Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   114
Urushning mamlakat
iqtisodiga ta’siri. 
Tashqi siyosat.


- 41 - 
tuzilganligi e'lon qilindi. U 20-30-yillarda so'l kuchlarning demokratiya, tinchlik va 
ijtimoiy adolat uchun kurashiga boshchilik qildi. 
Fransuz burjuaziyasi jamiyatni barqarorlashtirish uchun kurash olib bordi. 1919-
yil noyabr oyida Fransiyada urushdan keyingi birinchi parlament saylovlari bo'lib o'tdi. 
Burjua partiyalari Milliy ittifoq deb nomlangan saylovoldi uyushmasini tuzdilar. Milliy 
ittifoq bolshevizmga va ijtimoiy tartibsizliklarga qarshi kurash, Versal shartnomasiga 
qat'iy rioya qilish, ya'ni Germaniyani tovon to'lashga majbur etishni o'z vazifasi deb 
e'lon qildi. 
Boshqaruvning parlament shakli (parlament - fr. parler - gapirmoq) - qonun 
chiqaruvchi va ijroiya organlarning vazifalari aniq taqsimlanganda parlamentning 
imtiyozli mavqega ega bo'lishi. Parlament deputatlari hukumatni shakliantiradilar, bosh 
vazirni va konstitutsiyaviy nazorat organlarini saylaydilar. 
Aholining katta qismi tomonidan qo'llab-quvvatlangan Milliy ittifoq katta 
g'alabaga erishib, Milliy majlisda deputatlik o'rinlarining uchdan ikki qismini qo'lga 
kiritdi. Burjua partiyalari demokratik va ishchi harakatlariga qarshi kurashda qudratli 
qurolga ega bo'ldilar. Natija tez orada namoyon bo'ldi. Milliy ittifoqning birinchi 
hukumati bo'lgan Mileran hukumati ishchilar harakatiga qarshi ayovsiz kurash 
boshladi. 1920-yil may oyida temiryo'lchilar ish tashlashi bostirildi, unga 
qatnashganlardan 20 kishi ishdan bo'shatildi. Urush davrida qabul qilingan ijtimoiy 
islohotlar dasturi birin-ketin yo'q qilindi. Ishchilarga qarshi kurash milliy miqyosdagi 
surunkali va tinka qurituvchi nizoga aylandi. Bu esa mamlakatda siyosiy beqarorlikka 
sabab bo'ldi. 14 yil (1919-1933) mobaynida Fransiyada 27 marta hukumat o'zgardi. 
Milliy ittifoq hukumati paytida Fransiya tashqi siyosatining asosiy yo'nalishi 
mamlakatning Yevropa qit'asidagi ustivor mavqeini mustahkamlash edi. Ana shu 
maqsadda Fransiya bir qator tadbirlarni amalga oshirdi va ular mamlakatning 
Yevropadagi mavqeini ancha mustahkamladi. Kichik Antanta deb nomlangan va 
Chexoslovakiya, Ruminiya hamda Yugoslaviyani o'z ichiga olgan «Sharqiy alyans» 
tashkil etilgan edi. Fransiya ular bilan harbiy ittifoq tuzdi. Polsha bilan ham shunday 
ittifoq tuzildi. Bu ittifoqlar ochiqdan-ochiq Germaniya va Rossiyaga qaratilgan edi. 
Bunga javoban Germaniya bilan Rossiya 1922-yilda, Genuya konferensiyasi paytida 
diplomatik munosabatlar o'rnatish haqida shartnoma tuzdi. Bu ahdlashuv keng miqyosli 
iqtisodiy munosabatlar o'rnatish yo'lini ochar edi. Shunday qilib, Germanjya birinchi 
bo'lib Rossiyani iqtisodiy jihatdan qamal qilish haqidagi kelishuvni buzdi. Germaniya 
va Rossiya o'rtasidagi shartnoma Genuya yaqinidagi Rapallo degan joyda imzolangani 
uchun shu nom bilan ataldi. U ikkala mamlakatning ham xalqaro mavqeini 
mustahkamladi.
1922-yil yozida Buyuk Britaniya va AQSH tomonidan qo'llab-quvvatlangan 
hamda Rapallo shartnomasidan ruhlangan Germaniya har yilgi tovonni to'lashdan bosh 
tortdi. Bunga javoban fransuz qo'shinlari 1923-yilning yanvarida nemis iqtisodiyoti 
ustidan nazorat o'rnatish va Rur viloyatini Germaniyadan ajratib olish maqsadida bu 
viloyat hududiga kirdilar. Ammo Fransiya hukmron doiralarining rejasi amalga 
oshmadi. Germaniya hukumati da'vati bilan Rur aholisi ishdan bosh tortdi. Fransiyaga 
Rur ko'miri butunlay bormay qoldi. Natijada cho'yan va po'lat quyish keskin qisqardi. 
Fransuz franki kursi tushib ketdi. Rurning bosib olinishi ichki siyosiy inqiroz va 


- 42 - 
xalqaro munosabatlardagi chigalliklar bilan yakunlandi. Fransiyaning Yevropa qit'asida 
gegemonlik o'rnatish xayollarini butunlay chippakka chiqarish maqsadida AQSH va 
Buyuk Britaniya Germaniya iqtisodiyotini tiklash va Daues rejasi asosida uning 
Yevropa siyosiy hayotidagi rolini oshirishga ahd gilqildilar. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling