Tarix o’tmishning ko’zgusi
A.Brian “Milliy birlik”
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raymon Puankare
A.Brian
“Milliy birlik” hukumatining dasturi - 43 - So'l ittifoq uzoq davom etmadi. 1925-yil aprelida sotsialistlarning qo'llab- quvvatlashidan mahrum bo lgan Eduard Errio hukumati iste'foga chiqdi So’l ittifoq tarqalib ketdi, o'ng partiyalar esa Milliy majlisda o'zlancha ko'pchilik ovozga ega emas edilar Muzokaralar natijasida «Milliy birlik» koalitsion hukumati tuzildi. Unga o'ng partiyalar qatori radikallarning ham bir qancha vakillari kirdi. Hukumatni Raymon Puankare boshqardi. Raymon Puankare (1860- 1934)-fransuz siyosiy arbobi . 1860-yil 20-avgustda Barle Dyuk (Meza , Lotaringiya)da pochta injeneri Nikola Puankare oilasida dunyoga keladi. Parijdagi Buyuk Luyudovik litseyini tamomlagach, o‟rta ma‟lumotga ega boladi. Sarbonda huquqshunoslik fakultetida oqiydi. Fakultetni tamomlagach 1882-yil advokatlik amaliyotlari bilan shugullanishni boshlaydi. 1883-yil doktorlikni yoqlaydi. Uning siyosiy hayoti 1887-yil Mezadan Milliy majlisga deputat etib saylanishidan boshlanadi. Puankare respublikchilar va antiklerikal qarashlardan ozini mustasno tutar edi. U parlamentda etarli darajada siyosiy o‟broga ega bo‟ladi. 1893-yili Sh. Dyupyu (4 aprel –23 noyabr 1893 ) birinchi hukumatiga talim san‟at va din vaziri etib tayinlanadi hamda uchinchi respublika tarixida eng yosh vazir bo‟ladi.Shundan so‟ng Sh. Dyupyuning (30 may 1894 –15 yanvar 1895 yil ) ikkinchi va uchinchi hukumatiga moliya vaziri, A. Riboning ( 26 yanvar- 25 oktyabr 1895)uchinchi hukumatiga talim, sanat, din vaziri etib tayinlanadi. 1895-yil noyabr oyida deputatlar palatasining raisi orinbosari etib tayinlandi. “Dreyfus ishi” davomida Dreyfus tarafdori sifatida so‟zga chiqdi. Yuridik asoslanmagan hukumga qarshi chiqadi. 1903 yil senator boladi. F. Saren (14 mart –20 oktyabr 1906) hukumati davrida moliya vaziri sifatida faoliyat yuritadi. Germaniya bilan o‟sib kelayotgan urush havfi vaqtida Fransiyaning harbiy potentsialini kotarish maqsadida otashin nutqlar so‟zlaydi. 1909-yil 18-martda Fransuz Akademiyasi a‟zosi etib saylanadi. 1912- yilning boshida (1912-yil 14 yanvar – 1913-yil 21 yanvar )o‟zining birinchi hukumatini tuzadi va u erda tashqi ishlar vaziri lavozimini egallaydi. 1912-yil dengiz qurolli kuchlarini kengaytirish dasturini qabul qilishga erishadi. Mart oyida esa harbiy havo kuchlarini qayta tashkil qilish haqidagi qonunlarni ishlab chiqadi. Uning hukmronligi davrida Fransiya (1912-yil 30 mart ) Marakkoda ozining protektoratini o‟rnatadi. Buyuk Britaniya va Rossiya bilan munosabatlarni mustahkamlash uchun astoydil harakat qiladi. 1912-yil 16-iyulda Rossiya bilan rus va fransuz flotlarining birgalikda harakat qilishi haqida konvensiya tuzadi. Avgust oyida Peterburgda b‟olib Rossiyaga navbatdagi qarzni berishni muhokama qildi va Anglo- fransuz dengiz qoshinlarini mahfiy tayyorgarligi haqidagi masalalarni ko‟rib chiqadi.Bu to‟g‟ridagi shartnomalar 1913-yil martda imzolanadi. 1913-yil Puankare Respublika prezidenti etib saylanadi. U Fransiyani urushga tayyorlanishini davom ettiradi. Harbiy xizmat muddatini uch yilga uzaytirish haqida qonunni qabul qilishga har taraflama harakat qiladi. Antanta davlatlari bilan yaqinlashishga astoydil harakat qildi. Urushning uch yili davomida Puankare ishki va tashqi siyosatni boshqarib bordi. Puankare Antantaga yangi a‟zolarning chorlash masalalaridagi diplomatik harakatlarga boshchilik qilar edi. 1917-yil noyabr oyida frontda bo‟lgan noqulay sharoitlar va urushga qarshi osayotgan harakatlar sababli ozining dushmani J.Klemansoga joyini bo‟shatib berdi va vakolat muddati tugaganidan so‟ng (1920-yil 18-fevral ) senatga qaytadi. 1922-yil 15-yanvarda - 44 - puankare o‟zining ikkinchi hukumatini tuzadi (1922-yil 15-yanvar –1924-yil 26- mart).R. Puankare undan keyingi boshqaruvida ham Versal shartnomalrini qattiq turib himoya qildi. Puankare inflyatsiyaga qarshi kurash, frankni barqarorlashtirish va iqtisodiy o'sishni ta'minlashni o'z ichki siyosatining muhim vazifasi deb e'lon qildi. Hukumat davlat xarajatlarini qisqartirdi, yangi soliqlar joriy etdi va sanoat korxonalariga imtiyozlar berdi. AQSH va Angliyadan olingan yirik kreditlar hisobiga frank kursi barqarorlashtirildi. 1926-yilga kelib davlat daromadlari urushdan keyin birinchi marta xarajatlardan ortiq bo'ldi. Frank barqaror valyutaga aylandi. U 1934-yil 15- oktyabrda Parijda vafot etadi va Nyurnberg qishlogida dafn etiladi. 1925-yilda Fransiya sanoati mahsuloti hajmi birinchi marta urushdan oldingi darajadan ortiq bo'ldi. Oradan besh yil o'tgach, 1930-yilda Fransiyada urushlar oralig'idagi eng yuksak sanoat ishlab chiqarishi va savdo hajmi qayd etildi. Fransiya sanoat taraqqiyoti sur'atlari bo'yicha (yiliga o'rtacha 5%) Angliya va Germaniyani ortda qoldirib, AQSHga yaqinlashdi. O'nlab yangi yirik zavodlar, elektr stansiyalari, temir yo'llar qurildi. 1924-yildan 1932-yilgacha mamlakat iqtisodiyotini barqarorlashtirish davri bo'ldi. Bu davr aholi turmushiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Narxlar barqarorlashib, pulning qadrsizlanishi barham topdi. Bu esa hukumatga aholining bir qator qatlamlari ijtimoiy ahvolini yaxshilash tadbirlarini amalga oshirish imkonini berdi. 1926-yilda ishsizlik nafaqasi joriy etildi, keksalik nafaqasi, kasallik, nogironlik va homiladorlikda yordam puli beriladigan bo'ldi. Fransiyada jahon iqtisodiy inqirozi o'ta og'ir shaklda kechdi. Oqibatda 1929-yil noyabrdan 1932-yil maygacha mamlakatda 8 hukumat almashdi. 1932-yil mayidagi saylovlar Fransiyaning inqirozning ikki yili davomida so'lga qarab burilganini ko'rsatdi. Saylovlar sotsialistlar va radikal-sotsialistlar blokiga g'alaba keltirdi. Yangi hukumatni yana Eduard Errio boshqardi. Deputatlar palatasidagi 594 o'rindan 386 tasini so'l blok vakillari olib, o'z dasturlarini amalga oshirish imkoniyatini qo'lga kiritdilar. Biroq, ular bu imkoniyatni boy berdilar. O'ng doiralar so'l hukumatga qarshi kuchli hujumni avj oldirdilar va bu hukumatning normal faoliyat ko'rsatishiga imkon bermadi. E. Errio hukumati bor-yo'g'i 6 oy ishlab, iste'fo berishga majbur bo'ldi. 1932-yil dekabridan 1934-yil yanvariga qadar Fransiyada so'llarning 5 hukumati almashdi va ularning har biri uch oydan oz hukm surdi. Ularning eng so'nggisi Eduard Dalade (1884-1970) hukumati bo'ldi. Gitlerning hokimiyatga kelganidan ruhlangan Fransiya yirik moliya va sanoat sarmoyasining o'ng doiralari Fransiyada ham fashistlar diktaturasini o'rnatishga urindilar. Reaksion doiralar mamlakatni fashistlar to'ntarishiga va hokimiyatni fashistlar egallashiga ruhan tayyorlash maqsadida ommaviy targ'ibotni ayj oldirdilar. Bir vaqtning o'zida buyruq berilgani zahoti hokimiyat uchun kurashni boshlashga tayyor ko'p sonli fashistlar tashkilotlari tashkil qilindi. 1933-yil oxirida fashistlarning tashkilotlari «Stavisskiy ishi» bilan bog'liq janjalni va buning oqibatida hukumatda yuzaga kelgan inqirozni bahona qilib hokimiyatni egallashga ochiq-oydin tayyorlana Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling