Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1925-yil dekabrda
Leninning o’limidan
so’ng hokimiyat uchun kurash. Mamlakatni sanoatlashti-rish siyosati. - 25 - markazlashtirilishiga qarshi turdi va iqtisodiyot ustidan bunday zo'rlik ijtimoiy taraqqiyot qonunlari hamda iqtisodiyotdagi tabiiy aloqalarning buzilishiga olib kelishi haqida ogohlantirdi. 1929-yili Stalin N. Buxarin va uning tarafdorlarini o'z g'oyalarining xato ekanini tan olish va tavba qilishga majbur qildi. Partiyaning atoqli arbobi, taniqli nazariyotchi, publitsist sanalgan Buxarinning taslim bo'lishi Stalin uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega edi - bu Stalinning mamlakatda mutlaq hokimiyatni qo'lga kiritganidan dalolat berardi. Partiyada endi har qanday mustaqil siyosiy fikr bo'g'ilgan, bahslarga, dohiyning qarorlari muhokama qilinishiga yo'l qo'yilmas, uning daholigi va uzoqni ko'ra bilishiga shubha qilish ham mumkin emas edi. Partiya yig'ilishlari Stalinning xalq va jahon proletariati oldidagi xizmatlarini ko'kka ko'tarib maqtashdan iborat bo'lib qoldi, partiyaning o'zi esa unga madhiyalar kuylovchi yakdil va jo'r ovoz xorga aylandi. Sovet davlati rahbarlari qoloq Rossiyani sanoatsiz qudratli zamonaviy davlatga aylantirib bo'lmasligini yaxshi tushunardilar. 1925-yil dekabrda yalpi iqtisodiyotni rivojlantirishning hal qiluvchi vositasi sifatida sanoatlashtirishga o'tish to'g'risida e'lon qilindi. Mamlakatda yangi zamonaviy sanoatni barpo etish bo'yicha ulkan ishlar boshlandi. Qisqa vaqt ichida o'nlab yangi elektr stansiyalari barpo etildi, Kerch, Krivoy Rog, Magnitogorsk, Kuznetsk va Sibirda dunyoda eng yirik metallurgiya korxonalari qurilishi boshlandi. Kimyo sanoati, mashinasozlik, traktor va avtomobilsozlik sanoatlarini rivojlantirishga katta e'tibor berildi. 1926-1927-yillarda jami 582 ta yangi korxona barpo etildi. Sovet davlati xalq xo'jaligidagi asosiy kamchilik turli sohalarning mutanosib rivojlanishi bo'ldi. Xalq xo'jaligida asosiy e'tibor sanoat mahsulotlarini oshirishga qaratilib, bu 30-yillardayoq kartochka tizimining joriy etilishi va inflyatsiyaning kuchayishiga olib keldi. Iste'mol mollarini ishlab chiqaruvchi yengil sanoatning hissasi dunyo miqyosida eng oz bo'lib qoldi. Yengil sanoatni rivojlantirishga faqat bir foiz sarmoya jalb qilindi. Mamlakatda keng ehtiyoj mollari-kiyim-kechak, mebel, uy jihozlari, poyafzalning doimiy taqchilligi kuzatildi. Sanoatlashtirish yangi texnikaga bo'lgan ulkan talabni paydo qildi. Xarajatli iqtisodiyot texnika va yangi texnologiyalarning rivojlanishi, fan-texnika yutuqlarining tadbiq qilinishiga imkon bermasdi, shu sababli yangi texnikaning asosiy oqimi faqat rivojlangan G'arb davlatlaridan kelishi mumkin edi. Buning uchun davlatda pul yo'qligi uni texnika uskunalarini rivojlangan Yevropa mamlakatlaridan oltin, o'rmon, g'alla va shu kabilarni sotish evaziga xarid qilishga majbur qildi. Ermitaj xazinasidagi Rembrandt, Rubens, Van Deyk kabi musavvirlarning bebaho asarlari sotilib, ular xususiy kolleksiyalardan o'rin oldi. Hukumat cherkov ta'siriga qarshi kurash va ateizmni joriy qilish bahonasida rus pravoslav cherkovining ulkan boyliklarini musodara qildi. Cherkovlar talandi, oltin va kumush buyumlar -oltin krestlar, ikonalar qoplamalari, shamdonlar musodara qilindi. Mamlakat hukumati aholidan ham oltin buyumlarni ola boshladi, maxsus tashkil qilingan «Torgsin» (Xorijiy davlatlar bilan savdo) do'konlari oziq-ovqat mahsulotlari va keng iste'mol mollari (kiyim-kechak, poyafzal, uy jihozlari)ni faqat oltin va tilla buyumlar evaziga sota boshladi. Bu yo'l bilan xalqdan olingan tilla buyumlarning umumiy miqdori qariyb 3 ming tonnani tashkil qildi. Ularning barchasi G'arbdan mol va uskunalar sotib olishga sarflandi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling