Tarix o’tmishning ko’zgusi


Urushga tayyorgarlik. SSSR bilan


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   114
Urushga tayyorgarlik. SSSR bilan 
muzokaralar. Buyuk Britaniyaning 
mustamlaka va dominionlardagi 
siyosati. 


- 60 - 
ham berildi. Biroq, bu «kafolat»larga juda kam odam ishonardi. N.Chemberlen hanuz 
Germaniya bilan dunyoni bo'lib olish va Sovet Ittifoqiga qarshi salib yurishi 
uyushtirish to'g'risida yaxshilikcha kelishish mumkinligiga ishonardi. U o'zaro teng 
bitim tuzishni istardi, harbiy tayyorgarliklar va ittifoqchilar Angliya marralarini 
Germaniya bilan bo'lajak muzokaralarda kuchaytirishga urinish edi. 
Buni Angliya hukmron doiralarining barcha vakillari yaxshi tushunishardi, shu 
sababli N. Chemberlenning Gitlerni «tinchlantirish» siyosatiga qarshiligi kuchayib 
borardi. U. Cherchill (1874-1965) boshchiligidagi konservatorlar guruhining mavqei 
ham kuchaymoqda edi. Germaniya armiyasi Pragaga kirgan damda U. Cherchill, A. 
Iden, D. Lloyd-Jorj, leyboristlar partiyasi rahbarlari va boshqa ko'plab siyosiy 
arboblarnmg urush muqarrar ekani va faqat Rossiya bilan til topishishgina vaziyatni 
o'zgartirishi mumkinligiga ishonchlari komil edi. Angliya jamoatchiligining ko'pchilik 
vakillari ham shu fikrda edilar. 
Sovet hukumatining maqsadi aniq edi - jamoaviy xavfsizlik tizimini yaratish va 
agressorga birga, bahamjihat qarshi turish. Jamoatchilik fikri tazyiqi ostida N. 
Chemberlen va E. Daladye Moskvaga Germaniyaga qarshi birga harakat qilish 
to'g'risidagi muzokaralami olib borish uchun delegatsiyalar yo'llashga majbur bo'ldilar. 
Ammo, Moskvada 1939-yil martdan avgustgacha davom etgan muzokaralar G'arb 
davlatlari Sovet Ittifoqiga bir tomonlama majburiyatlar yuklab, uni Germaniyaga qarshi 
urushga tortib, o'zlari chetda tomoshabin bo'lib turish niyatida ekanliklarini oshkor 
qildi. Shu bilan birga, Moskva Angliya hukumati Germaniya vakillari bilan dunyoni 
ta'sir doiralariga bo'lib olish, xom ashyo manbalarini bo'lib olish to'g'risida muzokaralar 
olib borganini isbotlovchi ma'lumotlarni qo'lga kiritdi. 
1939-yil 23-avgustda Moskvada hujum qilmaslik to'g'risidagi sovet-german 
bitimi imzolandi, 1 sentabrda esa Germaniya qo'shinlari Polsha hududiga bostirib kirdi. 
2-3-sentabrda Angliya va Fransiya Germaniyaga urush e'lon qilishga majbur bo'ldilar. 
N. Chemberlenning «tinchlantirish» siyosati amalda agressor qarshisida qo'l 
qovushtirish siyosati bo'ldi va uning mevasini birinchi bo'lib Angliya yeyishiga to'g'ri 
keldi. 
Angliya tashqi siyosati ko'p jihatdan mustamlaka va qaram hududlarda milliy-
ozodlik harakatining o'sishi bilan belgilandi. Angliya mustamlaka va dominionlarida 
juda katta qo'shinni saqlashga majbur bo'ldi. Mamlakat hukmron doiralarida hech kim 
mustamlakalarga mustaqillik berish haqida o'ylamasdi. Biroq, mustamlakalarda 
osoyishtalikni ta'minlash uchun Angliya hukumati milliy-ozodlik harakatini parchalash 
va o'z tomoniga yirik va o'rta burjuaziya hamda amaldorlarning ko'pchilik qismini 
og'dirishga qaratilgan turli nayranglarni qo'llashga majbur bo'ldi. 
1930-yil aprelida Hindiston milliy kongressi hind xalqini ruqaroviy 
bo'ysunmaslikka chaqirdi. Ammo xalq harakati qonun chegarasidan chiqib, kuchli 
ommaviy namoyishlarga aylandi. Politsiya va qo'shinlar bilan to'qnashuvlar bo'lib, 
ularda yuzlab namoyishchilar o'ldirildi. Mirutda kasaba uyushmalari harakati 
faollarining ishi bo'yicha jarayon o'tkazildi. Ularga juda og'ir jazolar belgilandi - 
ayrimlar umrbod katorga ishlariga, boshqalar esa 12 yil qamoq jazosiga hukm 
qilindilar. Shunday qilib Angliya hukumati o'z mustamlakalarini tark etish niyati 
yo'qligini bildirdi. 


- 61 - 
Angliya hukmron doiralari dominionlardagi aholiga nisbatan bir qancha yon 
berishlarga borishga majbur bo'ldi. 1931-yilda Angliya parlamenti uning biror-bir 
qonuni dominionlarga ularning rasmiy roziligisiz tatbiq etilmasligini ko'zda tutuvchi 
hujjatni qabul qildi. Dominionlar qabul qilgan qarorlar endi Angliya parlamenti 
tomonidan tasdiqlanmasdi. Angliya parlamentining bu hujjati Vestminster nizomi 
nomini oldi. U Angliya parlamentining mustamlaka va dominionlarda qabul qilingan 
istalgan qonunni bekor qilish huquqiga barham berdi. Vestminster nizomi 
dominionlarning mustaqilligini jilovlovchi so'nggi huquqiy cheklovlarni yo'q qildi 
(Kanada, Yangi Zelandiya, Avstraliya). Shu bilan birga, Britaniya hukumati mustamla-
ka va dominionlarning Angliyaga qaramligini mustahkamlashga urindi. Ular 
Angliyaning sanoat ustaxonasi bo'lib qolishlari lozim edi. 
Bundan tashqari, yapon militarizmi ekspansiyasi xavfi ham kuchayib, u Tinch 
okeanining g'arbiy qismi, Xitoy va Hind okeanidagi mustamlakalarni qayta taqsimlash 
hamda ularda hukmronlikni qaror topdirishga majbur qildi. Angliya burjuaziyasi 
mahalliy millat vakillari orasida o'ziga ittifoqchilar topish, ularni qurolli kuchlarga jalb 
qilish va ulardan o'z hududlarini yapon agressiyasidan himoyalovchi qismlar tashkil 
qilishga urindi. 1935-yilda Hindiston uchun joriy etilgan yangi konstitutsiya shu 
maqsadni ko'zlardi. Vakillar idoralariga saylovchilar soni 14%gacha oshirildi.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling