zini Italiya kommunistik 
partiyasi (IKP) deb e'lon qildi. 1921-yil may oyida bo'lib o'tgan parlament saylovlarida 
Italiya kommunistlari 15 deputatlik o'rnini egallab, dastlabki g'alabani qo'lga kiritdilar. 
Mamlakat hukmron doiralari kommunistik to'ntarish xavfini sezib, uning 
oldini olish va fashistik to'ntarishni amalga oshirishga ahd qildilar. Terroristik totalitar 
tuzum ramziga aylangan «fashizm» atamasi Italiyada tug'ilgan va u italyanchada 
«bog'lam, dasta» degan ma'noni anglatadi. Bu atama 1919-yilda, frontdan qaytgan 
sobiq askarlar o'z manfaatlari himoy'asi uchun «Fashi di kombattimento» 
(«Quroldoshlar uyushmasi») deb nomlangan tashkilot tuzgan paytda tug'ilgan. Bu 
harakatni Benito Mussolini (1883—1945) boshqardi. 
Benito Mussolini (1883-1945) Italiya bosh vaziri. 1883-yil 
29-iyulda Romanya viloyatida temirchi oilasida dunyoga 
keladi. Sotsialistik partiya safiga qo‟shilib „Avonti” 
gazetasining bosh muhbiri lavozimida faoliyat yuritadi. 1-
jahon urushi davrida Italiyaning neytralligini qo‟llab-
quvvatlaydi. 1914-yil noyabr oyida Antanta tarafdori 
sifatida urushga qo‟shilish fikrini oldinga suradi va 
sotsialistik partiyadan chetlatiladi hamda muhbirlik 
lavozimidan olib tashlanadi. Bir oy o‟tgach o‟zining 
“Papalo d‟Italia “ (“Popolo d‟ Italia”) gazetasiga asos 
soladi. 1915-yil sentyabr oyida harbiy hizmatga chaqiriladi. 
1919-yil mart oyida Mussoliniy Milanda urush veteranlari 
guruhidan iborat “Fashi di kombottimento” (“quroldoshlar uyushmasi”) nomli 
tashkilotni tuzadi. Fashistik harakat sanoatchilar, er egalari, va ofitserlar tomonidan 
qo‟llab-quvvatlanib, katta va mustahkam partiyaga aylanadi. Qirol Viktor Emmanuel-
III er egalari, katta magnatlar va fashistlarning talabi bilan Mussolinini bosh vazir 
etib tayinlashga majbur bo‟ladi. Mussolini fashistlar otryadlarini militsiya 
bolinmalariga aylanishi haqidagi qonunni qabul qiladi (1923-yil) (militsiya-italyancha 
“qo‟shin” demakdir). 1925-yil yanvar oyida Mussolini boshqaruv reformalarini 
boshlaydi va 1926-yil noyabr oyida “favqulotda qonun”ni qabul qiladi. Bosh vazir 
sifatida Mussolini hukumat boshqaruvchisigina bolib qolmay , u parlamentga 
buysunmas edi. U faqat qirol oldida ma‟sul edi. Oliy davlat organlari sifatida katta 
fashistlar birlashmasi o‟z ishini yuritar edi va ular deputatlar palatasidagi 
nomzodlarni o‟zlari saylar edilar va shu tufayli saylovchilar alternativ ro‟yxat 
tizimidan mahrum edilar. Matbuot senzura nazoratida edi. Oppozitsiya etakchilari esa 
davlatdan surgun qilinar yoki repressiyaga duchor qilinar edilar. 1933-yil Gitler 
hukumat tepasiga kelganidan so‟ng, Mussolini Italiya ,Germaniya, Fransiya va Buyuk 
Britaniya ortasidagi hamkorlik haqidagi paktni taklif qiladi. 1935-yil yanvar oyida 
Mussolini Fransiya bosh vaziri Lavalen bilan shatnoma tuzadi va bu 1935-36-yillarda 
Italiyaga Efiopiyani bosib olish uchun berilgan imkoniyat edi. 1942-yil kuzda qirol va 
uning atrofidagi odamlar hamda Mussolini safdoshlari Italiyani urushdan chiqarish 
rejalarini tuza boshladilar. Aniq bir qadamlar Sitsiliyaga ittifoqchilarning bosib 
kirishidan so‟ng amalga oshirila boshlandi. Mussolini Gitlerga yordam so‟rab murojat 
B. Mussolini va A. Gitler 


- 65 - 
qiladi. Lekin 1943-yil 19-iyulda u bilan uchrashganda u rad javobini eshitadi. 24-
iyulda katta fashistlar ittifoqi yig‟iladi va u erda Mussolini faoliyati tanqidga uchraydi. 
Ertasi kuni diktator iste‟foga chiqarilib hibsga olinadi. Uning o‟rniga qirol marshal 
Petro Badaloni tayinlaydi. Italiyaning Gitlerga qarshi bo‟lgan davlatlar bilan 
shartnoma tuzgandan so‟ng Germaniya Italiyaning Shimoliy va markaziy qismlarini 
bosib oladi Shimoliy Italiyada nemislar qarshiligi bostirilgandan so‟ng Mussolini 
Shveytsariyada yashirinmoqchi bo‟ladi. Lekin partizanlar tarafidan qo‟lga tushiriladi . 
Keyin esa 1945-yil 28- aprelda Dango yaqinida osib o‟ldiriladi..
Italiyada 
fashizmning 
tezda 
muvaffaqiyat 
qozonishiga, 
shubhasiz, 
Mussolinining shaxsiy sifatlari katta ahamiyatga ega bo'ldi. U qadimgi rimliklarda 
«dohiy» ma'nosini beruvchi «duche» so'zini o'ziga unvon qilib oldi. Uning 
rahbarligidagi fashizm ramzlarga, marosim va afsonalarga ega bo'lgan o'ziga xos dinga 
aylandi. Qora ko'ylakli armiya tuzildi. Mussolini saroylar ayvonidan odamlarning ko'p 
ming kishilik yig'inlariga qarata yorqin va jonli nutqlar bilan murojaat qilar edi. U o'z 
nutqida yirik magnatlarning mehnatsiz daromadlarini, amaldorlarning suiiste'mollarini, 
birorta ham muammoni hal etishga qodir bo'lmagan parlamentni fosh etar, bularning 
hammasini bartaraf etishga va Italiyaning qadimgi ulug'vorligini tiklashga va'da 
berardi. Sehrlangan omma buni jondildan olqishlar va «Boshla bizni, duche» deya 
baqirardi. 
Mussolini milliy tiklanishga da'vat etardi. U Italiyaning barcha kulfatlari 
sababchisi parlament tuzumi ekanligini ta'kidlar, bu tuzumni sotqinlikda va 
korrupsiyada ayblardi. Uning fikricha, Italiyada yangi tartib -«postliberal», 
«postmarksistik», «postdemokratik», o'ziga xos yangi, italyancha «milliy sotsializm» 
hukmron bo'lishi zarur edi. Mussolinining «milliy sotsializm» dasturiga ko'ra, 
davlatning mohiyati o'zgarishi, u mehnat va sarmoya o'rtasidagi hamkorlik shakliga, 
«korporatsiya»ga aylanishi lozim edi. Mehnat va sarmoyaning samarali o'zaro ta'siri 
natijasida Italiya yagona korporatsiyaga aylanishi, barcha sarmoya egalari va ishchilar, 
zamindorlar va dehqonlar bir oila a'zolari sifatida ishlashlari targ'ib qilinardi. Albatta, 
bunda demokratik va progressiv kuchlar siyosiy hayotdan quvilishi kerak edi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling