Tarix o’tmishning ko’zgusi


partiya undan chiqish yo'lini topa olmadi. Konservatorlarning boj siyosati ham


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114

partiya undan chiqish yo'lini topa olmadi. Konservatorlarning boj siyosati ham 
ko'pchilik siyosiy arboblar tomonidan rad etildi. 
Britaniya saylovchilari ham bu siyosatni rad etdilar va 1923-yil dekabrida bo'lib 
o'tgan saylovlarda konservatorlar parlamentdagi nisbatan ko'pchilik mavqeini boy 
berdilar. Liberal partiya endilikda muxolif partiya rolini bajara olmas edi. Ikki partiyali 
tizimda uning o'rnini egallaydigan yangi kuch zarur edi. Qirol Georg V 1923-yil 23-
dekabrda Leyborist partiyasi rahbari Ramsey Makdonaldga Angliya tarixida birinchi 
marta leyboristlar hukumatini tuzishni topshirdi. 
Konservatorlar (lotincha «conser vator» - «muhofazakor», «saqlovchi») - 
konservativ qarashlar maslakdoshlari, u yoki bu islohotlar yohud o'zgarishlarga 
qarshilar.
Mamlakatning siyosiy taraqqiyoti
irlandiyadagi ahvol, 1926 yildagi 
yalpi ish tashlash va uning 
oqibatlari. Iqtisodiy inqirozning 
mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri 


- 51 - 
Tred-yunionlar (ingl. «trade» - «hunar, kasb» «union» - «birlashma») - ingliz 
kasaba uyushmalari harakatidagi oqim. Asosiy maqsadi hayotning iqtisodiy shart-
sharoitlarini yaxshilash uchun kurash. 
Mazkur kuch mamlakat taqdirini keskin burib yuborish qudratiga ega edi. 
Kasaba uyushmalarida tashkilotchi yangi mahalliy rahbarlar (shop-styuardlar - sex 
yetakchilari) paydo bo'ldi. Ishchilar harakatini jipslashtirish va tashkiliy jihatdan 
mustahkamlash uchun harakat kengaya boshladi. 1918-yilda uch eng yirik va nufuzli 
konchilar, transportchilar va temiryo'lchilar kasaba uyushmalari o'zaro hamkorlik 
haqida Uchlar ittifoqini tuzdilar. Bu ittifoq umumiy talablar ishlab chiqish va zarur 
bo'lganda bir paytda ish tashlash maqsadida tashkil etilgan edi. 
Shop-styuardlar - Angliyadagi fabrikalarda sex yetakchilari, korxonalarda 
ishchilar tomonidan saylanadigan vakillar. Turmush darajasini yuksaltirish uchun 
ommaviy ishchilar harakatining tashkilotchilari. Shop-styuardlarning harakatiari tred-
yunionlarnikidan ko'ra keskinroq edi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling