Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   114
kollaboratsionistlar deb nomladilar, ular Gitlerning tashqi siyosatini amalga oshirishi 
uchun yo'l ochib berdilar. 
Kollaboratsionistlar (fransuzcha collaboration- hamkorlik) -Ikkinchi jahon 
urushi davrida fashist bosqinchilari bilan hamkorlik qilgan shaxslar. 
1933-yil 
iyunida 
Fransiya 
diplomatiyasi fashistlar bilan kelishuvga 
bordi. 1933-yil 7-iyunda Angliya, Fransiya, 
Italiya va Germaniya o'rtasida «To rtlar 
bitimi» imzolandi. U kuchga kirmadi, biroq Fransiya tashqi siyosatining mohiyatini 
ochiq ko'rsatdi.
1934-yil oktabrida Fransiya bosh vazirligiga P. Laval tayinlandi. U ikki yoqlama 
o'yin olib bordi, ya'ni fashistlarning davlatlari e'tiborini jalb qilish maqsadida o'zini 
go'yoki Sovet Ittifoqi bilan yaqinlashmoqchidek qilib ko'rsatdi. 1935-yil 2-mayda 
o'zaro yordam to'g'risidagi sovet-fransuz bitimi imzolandi. Biroq, u faqat 1936-yil 
yanvaridagina tasdiqlandi. Unga qadar Fransiya diplomatlari «Fransiyaning Germaniya 
bilan tola va uzil-kesil kelishishi uchun zarur bo'lsa» sovet-fransuz bitimidan voz 
kechishga tayyorliklarini aytib, Germaniya bilan til topishga rosa urindilar. Gitler rad 
javobi berdi. 
1932-1939 yillarda 
Fransiyaning tashqi 
siyosati.


- 48 - 
1936-yil martida Gitler qo'shinlari harbiysizlashtirilgan Reyn hududiga kirdi. Bu 
bilan Gitler Fransiyani ochiq-oydin maydonga chaqirdi. Versal bitimining 42- va 43-
moddalari buzilganiga qaramay, Fransiya chekindi, fashistlar Germaniyasining birinchi 
tajovuzkor harakatiga hech qanday qarshilik ko'rsatmadi. Kollaboratsionistlar Gitler 
tuzumiga qarshi zarba mehnatkash ommani inqilobga ruhlantiradi, vatanparvarlik 
tuyg'ularini oshirib, fashizmga qarshi kurashning kuchayishiga olib keladi, deb 
qo'rqdilar. 1936-yil iyulida Gitler Avstriyani ham bosib oldi. Fransiya o'zining so'nggi 
ittifoqchisidan ayrildi. 1936-yil 27-aprelda Belgiya o'zini betaraf deb e'lon qildi, ya'ni 
Fransiyaning sharqiy chegaralarini qo'riqlovchi Reyn bitimining kafolatchisi bo'lishdan 
bosh tortdi. 
Reyn voqealaridan ko'p o'tmay, 1936-yil iyulida, Ispaniyada fuqarolar urushi 
boshlanib, Germaniya va Italiya fashistlari isyonchilarga ochiq-oydin yordam bera 
boshlaganlaridan so'ng, Fransiya Ispaniya ishlariga o'zining aralashmasligini e'lon qildi 
va Ispaniya respublikachilariga qurol-yarog' sotishni man etdi. Fransiya hukumati 
Gitlerning malayiga aylandi. 1938-yilda Gitler yangi qurbon - Chexoslovakiyani talab 
qildi. Fransiya Bosh vaziri E. Daladye Chexoslovakiya hukumatining fikrini 
surishtirmay Sudetni Germaniyaga berishga rozilik bildirdi. 1938-yil 4-oktabrda 
Fransiya Milliy Majlisi sharmandali Myunxen bitimini ratifikatsiya qildi va bu 
mamlakatning fashistlar Germaniyasi bilan til biriktirish yo'liga ochiq-oydin tushganini 
tasdiqladi. 
Myunxen bitimi ratifikatsiya qilingach, Fransiya kolaboratsionistlari nihoyat 
yengil tin oldilar. Ular Gitlerga Sharq tomon yo'l ochdilar. Endi Germaniyadan 
―kehshuv‖ to'g'risidfa so'rash mumkin edi. Germaniya rozi bo'ldi va Myunxen 
bitimidan ikki oy o tib, 1938-yil 6-dekabrda Parijda Fransiya tashqi ishlar vaziri J. 
Bone va Germaniya tashqi ishlar vaziri Ribbentrop o’zaro hujum qilmaslik to'g'risidagi 
bitimdan umuman farq qilmagan qo'shma deklaratsiyani imzoladilar. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling