Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   114
Urushdan keyin qishloq 
xo’jaligi va sanoatdagi 
ahvol. G’oliblar ichida 
mag’lub mamlakat 


- 63 - 
Urushdan keyin Italiyada ro'y bergan o'tkir siyosiy kurashda liberal islohotlar 
o'tkazishga qodir va siyosiy inqirozni Germaniyadagi Veymar respublikasi singari 
burjua-demokratik tuzumini o'rnatish bilan hal etadigan yetakchi siyosiy partiya yo'q 
edi. 
1919-yilda 
katoliklarning 
ommaviy 
harakati 
asosida 
Xalq 
partiyasi 
(«Popolari») tashkil etildi.' Yirik sarmoya 
vakillari, 
yer 
egalari, 
cherkov 
xizmatchilari va mamlakat aholisining bir 
qismi mazkur partiyaga qo'shildi. Bu unga xalqchil partiya ko'rinishini berdi. Partiya 
dasturidagi ikki band uning saflariga mehnatkashlarning anchagina qismini va eng 
avvalo, dehqonlarni jalb etdi. Dasturda zamindorlarning bir qism yerini mablag' 
hisobiga olib, uni dehqonlarga bo'lib berish, shuningdek, mehnat uchun adolatli haq 
to'lash va'da qilingan edi. Ammo Xalq partiyasi siyosiy hayotda sezilarli o'rin egallay 
olmadi. 1919—1920-yillar Italiya tarixiga «qizil ikki yillik» sifatida kirdi. Kasaba 
uyushmalari rahbarligida bu yillarda misli ko'rilmagan miqyosda ish tashlashlar, narx-
navoning oshishiga qarshi ommaviy chiqishlar bo'lib o'tdi. 
1920-yilda kurash o'z cho'qqisiga chiqdi. Ish tashlashlarda 2,5 mln. kishi 
qatnashdi. Shimoliy Italiyada ishchilar zavod va fabrikalarni egallab olib, uch hafta 
mobaynida o'z nazoratlari ostida ushlab turdilar. Ular ishlab chiqarishni yo'lga 
qo'ydilar, barcha yirik korxonalarni muhofaza ostiga olgan Qizil gvardiya tuzdilar. 
Armiya o'z betarafligini e'lon qilgach, hukumat uni xalqqa qarshi yuborishga 
botinmadi. Dehqonlar va shahar aholisi ishchilarga xayrixohlik bilan qarab, yaqindan 
yordam berdi. Hukumat va korxona egalari jiddiy yon berishlarga majbur bo'ldilar. 8 
soatli ish kuni qonunlashtirib qo'yildi, narxlarning o'sishini kompensatsiya qilish 
maqsadida ish haqiga qo'shimchalar e'lon qilindi. Chorikorlar tashkilotlari 
zamindorlami ishga yollashning qulay shartlariga ko'ndirdilar. Parlament mamlakat 
janubidagi dehqonlar tomonidan egallangan yerlarning bir qismini qonunlashtirib berdi. 
1920-yil kuzida Italiya mehnatkashlari hokimiyat tepasiga kelish imkoniyatiga 
ega edilar. Ammo ommaviy xalq harakatini uyushtiradigan va aniq maqsadga 
yo'naltiradigan kuch topilmadi. Ishchilar sinfining yetakchi partiyasi -1892-yilda 
tashkil topgan Italiya sotsialistik par-tiyasi (ISP) ichki kelishmovchiliklar tufayli 
kuchsizlangan edi. Italiya kasaba uyushmalari ham xuddi shu ahvolda edi. Ammo 
ikkala ishchilar tashkiloti ham ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlardan ko'ra, mavjud 
tuzumni saqlab qolish haqida ko'proq qayg'urardi. 
Natijada ISP uch oqimga bo'linib ketdi: inqilobiy harakatlarga tamomila 
qarshi, mavjud tuzumni asta-sekinlik bilan isloh qilish tarafdori bo'lgan Turati va D' 
Aragon boshchiligidagi o'ng oqim; inqilobiy so'zlar va da'vatlarni ko'p ishlatuvchi, 
ammo uni amalga oshirish uchun hech ish qilmagan maksimalistlar oqimi; uchinchi 
oqimni «Ordine nuovo» («Yangi oqim») guruhi boshqarardi. U keyinchalik 
mamlakatdagi nufuzli siyosiy kuchga aylandi. 
«Ordine nuovo» guruhi Turin universitetining sotsialist talabalari -Antonio 
Gramsni, Palmiro Tolyatti, Umberto Terrachini, Franchesko Miziano va Anjela Taska 
tomonidan 1912-yilda tashkil etilgan edi. Ular dadil harakatlar tarafdori edilar. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling