Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Dominion (ingl. dominion - mulk, hokimiyat) - Britaniya imperiyasi tarkibida
bo'lgan, ingliz qirolini o'z rahbari deb e'tirof etuvchi davlat (1867-yildan Kanada, 1901-yildan Avstraliya ittifoqi, 1907-yildan Yangi Zelandiya va boshqa). Bitim imzolanganidan so'ng ko'p o'tmay yana fuqarolar urushi boshlandi. Bu safar Irlandiyaning o'zida, bitimni qo'llab-quvvatlagan mo’tadil partiyalar bilan Irlandiyaning Britaniya qiroliga qasamyod etishini bekor qilish va tola mustaqil davlat tuzish tarafdori bo'lgan ekstremistik partiyalar o'rtasida qurolli kurash boshlandi. Faqatgina 1933-yilga kelib Irlandiya parlamenti Britaniya qiroliga qasamyod etish marosimini bekor qildi. Ikkinchi jahon urushi davrida Irlandiya betaraflik e'lon qildi va 1949-yilda o'z mustaqilligiga erishdi. - 53 - Stenli Bolduin 1924-yilda hukumatga qaytib keldi va 1929-yilgacha Bosh vazir bo'lib turdi. Iqtisodiyotdagi turg'unlik hamon bosh muammo bo'lib qolmoqda edi. Ishbilarmonlar va siyosiy arboblar. qachonlardrr jahon bozorida Britaniya hukmronligining asosi bo'lgan hamda Britaniya sanoatining yuksak foyda olishini ta'minlagan tijorat erkinligini tiklashni talab eta boshladilar. Ammo buning uchun, eng avvalo, ingliz valyutasining (funt sterling) oltin asosini yaratish lozim edi. Faqat shunday tadbirgina ingliz pul tizimining oldingi barqarorligini tiklashi mumkin edi. Ammo hukumat boshqa mamlakatlarning pul birliklariga nisbatan funtning qiymatini yuksak darajada belgilaganligi tufayli ingliz mahsulotlarining narxlari keskin oshib ketdi, natijada ingliz mahsulotlari raqobatga bardosh berolmaydigan bo'lib qoldi. Bu esa turg'unlikni yanada kuchaytirdi va ishsizlikni keskinlashtirdi. Ingliz sanoatchilari ko'pgina salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan eng so'nggi choraga qo'l urdilar - ishchilarning usiz ham past darajada bo'lgan ish haqini qisqartirishga qaror qildilar. Dastlab ko'mir sanoatidan boshlashga ahd qilindi. Chunki u ingliz sanoatining energetik asosini tashkil etardi. Ko'mir tannarxining pasaytirilishi boshqa sohalarda ish haqini kamaytirmasdan tannarxni pasaytirishga olib kelishi mumkin edi. Ammo konchilarning ish haqini qisqartirishga urinishi barcha ishchilarning keskin noroziligini uyg'otdi. Hukumat konchilarning ish haqi darajasini saqlab turish uchun tog'-kon sanoatiga moddiy yordam berishga qaror qildi. Ammo berilgan moddiy yordam bor-yo'g'i bir yilga yetdi. 1926-yil mayida kon egalari ish haqi pasaytirilishini e'lon qildi. Bunga javoban Tred-yunionlar Bosh kengashi (ingliz kasaba uyushmalarining rahbar organi) barcha ishchilarni yalpi ish tashlashga chaqirdi. 1926- yil 4-mayda Angliyada ishchilarning yalpi ish tashlashi boshlandi. Sanoatning ish tashlagan sohalarida faoliyat tamomila to'xtadi. Joylarda harakat kengashlari tuzilib, ular amalda hokimiyat organlariga aylandilar. Davlat muassasalari yonidagi namoyishlar ularning ishini qiyinlashtirib qo'ydi. Ish tashlashlar iqtisodiy doiradan chiqib, siyosiy nizoga aylanishi xavfi tug'ildi. O'sha kunlari turli mamlakatlarning ishchilari ingliz ishchilari bilan birdam ekanliklarini namoyish etdilar. Angliyaga jo'natilishi mo'ljallangan yuklarni ortish to'xtatib qo'yildi. Ish tashlagan ingliz ishchilari jamg'armasiga mablag'lar to'plandi. Ishchilar o'z harakatlarini g'alabaga qadar davom ettirishga rozi edilar. Ammo ularning yetakchilari- Leyborist partiyasi ijroiya qo'mitasi va Tred-yunionlar Bosh kengashi kurash eng qizigan paytda - 1926-yil 12-mayda uni to'xtatishga qaror qildilar. Konchilar 1926-yil dekabr oyigacha chidadilar, faqatgina barcha imkoniyatlari tugagach, ishga qaytdilar. Angliyaning eng qudratli kasaba uyushmasi- Konchilar federatsiyasi kurashni davom ettirish imkoni yo'qligiga ishonch hosil qilgach, ishchilarni o'z ish joylariga qaytishga da'vat etdi. Ishchi tashkilotlarining rahbarlari ishchilarning mag'lub bo'lishidan ko'ra, ularning g'alaba qozonishidan ko'proq qo'rqardilar. Chunki bunday kurashning siyosiy nizoga aylanib ketishidan nihoyatda cho'chirdilar. Kasaba uyushmalari rahbarlari Britaniya ijtimoiy-siyosiy tizimining tar-kibiy qismiga aylangan va bu tizimni saqlash, Britaniya iqtisodiyotining barqarorligini ta'minlash borasida ko'proq tashvishlanardilar. Iqtisodiy inqiroz Angliyada 1930-yilda ro'y berdi, ammo uning cho'qqisi 1932- yilga to'g'ri keladi. Sanoat sohasidagi ishlab chiqarish 1932-yilda 1929-yildagiga - 54 - nisbatan 82%ga tushib ketdi, 1933-yilda esa pasayish 93% m tashkil qildi. Sanoat sohasidagi ishlab chiqarish darajasining Angliyada nisbatan oz pasayishi mahsulotlarni rezerv bozorlar sifatida saqlab turilgan mustamlaka va qaram mamlakatlarda sotish hamda u yerlardan arzon xom ashyo va ishchi kuchini keltirish imkoniyatlari mavjudligi bilan izohlanadi. Inqiroz Angliya iqtisodiyotining an'anaviy sohalari - Angliya ishchilar sinfining asosiy qismi jalb etilgan ko'mir qazib chiqarish, metallurgiya, kemasozlik sohalarini ayniqsa qattiq larzaga soldi. Inqiroz davrida qishloq xo'jaligi sohasidagi ishlab chiqarish darajasi keskin qisqardi. Ahohda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotib olish uchun mablag' yo'q edi. Ishsizlik darajasining yuqoriligi mamlakatning shundoq ham tor ichki bozorining battar torayishiga olib keldi. Angliya iqtisodiyotining tayanchi tashqi savdo hisoblanardi. Inqiroz davrida Angliya mahsulotlari eksporti ikki baravar kamaydi, ularning raqobatbardoshligi yo'qoldi. Angliyani an'anaviy bozorlardan siqib chiqarish jarayoni avj oldi. Inqiroz natijasida juda ko'p mamlakatlar kasodga uchrab, Angliya mahsulotlarini rad etdilar. Bir vaqtning o'zida xorijiy raqiblar Angliyani hatto uning ichki bozoridan ham siqib chiqarishga urindilar. Yevropa va AQSHda ro'y bergan moliyaviy inqiroz, Markaziy Yevropadagi banklarning kasodga uchrashi Angliya pulining qadrsizlanishiga olib keldi va uning oltin bilan ta'minlanishiga barham berdi. Angliya iqtisodiyotining eng zaif joyi ishsizlik bo'ldi. Ishsizlik yildan-yilga o’sib bordi va 1932 yilga kelib 25% ga etdi. Bu degani har to’rtta ishchidan bittasi ishsiz edi. Angliya sanoatining alohida hududlardagi an'anaviy sohalarida ro'y bergan inqiroz ―shikastlangan hududlar‖ yoki ―depressiyaga uchragan hududlar‖ning paydo bo'lishiga olib keldi. Bu hududlarda iqtisodiy hayot deyarli to'xtagan edi. Korxonalar o'z faoliyatlarini to'xtatdilar, odamlar bu hududlarni tashlab, chet ellarga ko'chib keta boshladilar, chunki Angliyada hayot istiqbolsiz bo'lib borardi. Inqiroz konservatorlar hukumati siyosatining barbod bo'lganini anglatdi. Mamlakat aholisi iqtisodiy qiyinchiliklarning muttasil o'sishidan norozi bo'ldi va o'zgarishlarni talab qildi. 1929-yil may oyidagi parlamentga saylovlarda leyboristlar partiyasi ko'pchilik ovoz oldi va partiya rahbari Ramsey Makdonald (1866-1937) Bosh vazir qilib tayinlandi. R. Makdonald XX asr Angliya siyosiy hayotidagi eng murakkab taqdirli shaxslardan biri bo'ldi. U kichkina baliqchilar qishlog'ida qashshoq shotlandlar oilasida tug'ildi va 1894-yilda 28 yoshida leyboristlar partiyasiga a'zo bo'ldi. 1900-yildayoq u partiyaning faxriy kotibi lavozimiga saylanib, bu lavozimda ozgina tanafrus bilan 1931-yilgacha faoliyat ko'rsatdi. U 27 yil davomida parlament deputati, uch marta mamlakat Bosh vaziri bo'ldi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling