Tarix o’tmishning ko’zgusi


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   114
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar. 
 
1. Birinchi jahon urushining Germaniya uchun oqibatlarini gapirib bering.
2. Veymar Respublikasining tashkil topishi haqida nimalarni bilasiz?


- 40 - 
3. ―Daues rejasi‖ va uning mamlakat hayotiga ta’siri nimalardan iborat.
4. Germaniya ishtimoiy va siyosiy hayotida muhim rol o’ynagan siyosiy 
partiyalar haqida so’zlab bering. 
5. Germaniyanining Millatlar Ligasiga qabul qilinishi hamda buyuk davlat 
sifatida tan olinishi haqida fikringizni bildiring. 
6. ―Germaniyada fashizmning paydo bo’lishi‖ mavzusida mustaqil ishlang. 
 
 
1918-1939-YILLARDA FRANSIYA 
 
Tarixni esga oling ! 

Ilk o’rta asrlarda hozirgi Fransiya hududida Franklar feodal davlati tashkil 
topdi. Verden shartnomasidan keyin bu hududda Fransiya davlati qaror topdi.

Fransiya davlati butun tarixi davomida Evropada gegemonlikka intilib keldi. 
Bu esa Fransiyaning tashqi siyosatida turli ziddiyatlarga sabab bo’ldi (ayniqsa 
Angliya va Germaniya bilan). 

Buyuk geografik kashfiyotlarda Fransiya faol ishtirok etdi va dunyoning turli 
nuqtalarida o’z mustamlakalariga ega bo’ldi (Amerika qit’asida, Afrikada va 
Hindixitoyda). 

XIX asrning ikkinchi yarimida Fransiyaning Germaniya bilan munosabatlari 
keskinlashib ketdi. Bu esa Fransiya – Prussiya urushiga olib keldi. Urushda 
Fransiya mag’lub bo’ldi. 

I-jahon urushiga Fransiya Antanta mamlakatlari tarkibida birinchilardan 
bo’lib kirdi. 
XIX va XX asr chegarasida Fransiyada iqtisodiy 
va ijtimoiy munosabatlarda tub o'zgarishlar ro'y 
berdi. U dehqonchilik-sanoat mamlakatidan 
sanoat-dehqonchilik mamlakatiga aylandi. Urush 
davrida Fransiya sanoati tez sur'atlar bilan rivojlandi. Sanoatning yangi tarmoqlari
yangi metallurgiya korxonalari, mashinasozlik, elektrotexnika va kimyo zavodlari 
vujudga keldi. Urushdan keyin sanoat rivoji uchun qo'shimcha imkoniyatlar paydo 
bo'ldi. Elzas va Lotaringiyaning qo'shib olinishi natijasida fransuz metallurgiya 
sanoatining quvvati 1,5 marta oshdi. Temir rudasi qazib olish bo'yicha Fransiya 
Yevropada birinchi o'ringa chiqdi. Saar ko'mir havzasidan foydalanish huquqi uni 15 
yil davomida ko'mir bilan ta'minlar edi. Nihoyat, Germaniyadan olingan 8 milliard 
marka tovon puli sanoatni texnologiya jihatidan to'la qayta qurish imkonini berdi. 
Fransuz ishchilari mamlakatda nufuzli siyosiy kuch edilar. Ular uyushgan holda 
harakat qilar, o'z huquqlari uchun kurashda katta tajriba to'plagan edilar. Ishchilar 
sinfrning asosiy tashkilotlari tez sur'atlar bilan ko'payib bordi. Asosiy kasaba 
uyushmasi bo'lgan Yalpi Mehnat Konfederatsiyasi (YaMK) a'zolari soni 1920-yilda 2,5 
millionga yetdi. 1920-yil 29-dekabrda Fransiya kommunistik partiyasi (FKP) 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling