Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
SSSR ning
tashkil topishi. Madaniy inqilob. Qishloq xo’jaligini jamoalashtirish . - 27 - uchun bir pasport tartibi va kolxozchilarda pasportlarning yo'qligi harakatlanish erkinligini qat'iy chegaralardi; mafkuradan har qanday chetga chiqish, o'zgacha fikrlash ta'qib ostiga olinardi; har narsadan shubhalanish, qo'rqish va chaqimchilik ayniqsa ayj oldi, sudsiz jazolash, ma'muriy surgun qilish va sudsiz xususiy mulkdan mahrum etish tizimi keng tarqaldi. SSSRda xalq xo'jaligining bir maromda, barqaror rivojlanishiga 1929-1932- yillarda o'tkazilgan qishloq xo'jaligini jamoalashtirish qattiq zarba berdi. U qishloqning yangilanishi g'oyasini qo'pol ma'muriylashtirish, zo'ravonlik, xo'jasizlik va aholining qashshoqlashishi bilan bog'ladi. Mamlakat qishloq xo'jaligi tabiiy iqtisodiy qonunlar asosida emas, yuqoridan berilgan buyruq va yo'1-yo'riqlarga ko'ra rivojlana boshladi. Kolxozlar davrining birinchi yiliyoq Rossiya tarixida bo'lmagan ocharchilikni yuzaga keltirdi. U 30 mln. aholini qamrab oldi. Ocharchilik Ukraina, Don, Shimoliy Kavkaz, Volgabo'yi, Janubiy Ural, Qozog'istondagi g'alla yetishtiruvchi hududlarda ro'y berdi. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan eng kam darajada ta'minlash maqsadida mamlakatda kartochka tizimi joriy qilindi. G'alla tayyorlash kampaniyalari 1932-yildan boshlab dehqonlarga qarshi chinakam urushlarga aylandi. Har kuzda qishloqlarga g'alla bo'yicha maxsus vakolat olgan xodimlar yopirilardi. Sabr kosasi to'lgan dehqonlar qo'lga qurol oldilar. «Quloqlar isyonlari»ni bostirishga Qizil armiya qismlari tashlandi. O'n minglab dehqonlar sudsiz otib tashlandi, yuz minglab dehqonlar badarg'a qilindi, ularning ko'pchiligi surgun qilingan yerlarida halok bo'ldilar. «Quloq» -iqtisodiy jihatdan erkin tovar ishlab chiqaruvchi-iqtisodiyotni ma'muriy boshqarish tizimi doirasiga sig'mas edi. O'z xo'jaligida yollangan ishchi kuchidan foydalangani uchun u ekspluatatsiya qiluvchi, demak, sovet hukumatining dushmani deb e'lon qilindi. Xo'jaligini yo'lga sola bilgan millionlab dehqonlar sinfiy dushman deb e'lon qilinib, mamlakatning olis hududlariga surgun qilindi. Jamoa xo'jaliklari (kolxozlar) SSSR totalitar tuzumining ajralmas bo'g'iniga aylandi. Maxsus tashkil qilingan tizim qishloqdan shahar, armiya, sanoatni ta'minlash uchun zarur bo'lgan mahsulotlarni sog'ib olish bilan shug'ullandi. O'rniga o'rin qilib qishloqqa mahsulot qaytarilmadi. Mustaqil, qonun bilan muhofaza qilingan dehqon o'rniga qishloqda ishining sifati, mehnatining natijasiga befarq yollanma ishchi yetakchi o'ringa chiqdi. Uning bu befarqligi sababi shunda ediki, yer ham, uning ne'matlari ham unga tegishli emasdi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling