Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   114
1922-yil dekabrda yagona ittifoqdosh davlat -Sovet 
Sotsialistik Respublikalar Ittifoqining tashkil topishi 
mamlakat 
rahbariyatida 
Stalin 
boshchiligidagi 
o'ta 
ekstremist ulug' davlatchi kuchlarning g'alabasi bo'ldi. 
Sovet Ittifoqining butun hududida ma'muriy-buyruqbozlik 
tizimi qaror topdi. Shu bilan birga milliy respublikalarning 
xom ashyo manbalarini sanoatlashtirish ehtiyojlari uchun istagancha va deyarli bepul 
olib chiqib ketish imkonini beruvchi yagona xo'jalik tizimi vujudga keldi. 
O'zbekistonda 
paxtachilikning 
rivojlantirilishi 
mamlakatdagi 
barcha 
to'qimachilik fabrikalarini paxta, kimyo sanoatini esa maxsus komponentlar bilan 
ta'minlash hamda iste'mol mollari ishlab chiqarishni oshirish imkonini berdi. Donbass 
ko'miri, Ozarbayjon nefti, Ukraina g'allasi va shakari, Qozog'istonning chorvachilik 
mahsulotlari, Qirg'iziston bergan jun sanoatlashtirishning rivojlanishida hal qiluvchi 
omil bo'ldi. 
SSSRni tashkil qilish to'g'risidagi shartnoma o'ta markazlashgan qo'shma 
davlatni vujudga keltirdi. Unda markaziy hukumat qo'liga imkon qadar ko'proq 
hokimiyatni olishga urindi, milUy respublikalarning huquqlari esa juda ozchilikni 
tashkil qildi. Byudjet markaz tomonidan belgilandi, pul markazdan turib taqsimlandi, 
respublikalardagi xalq komissarliklari markaziy xalq komissarliklariga bo'ysundi, 
markaz armiya, ichki ishlar xalq komissarligi, tashqi siyosat va tashqi savdo, aloqa va 
aloqa yo'llarini o'z qo'liga oldi. 
To'g'ri, Shartnomaning 26-moddasi har bir respublika Ittifoqdan chiqish 
huquqiga egaligini ko'zda tutardi. Biroq, hech bir respublika hech qachon bu 
«huquq»dan foydalana olmadi. Jinoiy huquq Ittifoqning yaxlitligiga qarshi har qanday 
daxlni og'ir jinoyat deb hisoblab, uni sodir etganlik uchun o'lim jazosini ko'zda tutdi. 
Markazning ixtiyorida armiya va OGPUning jazo idoralari bo'lib, ular mustaqillikka 
bo'lgan har qanday intilishni shafqatsiz jazolardi. Xullas, shunday tizim ishlab 
chiqildiki, undan bironta xalq, biron respublika o'zining xohishicha chiqib ketolmasdi, 
mustaqil holda ish yurita ohnas edi. 
Sovet totalitarizmi xalqni yangi sanoatlashgan davlatni qurishga safarbar qila 
oldi. U qoloq davlatning iqtisodiy rivojlanishida samarali vosita bo'ldi. 1929-1932-
yillarda, Yevropadagi barcha mamlakatlar va AQSH jahon iqtisodiy inqirozini boshdan 
kechirayotgan bir paytda, SSSR tashabbuskorlik va majburiy mehnatga asoslangan 
ulkan qurihsh maydoniga aylandi. 
SSSR 20-30-yillarda madaniyat va ta'lim sohasida erishgan natijalar madaniy 
inqilob deb nomlandi. 1939-yilga kelib SSSRda yoshi katta aholi o'rtasida savodsizlik 
deyarli tugatildi, 13 mln. dan ortiq kishi o'rta ma'lumotga ega bo'ldi. Bepul oliy ta'lim 
tizimining joriy qilinishi ishchi va dehqonlarning farzandlariga texnikum va oliy o'quv 
yurtlarida o'qish imkonini berdi. 20-30-yillarda Belorussiya, Gruziya, Armaniston
Ozarbayjon va O'rta Osiyo respublikalarida texnikum va oliy o'quv yurtlari ochildi. 
Biroq, aholining turmush darajasi Yevropa standartlaridan ancha past bo'lib 
qoldi. Aholining turar joy, oziq-ovqatga ehtiyoji katta edi. Tantanali e'lon qilingan 
inson huquqlari moddiy ta'minlanmadi, ularning shunchaki quruq shior ekani ko'rinib 
qoldi. Insonning kundalik hayoti ko'plab taqiqlar bilan chegaralangan edi: barcha 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling