Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   114
Konservatorlarning
ichki va tashqi 
siyosati. 


- 58 - 
Fransiyaning Yevropadagi ta'sirini zaiflashtirishda natsistlardan foydalanishga umid 
qildilar. 1935-yil 18-iyunda Angliya-Germaniya dengiz bitimi imzolanib, unga ko'ra 
Germaniyaga Angliya harbiy-dengiz fiotining 1/3 ga teng harbiy-dengiz floti tuzishga 
ruxsat etildi. Bunday flotni tuzib Germaniya butun Boltiq dengizida xo'jayinga 
aylanardi. Angliya-Germaniya bitimi Versal bitimini buzardi, biroq buzg'unchi bu safar 
Angliya bo'lib, u Germaniyaning bunday buzg'unchiliklanga qarshi norozilik 
bildirishga ma'naviy huquqni yo'qotardi. Fashistlar tomonidan Reyn hududining bosib 
olmishim Angliya jim turib kuzatdi Bu Germaniyaga qihngan tajovuzni davom ettirish 
haqida qilingan taklifdan boshqa narsa emasdi. Angliya Ispaniya respublikasi taqdirida 
ham salbiy rol o'ynadi. 1936-yil avgustida Londonda Angliya hukumatining tashabbusi 
bilan Yevropa mamlakatlari Ispaniyaga qurol-yarog' (shu jumladan samolyotlar)ni 
eksport va tranzit qilishni taqiqlovchi Ispaniya ishlariga aralashmaslik to'g'risidagi 
bitimni imzoladilar. Bu taqiqning bajarilishini kuzatish va nazorat qilish uchun ingliz 
lord Plimut rahbarligida Aralashmaslik qo'mitasi tuzildi. Bu qo'mita fashist davlatlariga 
Ispaniya respublikasini yo'q qilishga ko'maklashdi. U Ispaniyaga respublika uchun 
kurashayotgan respublikachi va demokratlar uchun qurol-yarog' va hatto oziq-ovqat 
keltirilishining yo'lini to'sdi va fashist isyonchilarini ta'minlash uchun barcha yo'llarni 
ochib berd 
Angliya hukmron doiralarining xatoliklari Bosh vazirning almashuvida ham o'z 
aksini topdi. 1937-yil 28-mayda Angliya Bosh vaziri qilib Konservativ partiyaning 
rahbari N. Chemberlen (1869-1940) tayinlandi.
Chemberlen Nevill (1869-1940) Ingliz davlat arbobi. Jozef Chemberlenning 
ikkinchi nikohidan tug‟ilgan o‟g‟li, Ostin Chemberlenning tutungan akasi. Nevill 
Chemberlen 18 mart 1869 yilda Birmingemda dunyoga keladi. U Birmingemdagi 
Ragbi va Meyson kollejlarida ta‟lim oladi, bir vaqtning o‟zida Birmingem va Bogamda 
tadbirkorlik bilan shug‟ullanadi. 1915-1916 yillarda Birmingemda lord-mer, 1916-
1917 yillarda milliy bo‟ysunish xizmati bosh direktori lavozimida ishlagan. 1918 yil 
Birmingemdagi Ledivud saylov okrugi, liberal-yunionist partiyasi tamonidan 
parlamentga saylandi. 1922-1923 yillarda pochta, bosh xazinachi, sog‟liqni saqlash, 
moliya vaziri lavozimlarida faoliyat yuritadi. 1924 yildan 1929 yilgacha va 1931 
yillarda yana sog‟liqni saqlash vazirligini boshqardi. 1930-1931 yilarda u 
Chemberlenda konservativ partiyaga raislik qildi va 1937 yilda 
konservativ partiya tamonidan Stenli Bolduin o‟rniga bosh vazir 
etib saylandi.
Chemberlen yaxshi boshqaruvchi edi, uning ish rejasida 
qator islohatlar (protektsionizmga o‟tish, ishsizlikka qarshi 
to‟lanadigan maoshni qisqartirish va hok.) turardi, ammo 
Chemberlen o‟sha davrdagi ichki va tashqi siyosatdagi 
qiyinchiliklarni to‟la tushunib etmas edi.
N. Chemberlen Gitlerni ko'p sonli yon berishlar yo'li bilan 
«tinchlantirish» siyosatining tashabbuskori va ijrochisi bo'ldi. N. 
Chemberlenning siyosiy maqsadi to'rt davlat - Angliya
Germaniya, Italiya va Fransiya o'rtasida bitim tuzishdan iborat 
edi. Uning fikricha, bunday bitim Yevropaning qolgan qismiga 
Chemberlen Nevill 


- 59 - 
hukmini o'tkazuvchi ittifoqning tuzilishiga olib kelardi. Shu sababli N. Chemberlen 
hukumatining tashqi siyosati Germaniya bilan murosa yo'llarini izlashdan iborat 
bo'ldi. 
Chemberlenning Gitler va Mussolinining yovuz siyosatiga qarshi harakatlari 
omadsizlikka uchradi. 1938-yil 29 sentyabrda Myunxen bitimining imzolanishi 
Chemberlenning “Gitlerni tinchitish” siyosatining kulminatsion nuqtasi edi. 1939 
yilning mart oyida fashistlar Chexoslavakiyani butunlay qo‟lga kiritdi va bu voqea 
Chemberlenning tinchlikni saqlab qolish harakatini chippakka chiqardi.Chemberlen 
vaziyatdan chiqib ketish maqsadida Polshaga hududiy daxlsizlik kafolatini beradi. 
Oradan yarim yil o‟tgach bu qadam Buyuk Britaniyani II-jahon urushi ishtirokchisiga 
aylantirdi. Norvegiyadagi harbiy ekspeditsiyaning muvaffaqiyatsiz yakunlanishi, 
fashistlarning Niderlandiya va Belgiya hududlarini egallashi Chemberlenni 1940 yil 
10 mayda iste‟fo berishga majbur etdi. Chemberlen 1940 yil 3 oktybrgacha U. 
Cherchillning maxfiy majlisida lord – vakil sifatida faoliyat yuritadi.
Chemberlen 1940 yil 9 noyabrda Odixemoda (Gempshir grafligida), Xekfild-
Xausda vafot etadi. 
Ko'p 
o'tmay 
Angliya 
hukumati 
Germaniya Sharqda Sovet Ittifoqiga 
qarshi emas, G'arbda Angliya va 
Fransiyaga 
qarshi 
urush 
boshlashi 
mumkinligi 
to'g'risidagi 
ma'lumotni 
qo'lga kiritdi. Bu ma'lumot 1937-yildayoq Gitlerning G'arbda urush boshlash, avval 
Versal bitimi mualliflari va yirik mustamlakalar egalarini bir yoqli qilib, so'ng Sharqqa 
yuz burish niyatida ekanidan dalolat berardi. Angliya hukmron doiralari mudofaa 
qobiliyatini kuchaytirish bo'yicha shoshilinch choralar ko'ra boshladilar, qator 
mamlakatlarga harbiy kafolatlar berib, o'zlariga ittifoqchilar qidirdilar. Anghya 
armiyasini qurollantirishga xarajatlar 1938-yildagiga nisbatan ikki baravar oshirildi. 
1939-yil iyunida xarajatlar miqdori yana oshirildi. Harbiy doktrinaga ham 
o'zgartirish kiritildi. Angliya hukumati faqat o'zini emas, Fransiyani ham mudofaa 
qilish ehtimolidan kelib chiqdi. Yevropa qit'asida 19 piyoda va 2 kavaleriya 
diviziyasidan iborat Angliya ekspeditsiya korpusini tashkil qilish to'g'risida qaror qabul 
qilindi. 1939-yil 15-aprelda Angliya tarixida birinchi marta tinch davrda umumiy 
harbiy majburiyat joriy qilindi. 1938-yil oxiriga kelib Angliya aviatsiyasi son jihatidan 
o'sdi va sifat jihatidan Germaniya aviatsiyasidan ustun yangi samolyotlar bilan 
ta'minlandi. Ushbu yillarda Angliya armiyasi ixtiyorida Ikkinchi jahon urushi yillari 
nom chiqargan «Spitfayr» va «Xarriken» qiruvchi samolyotlari hamda Angliya avia-
tsiyasiga havoda to'la ustunlik qilish imkonini bergan radar qurilmalari paydo bo'ldi. 
Shunga qaramay, bu agressiyachiga qarshi mudofaaga tayyorgarlik emas, G'arb 
mamlakatlariga qarshi ekspansiyaning oldini olish maqsadida ularga ta'sir ko'rsatish 
vositasi edi. 
1939-yil martida N.Chemberlen Polshaga harbiy kafolatlar berilishini ma'lum 
qildi. Xuddi shunday kafolatni Polshaga Fransiya ham berdi. Bu Germaniya Polshaga 
hujum qilgan taqdirda Angliyava Fransiya unga barcha, shu jumladan, harbiy vositalar 
bilan ham yordam ko'rsatishini anglatardi. Shunday kafolatlar Gretsiya va Ruminiyaga 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling