Tarix o’tmishning ko’zgusi
-yilgi saylovlarda Milliy ittifoqdan chiqqan so'l burjua partiyalari, eng avvalo Eduard Errio
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aristid Brianning
- Brian Aristid
1924-yilgi saylovlarda Milliy ittifoqdan chiqqan
so'l burjua partiyalari, eng avvalo Eduard Errio boshchiligidagi radikallar partiyasi Sotsialist partiya bilan saylov bitimi tuzdi va So'l ittifoqni tashkil etdi. So'l lttifoq o'z dasturida ijtimoiy sohada ijobiy o'zgarishlar qi-lish, Milliy ittifoqning xalqqa qarshi qaratilgan tadbirlarini bekor qilish, Sovet Ittifoqi bilan diplomatik munosabatlar o matish, Germaniyadan qo'shinlarni olib chiqish va u bilan yarashish, Angliya va AQSH bilan mustahkam aloqalarni tiklashni va'da qilgan edi. So'l ittifoq saylovlarda g'olib chiqdi. So'l ittifoq hukumatini Eduard Errio boshqardi. U Rossiya bilan yaqinlashish, xalqaro muammolarni tinch yol bilan hal qilish tarafdori demokrat va tinchliksevar edi. 1924-yil oktabrda o'ng partiyalarning ashaddiy hamlalariga qaramay Fransiya bilan Rossiya o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi. So'l ittifoq tashqi siyosatining asosini G'arb davlatlarini yarashtirish va Yevropani birlashtirish tashkil etar edi Bunday tashqi siyosat olib borilishida o'n to'rt yil hukumatda uzluksiz tashqi ishlar vaziri bo'lgan Aristid Brianning (1862-1932) xizmati katta bo'ldi. U muzokaralar va arbitraj vositasida Yevropani birlashtirish yo'lini tutdi Uni hozirgacha «Yevropaning otasi» deb atashadi, uning g oyalan Ikkinchi jahon urushidan keyin birlashgan Yevropani tashkil etish yo'lida ilk qadam bo'lganligini e'tirof etishadi. Brian Aristid-(1862-1932) Fransiya bosh vaziri. 1862-yil 28-martda Nantda dunyoga keladi. Parijda huquqni o‟rganadi. Yoshligida sindikalistlar oqimiga qo‟shiladi. Uning Bretanda siyosiyatdagi muvaffaqiyatlari keyinchalik Parijda ham sotsialistlar bilan, shu jumladan R.Vivian va J.Jores bilan bog‟lanishga olib keladi. 1904-yil Jores bilan birgalikda «Yumanite» (L‟Humanite) gazetasiga asos soladi. 1901-yil sotsialistlar partiyasining bosh kotibi, 1902-yil esa Luara tomonidan deputatlar palatasiga saylanadi. 1906-yil u ta‟lim va madaniyat vaziri etib tayinlanadi. 1909-yil u birinchi marta bosh vazirlik lavozimini egallaydi. 1914-yilgacha Brian o‟nglarga yaqinlashib R.Puankareni «Yangi natsionalizm»ini qo‟llab-quvvatlaydi. 1914-1917-yillarda bosh vazir o‟rinbosari, keyinchalik bosh vazir lavozimini egallaydi. U soliqlarni ko‟paytirishga qarshi va katoliklar talabini qo‟llab-quvvatlab, Vatikanda Fransiya elchixonasini qayta tiklashni ma‟qullar, Germaniya bilan tinchlik shartnomasini tuzishga intilar edi. Millatlar Ligasida va shu kabi xalqaro konferensiyalarda hamda deklaratsiyalarda (Lokarno, 1925-y oktyabr; Toyri, 1926-yil sentyabr; Brian Kellog pakti, 1928) Fransiya-Germaniya do‟stlik va hamkorligini mustahkamlash uchun kurashar edi. Shuningdek Evropa Federal Ittifoqini tuzish taklifini ilgari suradi. U 1932-yil 7-mart Parijda vafot etadi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling