Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   114
20-yillardagi ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy tizim, 
iqtisodiyotni 
boshqarishning 
markazlashtiri-lishi va 
YISning natijalari 


- 23 - 
ishlab chiqarish vositalariga davlatning egalik qilishiga asoslangan ulkan xo'jalik 
birlashmalarining tuzilishiga olib keldi. Bunday iqtisodiyot barcha korxona, zavod, 
fabrika, yer, savdo va moliya tashkilotlarining to'liq natsionalizatsiya qilinishini ko'zda 
tutardi. 
Yangi iqtisodiy siyosatning birinchi yiliyoq katta falokat - qurg'oqchilik ro'y 
berdi. Rossiyaning ulkan hududi ochhk sirtmog'ida qoldi. Ocharchilik ro'y bergan 
hududlarda 20 mln. ga yaqin aholi yashardi. Falokat bu yerda salkam bir yil davom 
etdi. Yuz minglab odamlar ochlikdan, to'yib ovqat yemaslik oqibatida paydo bo'lgan 
kasalliklardan halok bo'ldilar. Ko'plab odamlar oziq-ovqat serob o'lkalar, xususan, O'rta 
Osiyoga ko'chdi. 
G'arb davlatlarining sovet davlatiga munosabati bu beqarorlikni yanada 
chuqurlashtirdi. Angliya va Fransiya Rossiyani 1924-yilgacha tan olmadi, AQSH esa 
uni faqat 1934-yildagina tan oldi. Mamlakat iqtisodiy qamal iskanjasida edi. O'zaro 
hisob-kitob qoidalari yo'qligi' sababli valyuta-pul munosabatlari o'rnatilmagandi. Sovet 
hukumatining savdo aloqalarini rivojlantirish to'g'risidagi barcha takliflariga G'arb 
podsho davridagi qarzlarni to'lash va natsionalizatsiya qilingan mulkni qaytarish talabi 
bilan javob berardi. 1924-yilgacha savdo-sotiq faqat Germaniya va qator Skandinaviya 
davlatlari bilan olib borildi. Hatto o'ta foydali shartlar asosiga qurilgan takliflar ham 
G'arbning munosabatini o'zgartirmadi. 
Sovet davlati ijtimoiy ta'minot sohasida muhim islohotlarni amalga oshira 
boshladi. 8 soatlik ish kuni joriy etildi, ayollarning mehnatiga erkaklar mehnati bilan 
teng haq to'lash belgilandi, nafaqalar, haq to'lanuvchi ta'tillar, mehnat qobiliyatini 
yo'qotganlar uchun kasallik varaqalari, ishchi va xizmatchilarga bepul tibbiy xizmat 
joriy qilindi. Qrimdagi sobiq shoh saroylari, Kavkazda, Qora dengiz bo'yida, Moskva 
va Petrograd tevaragida kurortlar, sanatoriylar, ishchilarning dam olish uylari ochildi. 
Yuz minglab ishchi va xizmatchilar birinchi marta o'z yozgi ta'tillarini oromgohlarda 
o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Ko'pchilik dam oluvchilarga yo'llanmalar bepul 
berildi. 
Xo'jalikni boshqarishning ma'muriy-buyruqbozlik usullari qiymatni belgilashda 
tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Sanoat mahsulotlari narxlari sun'iy ravishda oshirildi, 
qishloq xo'jalik mahsulotlarining narxlari esa sun'iy ravishda pasaytirildi. Natijada 
qishloq aholisi sanoat mahsulotlarini xarid qilish imkoniyatidan mahrum bo'ldi, sanoat 
mahsulotlari omborlarda qolib keta boshladi, korxonalar ishchilarga hatto maosh ham 
to'lay olmasdilar. Bolsheviklar iqtisodiy konsepsiyasining barbod bo'lgani ko'zga aniq 
tashlanib qoldi. «Davlat sotsializmi»ning ma'muriy-buyruqbozlik tizimi iqtisodiy 
yuksalishni ta'minlay olmadi. Amaldorlarning o'zboshimchaligi, chayqov bozori, 
korrupsiya, intizomsizlik, rejani bajarish yo'lida ishlab chiqarish texnologiyasini buzish 
va shu kabi boshqa qator illatlar ko'zga tashlanib qoldi. 
Ishchilar orasida ishsizlikning paydo bo'lishi eng jiddiy hodisa bo'ldi. Qishloq 
aholisi tirikchilik ilinjida shaharga ko'chib kela boshladi. Bu yerda esa ish yo'q edi. 
1923-yili mamlakatda ishsizlar soni 641 ming kishini tashkil qildi, 1924-yilda bu son 
1240 ming kishiga yetdi. Uy-joy tanqisligi sezildi. Yangi qurilishlar deyarli olib 
borilmasdi. Aksariyat ishchilar suv, elektr va boshqa hayotiy zarur sharoitlar bo'lmagan 


- 24 - 
barak va yerto'lalarda kun kechirardilar. Oziq-ovqat mahsulotlari muttasil yetishmasdi. 
Davlat shahar aholisini oziq-ovqat bilan yetarli miqdorda ta'minlay olmasdi. 
Tashqi savdoga davlat yakka hokimligi 1917-yildayoq joriy etilgan bo'lib, unga 
doir masalalar Moskvadagi amaldorlarning qisqa doirasi tomonidan ko'rilishi, juda 
ko'pchilik bilan kelishilishi lozim edi. Bu tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga 
to'sqinlik qildi. G'arb bilan aloqa qilishdan, G'arb taraqqiyoti va madaniyatining 
ta'siridan qo'rqish, keng avj olgan josuslik vasvasasi sovet iqtisodiyotini dunyo 
miqyosida rivojlantirish yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 1925-1926-yillarda xususiy, shu 
jumladan, mayda va hunarmandchilik ishlab chiqarishi jami ishlab chiqarishning bor-
yo'g'i 23% ini, xususiy sektorning umumiy ishlab chiqarishdagi hissasi esa atigi 15%ni 
tashkil qildi. 
Hukumatning yuqori doiralarida hokimiyat 
uchun muntazam kurash ketardi. Biroq, 
Leninning obro'si katta bo'lgani sababli uning 
tirikligida ichki ixtiloflar yashirin kechdi. 1922-
yilda Lenin og'ir betobligi tufayli faol siyosiy 
hayotdan deyarli ketdi. 1924-yilda Leninning 
o'limi hokimiyat uchun kurashning boshlanishiga turtki bo'ldi. Partiya rahbariyatida 
ikki bosh guruh yuzaga keldi. Birini Trotskiy (L. Bronshteyn, 1879-1940), ikkinchisini 
esa 1922-yilda partiya Bosh kotibi qilib tayinlanib, partiyada va mamlakatda ulkan 
hokimiyatni qo'lga kiritgan Stalin (I. Jugashvili, 1879-1953) boshqardi. 
Qizil armiyaga bosh qo'mondonlik qilgan Trotskiy tinch aholiga qarshi 
ommaviy terror uyushtirish, harbiy asirlarni yo'q qilish, o'ziga yoqmagan komandirlarni 
otib tashlash kabi ayblarni sodir etgan edi. U eng qat'iy choralarni qo'llash -«kasaba 
uyushmalarini davlatga bo'ysundirish» tarafdori hisoblanardi. Shuningdek, Trotskiy 
«harbiy kommunizm» dasturi mualliflaridan biri bo'lib, «mehnat armiyalari»ni tashkil 
qilish va davlatni harbiy lagerga aylan-tirishni talab qilardi. U ayniqsa dehqonlarga 
nisbatan shafqatsiz edi. O'sha paytda mashhur bo'lgan «dehqonning yelkasida 
kommunizmga qadam qo'yish» iborasi Trotskiyga tegishli bo'lib, u dehqondan 
sotsializm qurish uchun zarur barcha narsani tortib olish lozimligini anglatardi. 
Birinchi zarba Trotskiyga qarshi qaratildi. 1927-yilda u egallagan barcha 
lavozimlaridan bo'shatildi, partiyadan haydaldi va mamlakatdan badarg'a qilindi. 
Trotskiy bilan birga yana 98 kishi trotskizmda ayblanib, partiyadan haydaldi. 
Trotskiyga qarshi kurashda Stalin atoqli partiya arbobi Nikolay Ivanovich Buxarin 
(1888-1937) va uning tarafdorlaridan ustalik bilan foydalandi. Buxarin «Pravda» 
gazetasining bosh muharriri, Siyosiy byuro a'zosi bo'lib, partiyada katta mavqega ega 
edi. Uning Trotskiy va trotskizmga qarshi o'tkir maqolalari Stalinga Trotskiy va uning 
ta'limotini nazariy va g'oyaviy jihatdan obro'sizlantirib, uning atrofida siyosiy 
bo'shliqni paydo qilishga ko'maklashdi. 
Biroq, Trotskiydan so'ng boshqalarga ham navbat keldi. Ularning birinchisi 
Buxarin bo'ldi. Buxarin aqlli, nazariy jihatdan kuchli siyosatchi bo'lib, erkin 
dunyoqarashi bilan ajralib turardi. U Rossiyada «sotsializm qurish» rejalari borasida 
erkin fikr bildirdi. Buxarin sanoatlashtirish va jamoalashtirish bilan bog'liq 
avantyuristik rejalar, iqtisodiyot, transport va moliya sohasining haddan ortiq 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling