Tarix o’tmishning ko’zgusi


Korporatsiya (lot. corporatio -birlashma) -biror guruhning manfaatlarini


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   114
Korporatsiya (lot. corporatio -birlashma) -biror guruhning manfaatlarini 
himoya qilish maqsadida tuzilgan birlashma (sexlar, gildiyalar, diniy ritsarlik 
ordenlari, yirik monopolistik birlashmalar). 
Qisqa muddatda barcha og'ir muammolarni hal etishni va'da qilayotgan 
Mussoliniga minglab odamlar ishondilar. 
1919—1921 -yillardagi ichki kurash burjuaziyani mamlakatda «tartib» o'rnata 
oladigan kuchli hokimiyat qidirishga majbur qildi. Fashistlar bu maqsadga eng mos 
keladigan kuch edilar. 1920-yilning kuzidan boshlab fashist tashkilotlari tez ko'paya 
bordi. Ular zavodlarga ham bordilar va u yerda o'z kasaba uyushmalarini tashkil etdilar. 
Qishloqlarda yirik zamindorlar va badavlat dehqonlar kuchi bilan amalda fashistlarning 
qurolli to'dalariga aylangan «o'z-o'zini mudofaa otryadlari» tuzildi. 
Italiya sotsialistik partiyasi (ISP) va Umumiy mehnat konfederatsiyasi (UMK) 
1921-yil 3-avgustda fashist rahbariyati bilan «totuvlik pakti»ni imzolab, katta xatoga 
yo'l qo'ydilar. Bu paktga ko'ra, ikkala tomon ham bir-birini tanqid qilishdan voz kechdi. 


- 66 - 
Fashistlar ishchi tashkilotlarining qo'llab-quvvatlashi tufayli yetakchi siyosiy kuchga 
aylandilar. 
Fashistlar shiddat bilan hokimiyat sari intildilar. 1921-yil may oyidagi 
saylovlarda ular parlamentda 35 o'ringa ega bo'ldilar. 1922-yil kuziga kelib, ko'pgina 
munitsipalitetlar ustidan nazorat o'rnatdilar. Mamlakatning Emiliya, Toskana va 
Lombardiya kabi eng nufuzli viloyatlari ham fashistlar nazorati ostiga o'tdi. 1922-yil 
oktabrida ular o'z vakillariga bir necha vazirlik lavozimini berish talabi bilan 
hukumatga murojaat qildilar. Rimga yurish qilish uchun tayyorlanish maqsadida fashist 
guruhlarining yalpi safarbarligi e'lon qilindi. 
Qirol fashist isyoniga qarshi armiyani qo'llash huquqini beradigan farmonni 
imzolashdan bosh tortdi. Buning o'rniga 29-oktabr kuni u Milanga telegramma yo'llab, 
Mussoliniga bosh vazir bo'lishni taklif qildi. Bunga e'tiroz belgisi sifatida vazirlar 
mahkamasi iste'foga chiqdi, Mussolini esa Rimga keldi. Tarafdorlari uni qadimiy 
shahar ko'chalarida hukumat boshlig'i sifatida gulduros qarsaklar bilan kutib oldilar. 
«Rimga yurish» hokimiyatni egallash bilan yakunlandi. 
Yuzaki qaraganda, Mussolini hokimiyatga qonuniy yo'l bilan kelgandi. Chunki 
qirol istagan paytida bosh vazir tayinlash huquqiga ega edi. Ammo Mussolini 
tarafdorlari parlamentda ozchilik edilar: 420 deputatlik o'rnidan bor-yo'g'i 35 tasi 
fashistlarga tekkandi. Hokimiyatni bunday osongina egallashning ortida hukmron 
doiralar, yirik sanoatchilar, moliyachilar va zamindorlarning manfaatlari yotardi. Ular 
mamlakatdagi demokratik kuchlarga qarshi kurashda Mussolinidan zarbdor kuch 
sifatida foydalanishni o'ylagan edilar. 
Dastlabki davrda yetarli kuch to'play olmagan Mussolini demokratik partiyalar, 
kasaba uyushmalari va muxolif matbuot bilan murosa qih'b keldi. Uning hukumati 
koalitsiya asosiga qurilgandi: 1923-yil aprelgacha Xalq partiyasi bilan, 1924-yilning 
oxirigacha Liberal partiya bilan hamkorlik qildi. 
Italiyaning yangi dohiysi shaxsiy hokimiyatini mustahkamlash uchun tadbirlar 
belgilab, shiddatli va qat'iy tarzda ishga kirishdi. Konstitutsiyaga zid ravishda partiya 
rahbariyati a'zolaridan iborat Katta fashist kengashini tuzdi. Kengash amalda 
parlamentga taqdim etiladigan barcha dekretlar va qonunlar loyihasini, hukumatdagi 
o'z a'zolari orqali esa hukumat faoliyatini nazorat qilar edi. 1922-yil 23-noyabrda qirol 
va parlament Mussoliniga cheklanmagan hokimiyat berdi. Endi u vazifalarga tayinlash 
tartibini ham belgilar edi. Shundan keyin barcha amaldorlar va davlat xizmatchilari 
fashist partiyasi a'zolari bo'lishi yoki partiya rahbarlari roziligi bilan tayinlanishi 
zarurligi belgilab qo'yildi. 
1924-yil oxirida Mussolinining tazyiqi ostida parlament saylov qonunini 
o'zgartirdi. Yangi qonunga ko'ra, saylovlarda eng ko'p ovoz olgan partiya (kamida 25 
foiz ovoz) deputatlar palatasida o'rinlarning uchdan ikki qismini olar edi. 1924-yilgi 
saylovlarda fashistlar katta g'alabaga erishdilar va deputatlar palatasini to'la o'z 
nazoratlari ostiga oldilar. Bu imkoniyatdan ular mamlakatdagi qonun chiqaruvchi 
parlament hokimiyatini uzil-kesil bartaraf etish uchun foydalandilar. 1925 va 1926-
yillarda qabul qilingan bir qator qarorlar Mussoliniga amalda yakka hukmronlik 
o'rnatish imkonini berdi. 1926-yilda boshqa siyosiy partiyalar tarqatib yuborildi. Yil 
oxiriga kelib, Italiya bir partiyali diktatorlik davlatiga aylantirildi. 


- 67 - 
Italiya diktatori o'zining mamlakatdagi hokimiyatini mustahkamlash yo'lida 
yana bir muhim qadam qo'ydi. Mussolini bilan katolik cherkovi o'rtasida imzolangan 
Lateran bitimlari Vatikan bilan Italiya davlati o'rtasida totuvlik o'rnatdi. Italiya 
armiyasi papaga qarashli yerlarni bosib olgan 1860-yildan beri cherkov davlatga 
dushmanlik ko'zi bilan qarar edi. Papalar amalda faqat Vatikan doirasida qolgan edilar. 
1929-yilgi bitim papani Vatikanning dunyoviy hukmdori deb e'tirof etdi. Italiya 
hukumati musodara qilingan yerlar uchun pul to'lashga rozi bo'ldi. Davlat katolitsizmni 
milliy din deb e'tirof etdi, cherkov mulkini soliqlardan ozod qildi va cherkovga nikoh 
qonunlarini belgilash huquqini berdi. 
Shunday qilib, Italiyada G'arbdagi birinchi totalitar tuzum tashkil topdi. Bu 
tuzum iqtisodiy qayta qurish sohasida nihoyatda katta vazifalarni ilgari surdi. Fashist 
davlati mamlakatdagi butun ijtimoiy va iqtisodiy hayotni qamrab oladigan «korporativ 
tartib» yaratishni rejalashtirgan edi. Bu tartibning asosiy tamoyillari Katta fashist 
kengashi tomonidan 1927-yilda qabul qilingan «Mehnat xartiyasi»da bayon etilgan edi. 
U ishlab chiqarish muammolarini birga-likda hal etish uchun kasaba uyushmalarini va 
ishbilarmonlarni teng asosda korporatsiyalarda birlashtirishni nazarda tutardi. 
Ishbilarmonlar va ishchilar bir tashkilotning teng huquqli a'zolariga aylanardilar. Xalq 
xo'jaligining sanoat, qishloq xo'jaligi, savdo, banklar, transport kabi sohalariga mos 
keladigan 22 korporatsiya tuzildi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling