Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   114
Veymar respublikasi 
inqirozining boshla-
nishi. “Daues” rejasi 


- 33 - 
Konstitutsiyasiga qarshi kuchlarning bosh ko'targanligi edi. Bu kuchlar Versal 
shartnomasi va Veymar Konstitutsiyasini tan olmadilar. 
Ayni paytda bu kuchlar mamlakatda monarxiyani qayta tiklash orzusida edilar. 
Bu kuchlar 1920-yilning 13-mart kuni monarxist V. Kapp va general E. Lyudendorf 
boshchiligida davlat to'ntarishi o'tkazish uchun isyon ko'tardilar. V. Kapp o'zini kansler 
(bosh vazir) deb e'lon qildi va parlamentni tarqatib yubordi. Qo'rqib ketgan hukumat 
Berlindan qochib ketdi. 
Ana shunday sharoitda Germaniyada 12 mln. ishchi va xizmatchi isyonga qarshi 
norozilik belgisi sifatida ish tashladi. Bu hodisa isyonchilami chekinishga majbur etdi. 
1922-yilda V. Kuno boshchiligidagi hukumat mamlakatda millatchilik g'oyalarini avj 
oldirdi. Shuningdek, Antanta davlatlariga tovon to'Iamaslikni zo'r berib targ'ib eta 
boshladi. Bunga javoban Fransiya va Belgiya armiyasi Rur viloyatini ishg'ol etdi. Bu 
voqea mamlakatda uningsiz ham og'ir ahvolni yanada og'irlashtirib yubordi. Natijada 
V. Kuno hukumati iste'fo berishga majbur bo'ldi. 
1923-yilda Germaniya kommunistik partiyasi E. Telman boshchiligida 
Gamburgda qo'zg'olon ko'tardi. Bu qo'zg'olonni Komintern moddiy jihatdan qo'llab-
quvvatlagan edi. So'llaming bu avantyurasi tezda bostirildi. 
Shu yilning 8-dekabr kuni Myunxen shahrida bir guruh fashistlar fashistik 
diktatura o'matish talabi bilan mitingga to'plandilar. A. Gitler boshchiligidagi bu isyon 
ham bostirildi. 1924-yilga kelgandagina Germaniyada vaziyat barqarorlasha boshladi. 
Bu barqarorlikning iqtisodiy asosi «Daues rejasi» deb nom olgan reja edi. 
AQSH Germaniyaning butunlay zaifiashtirib qo'yilishini aslo istamas edi. 
Chunki Germaniyaning butunlay zaiflashuvi AQSHning doimiy raqiblari Buyuk 
Britaniya va Fransiyani yanada kuchaytirgan bo'lardi. Bundan tashqari, AQSHga yangi 
raqibi - Sovet davlatini jilovlashda qudratli Germaniya zarur edi. 
Shuning uchun AQSH Germaniyaga iqtisodiy va moliyaviy yordam ko'rsatishga 
qaror qildi. Bu yordam rejasi tarixga «Daues rejasi» nomi bilan kirgan. Oxir-oqibatda 
esa, bu reja Germaniya iqtisodiyotining gurkirab rivojlanishiga, uning harbiy qudrati 
qayta tiklanishiga asos bo'lib xizmat qildi. Rejani AQSHlik bankir, general Daues 
boshchiligidagi maxsus komissiya ishlab chiqqan edi. Mazkur reja 1924-yil 16-iyulda 
Londonda bo'lib o'tgan xalqaro konferensiyada qabul qilindi. Rejada Germaniya 
sanoatini, birinchidan, diet el sarmoyasi yordamida, ikkinchidan, Germaniya va 
Rossiya o'rtasidagi savdoni yanada rivojlantirish yo'li bilan tiklash ko'zda tutildi. 
Rejada Germaniyaning 1925-yilda Antanta davlatlariga oltin hisobida 1 mlrd. marka 
tovon to'lashi ko'zda tutilgan. 1929-yilda esa bu ko'rsatkich yiliga 2,5 mlrd. markani 
tashkil etishi kerak edi. Keyinchalik bu to'Iovlar miqdori kamayar va Germaniya 
iqtisodi imkoniyati darajasiga qarab to'lanar edi. 
«Daues rejasi»ning qabul qilinishiga Fransiya rozi bo'lsa, AQSH Fransiyaning 
qarzlarini kechib yuborish majburiyatini olgan edi. Shuning uchun ham u «Daues 
rejasi»ni qabul qildi va 1925-yilda Rur viloyatidan o'z qo'shinlarini olib chiqib ketdi. 
Buyuk Britaniya esa Fransiyaning Yevropa qit'asida yetakchi davlat bo'lib qolishini 
xohlamas edi. Kuchli Germaniyaning mavjud bo'lishi Fransiyani Buyuk Britaniya bilan 
hisoblashishga majbur etar edi. Qolaversa, kuchli Germaniya Buyuk Britaniya uchun 
Sovet davlatiga qarshi turishi ham zarur edi. 


- 34 - 
1924-1929-yillar oralig'ida chet davlatlarning Germaniyaga bergan qarziari, 
kiritgan sarmoyalari 21 mlrd. markani tashkil etdi. AQSHning o'zi 10 mlrd. dollarlik 
sarmoya kiritdi. Bu qarz o'z samarasini ko'rsatdi. Germaniya iqtisodiy taraqqiyotida 
katta muvaffaqiyatlarga erishdi va 1927- 1928-yillarga kelib bu davlat sanoat ishlab 
chiqarish va tashqi savdo hajmi bo'yicha urushdan oldingi darajaga chiqib oldi. 1929-
yil esa undan oshib ham ketdi. Sanoat taraqqiyotida u Buyuk Britaniya va Fransiyani 
orqada qoldirdi. 1929-yilda ―Daues rejasi‖ «Yung rejasi» bilan almashtirildi 
Iqtisodiyotning yuksalish yillarida (1924-1929) 
sanoatning 
deyarli 
barcha 
sohalarida 
monopoliyalar 
yanada 
kuchaydi. 
Yangi 
sarmoyadorlar ko'paydi. 1930-yilda ularning soni 2100 taga yetdi hamda iqtisodiyot va 
siyosatga tobora katta ta'sir ko'rsata boshladilar, shuningdek jamoatchilik fikrini 
belgilashda hal qiluvchi mavqega erisha bordilar. Bu esa, o'z navbatida, mamlakatda 
millatchi revanshchi kuchlarning ta'siri kuchayishiga olib keldi. Bu kuchlarning yirik 
namoyandalaridan biri sobiq kayzer, Germaniya qurolli kuchlarining bosh qo'mondoni 
feldmarshal P. Gindenburg edi (1874-1934). U 1925-yilda mamlakat prezidenti 
lavozimiga saylandi. Uning prezidentligi davrida Germaniya armiyasi qayta 
qurollantirila boshlandi. Harbiy-dengiz floti ham tiklana boshlandi. Sanoatning harbiy 
maqsadlarga mo'ljailangan tarmoqlari rivojiga katta mablag' sarflandi. 
Germaniya endi Versal shartnomasini ochiqdan-ochiq inkor etish yo'liga o'tdi. 
Xususan, armiya soni 350 ming kishiga yetkazildi. Mamlakat aholisi, asosan yoshlar 
ongi g'oyaviy jihatdan yangi urushga tayyorlana boshlandi. Veymar Respublikasi 
hukumati xalqaro maydonda G'arb davlatlari bilan yaqinlashish siyosatini yurita 
boshladi. 
1925-yilda Germaniya Lokarno shahrida Reyn paktini imzolashga erishdi. Unga 
ko'ra, Germaniyaning Fransiya va Belgiya bilan mavjud chegarasi tan olindi. Ayni 
paytda Fransiya va Germaniya bir-biriga hech qachon hujum qilmaslik majburiyatini 
oldilar. Buyuk Britaniya va Italiya esa bu paktning xalqaro kafillari deb belgilanadi. 
Biroq Germaniyaning sharqiy qo'shnilari bilan mavjud chegaralar buzilmasligi 
masalasi ochiq qoldi. Buning nima oqibatlarga olib kelganligi avvalgi mavzulardan 
ma'lum. 1926-yilda Germaniya Millatlar Ligasiga qabul qilindi va unga Liga 
Kengashining doimiy a'zosi maqomi berildi. Bu amalda Germaniyaning buyuk davlat 
sifatida tan olinishi edi. 
1929-yilda yuz bergan jahon iqtisodiy inqirozi Germaniyani ayanchli ahvolga 
solib qo'ydi. Uch yil davomida ishlab chiqarish tinimsiz pasayib bordi. Xususan, ishlab 
chiqarish 40 foizga, real ish haqi esa 50 foizga kamaydi. Mamlakatda ishsizlar soni 9 
mln. dan oshdi. Ularning faqat 20 foizigina ishsizlik nafaqasini olardi. 
Xizmatchilarning ahvoli nihoyatda yomonlashdi. Mayda va o'rta tadbirkorlar, 
sotuvchilar bankrotga uchradilar. Qator banklarning bankrotga uchrashi moliya-kredit 
tizimini larzaga soldi. 
Iqtisodiyotning chet el moliyaviy yordamiga qaramligi, ayni paytda inqiroz 
davrida chet el sarmoyasining qaytarib olina boshlanishi, ichki bozorning torligi, sobiq 
Antanta 
davlatlariga 
tovon 
to'lash, 
moddiy 
resurslar 
manbayi 
bo'lish, 
mustamlakalarning yo'qligi kabi omillar buning sababi edi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling