Tarix o’tmishning ko’zgusi


Partiyaning oliy boshqaruv idorasi nisoblangan s'ezdlar 1939-yildan 1952-yilgacha


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   114

Partiyaning oliy boshqaruv idorasi nisoblangan s'ezdlar 1939-yildan 1952-yilgacha 
biror marta ham chaqirilmadi. Diktator hokimiyatni hech kim bilan bo'lishishni 
istamadi. 
Lenin tomonidan yaratilgan davlat sotsializmi Stalin hukmronligi davrida puxta 
yo'lga qo'yilgan terror va qatag'on mashinasiga aylandi. Davlatni boshqarish idoralari 
tizimining o'zi shunday qurilgan ediki, u mamlakatning butun aholisini qarshilik 
ko'rsatish befoydahgiga, hokimiyatga qarshi bo'lgan har bir inson yo'q qilinishiga 
ishontirishga urinardi. 
1936-yilda davlat sotsializmi totalitar tizimi mamlakatning yangi konstitutsiyasi 
bilan mustahkamlandi. Bu hujjatda fuqarolarning huquqlari, demokratiya va 
qonuniylik, adolat va insonparvarlik to'g'risida ko'p gapirilardi. Aslida esa konstitutsiya 
ham proletariat diktaturasi, ham demokratiya o'rniga kelgan kommunistik partiya oliy 
idorasining diktaturasini mustahkamlardi. Partiya qarorlari endi bajarilishi shart bo'lgan 
qonunlar bilan tenglashtirildi. Partiya apparati davlat apparati o'rnini egalladi. U bir 
vaqtning o'zida qonun chiqaruvchi va ijrochi hokimiyatga aylandi. Hukumat idoralari 
endi faqat partiya apparati irodasini so'zsiz bajarish bilangina shug'ullanuvchi itoatgo'y 
idoralarga aylandilar. 


- 29 - 
Biroq, yangi konstitutsiyaning qabul qilinishi natijasida yuzaga kelgan siyosiy 
tizim samarasiz bo'lib chiqdi. U iqtisodiyotning real qonun-qoidalari bilan to'qnashuvda 
mag'lubiyatga uchradi. Ma'muriy xo'jalik tizimi iqtisodiy nuqtai nazardan bema'ni 
sanalgan qarorlar ham so'zsiz bajarilishi lozimligi tufayli samaradorlik, sifat va 
raqobatbardoshlik masalalarini hal qila olmadi. Mehnatning past samaradorligini 
qoplash maqsadida korxonalar juda ko'p ortiqcha ishchi kuchlarni saqlab turdilar. 
Rahbarlikning boshqaruv usullari qattiqlashishi natijasida boshqaruv apparati jadal 
sur'atlarda o'sib bordi. Harbiy xavfning kuchayishi, armiya soni va mudofaa uchun 
xarajatlarning jiddiy oshishi bu muammolarni yanada keskinlashtirdi. 
Ushbu munosabat bilan davlat idoralari intizomni tartibga solish va kadrlarning 
qo'nimsizligiga barham berish maqsadida shafqatsiz repressiv choralarni keng qo'llay 
boshladilar. Sababsiz ishga kelmaganlik, kech qolganlik, ishdan ruxsatsiz ketganlikni 
qattiq jazolovchi qator choralar qabul qilindi. Ishdan qolganlik yoki ruxsatsiz ketganlik 
uchun to'rt oy muddatgacha qamoq jazosi ko'zda tutildi. Farmon qabul qilinganidan 
keyingi bir oyning ichida yuz mingdan ortiq bunday jinoiy ishlar qo'zg'atildi. Ishchilar 
shu taxlit ish joylariga ipsiz bog'landilar, o'z ixtiyorlari bilan ular ish joylarini o'zgartira 
olmasdilar. Mavjud iqtisodiy tizimning samaradorligini oshirish maqsadida xalq 
xo'jaligida mahbuslar mehnatidan keng foydalanila boshlandi. OGPU davlat 
buyurtmalarining eng yirik ijrochisiga aylandi. Yangi qurilishlarning 15%idan ortig'i 
OGPUga topshirilib, ularda GULAG mahbuslarining mehnatidan foydalanildi. 
Mahbuslar o'z mehnatlari uchun haq olmasdilar, buning evaziga ularga tegishli 
daraja va sifatli maxsus lager kiyimi va ovqat berilishi ko'zda tutilardi. Shunday qilib 
qashshoq dehqonlar va mahbuslar butun dunyoga ishchi va dehqonlarni 
ekspluatatsiyadan ozod qilgani to'g'risida jar solgan mamlakatni moliyaviy halokatdan 
saqlab qoldilar.
30-yillarda sobiq SSSR tashqi dunyo bilan 
aloqalarda ko’plab qiyinchiliklarga duch keldi. 
Ular eng avvalo podsho hukumatining qarzlarini 
to'lash, xorijiy mulkni ularning eski egalariga qaytarish, xalqaro aloqalardagi teng 
huquqlilik, mustaqillik muammolari bilan bog'liq bo'ldi. Ammo bu qiyinchiliklarga 
qaramay, sovet diplomatiyasi tashqi munosabatlarni sekin-asta o'zgartirishga erishdi. 
20-yillarning boshida Angliya, Germaniya, Avstriya, Norvegiya, Italiya va boshqa 
mamlakatlar bilan ilk savdo aloqalari o'rnatildi. Yevropa mamlakatlari va AQSH bilan 
iqtisodiy aloqalarning bir maromda rivojlanishiga tashqi savdoning davlat tomonidan 
monopoliyalashtirilgani to'g'anoq bo'ldi. Bu tufayli AQSH SSSR bilan savdo aloqalari 
o'rnatishni qat'iyan rad etdi. Sovet diplomatiyasi SSSRda kolonializmga qarshi 
kurashda o'z ittifoqchisini ko'rgan Osiyo mamlakatlari bilan do'stona munosabatlarni 
o'rnatishda ma'lum muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritdi. 1921-yilda Eron, Afg'oniston, 
Turkiya va Mongoliya bilan do'stlik va hamkorlik to'g'risida bitimlar tuzildi. 
Rossiya va Germaniya taqdirida 1922-yili Genuyada imzolangan Rappalo bitimi 
katta ahamiyatga ega bo'ldi. U ikki mamlakat o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatdi. 
Ushbu bitim G'arb davlatlarining SSSRga nisbatan siyosiy qamalini barbod qildi. 
Rappalo bitimidan so'ng boshqa davlatlar ham SSSRni tan ola boshladilar. 1924-yilda 
Angliya va Fransiya bilan diplomatik aloqalar o'rnatildi. Xuddi shu yili Yevropadagi 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling