Tarix o’tmishning ko’zgusi
Urushdan keyingi yillarda
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Urushdan keyingi yillarda
mamlakat iqtisodiyoti. - 50 - kasb kasalliklarining yuksak darajada bo'lishiga olib keldi. Ayni paytda bo'lib o'tgan urush ingliz mehnatkashlari ijtimoiy ongining yuksalishida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Urush mamlakat yetakchi siyosiy partiyalari mavqeida katta o'zgarishlarga sabab bo'ldi. Liberal partiya o'z mavqeini boy bergan bo'lsa, Konservativ va Leyborist partiyalar o'z mavqelarini mustahkamladilar. Garchi ichki va tashqi siyosat borasidagi qarashlari bir-biridan unchahk farq qilmasada, leyboristlar mehnatkashlar ommasining yetakchisiga, konservatorlar esa burjuaziya manfaatlari ifodachisiga aylandi. 1918-yil dekabrida Liberal partiya yetakchisi D. Lloyd-Jorj (1863- 1945) harbiy zafar to'lqinida tezkor saylovlar o'tkazdi. U xalqqa tinchlik, ijtimoiy islohotlar, urush aybdorlarini jazolash va'dalarini berdi. Saylov huquqi berilgan harbiylarning ovozi evaziga g'alaba qozondi. Bu Liberal partiyaning so'nggi muvaffaqiyati edi. D. Lloyd-Jorj hukumati 1922 yilgacha davom etgan bo'lsada, ichki va tashqi siyosatda mag'lubiyatga uchradi. Bundan keyin Liberal partiya hech qachon hukumatni boshqarish imkoniyatini qo'lga kiritolmadi. Irlandiyadagi voqealar Lloyd-Jorjning hokimiyat tepasida qolish umidlarini tamomila puchga chiqardi. 1922-yil 19-oktabrda hukumat koalitsiyasiga kirgan Konservativ partiya yig'ilishida mazkur koalitsiyadan chiqish haqida qaror qabul qilindi. Shu kuni Lloyd-Jorj qirol Georg Beshinchiga (1865-1936) iste'fonomasini topshirdi va u darhol qabul qilindi. Hukumat o'zgarmadi, faqatgina Bosh vazir lavozimiga Konservativ partiya rahbari Bonar Lou (1858 - 1923) tayinlandi. Ko'p o'tmay u vafot etdi va uning o'rnini Stenli Bolduin egalladi. Bolduin Buyuk Britaniya sanoatini surunkali xastalik - ishsizlik va korxonalarning to'la quv-vat bilan ishlamasligidan xalos etmoqchi bo'ldi. Shu maqsadda erkin tijoratni bekor qildi va milliy iqtisodiyotni himoya qilish maqsadida bir qator boj soliqlari joriy etdi. Ammo bu choralar foyda bermadi va ingliz iqtisodiyotidagi turg'unlik 1929-yilgacha davom etdi. Buning ustiga Angliya 1923-yil oxiriga kelib yana iqtisodiy jihatdan boshi berk ko'chaga kirib qoldi. Birorta ham Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling