Tarix o’tmishning ko’zgusi


Fashistlarning hokimiyatni


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   114
Fashistlarning hokimiyatni 
egallashga intilishi. So’l 
kuchlarning fashizmga qarshi 
kurashga birlashishi 


- 45 - 
boshladilar. 1934-yil 6-fevralda, hukumat inqirozi siyosiy inqirozga o'sib o'tganidan 
so'ng, Parijda fashistlar isyoni boshlandi. Bir necha o'n ming qurollangan fashistlar 
ko'chalarga chiqdilar va Burbonlar saroyi, parlament binosiga yorib o'tishga urindilar. 
Hukumatning beparvoligidan foydalanib, fashistlar pochta, telegraf, vokzallar va 
Yelisey dalasidagi Murosa maydoniga hujum qila boshladilar. 
Hukumatning faoliyatsizligini ko'rib, Fransiya poytaxtining turli tumanlarida 
yuz minglab ishchilar ko’chalarga chiqdilar. Germaniya fojiasining Fransiyada 
takrorlanishini istamagan odamlarning barchasi oyoqqa turdi. Bunday ommaviy 
namoyishlar mamlakatning Marse, Lion, Ruan, Nant, Nansi va boshqa shaharlarida bo 
lib o'tdi. 
Mamlakat mehnatkashlari Fransiya tarixidagi eng muhim g'alabani qo'lga 
kiritdilar. Fashistlar millat demokratik kuchlari fronti oldida chekinishga majbur 
bo'ldilar. Biroq kurash shu bilan tugamadi. Reaksion va konservativ kuchlar 
hokimiyatni xuddi Germaniyadagi singari siyosiy nayranglar yo'li bilan egallashga 
qaror qildilar. 1934-yil 7-fevralda E. Daladye o'ziga ishonch bildirilganiga qaramay 
iste'fo berdi. Bosh vazir qilib fashizmning ochiq tarafdori bo'lgan Gaston Dumerg 
(1863-1937) tayinlandi. 
Fransiya mehnatkashlari fashistlar to'ntarishi mualliflari rejasini barbod qildilar. 
Hokimiyat 
tepasiga 
Dumerg 
kelgani 
to'g'risidagi xabar tarqalgani hamon yana 
isyonchi va ishchilar o'rtasida ashaddiy 
janglar boshlandi. Butun Parijda, har bir tumanda, Fransiyaning hamma yerida ishchilar 
fashistlarni hokimiyatga qo'ymaslik shashti bilan yondilar. Mamlakatda demokratiya va 
Fransiya ozodligi uchun kurashuvchilarning umumiy fronti vujudga kela boshladi. 
Namoyishlar taqiqlanganiga qaramay, 9-fevral kechqurun 50 ming parijlik fashistlarga 
qarshi namoyishga chiqdi. Shaharda politsiya va ishchilar o'rtasida haqiqiy ko'cha 
janglari ayj oldi. Parij kasalxonalari yaradorlar bilan to'lib-toshdi. Ishchilar hukumat 
fashistlar tomonida ekaniga ishonch hosil qildilar, zero, uning buyrug'iga ko'ra politsiya 
va qo'shinlar de Lya Rok bandalariga qarshi emas, Parij mehnatkashlariga qarshi 
chiqdilar. 
12-fevralda butun Fransiyada umumiy ish tashlash boshlandi. Unda 4,5 rnln. 
kishi qatnashdi. Shu kuni Fransiyada fashistlarga tarafdor reaksion kuchlar tomonidan 
tayyorlangan davlat to'ntarishi barbod bo'lgani oydinlashdi. Fashizm Fransiyada 
o'tmadi. Fevral voqealari so'l kuchlarning fashizmga qarshi kurashga, tinchlik va 
ijtimoiy taraqqiyot uchun birlashishlariga kuchli turtki berdi. 
1936-yil yanvarida Xalq frontining dasturi e'lon qilindi. Uni ishlab chiqishda mamlakat 
demokratik kuchlarining vakillari ishtirok etdilar. Dastur fashistlarga qarshi demokratik 
xususiyatga ega edi. Barcha fashistlarning tashkilotlarini qurolsizlantirish va tarqatish 
talabidan tashqari, u keng xalq ommasining ahvolini yaxshilash - ish haftasini 
qisqartirish, ishsizlarga yordam ko'rsatish milliy jamg'armasini tashkil qilish, qishloq 
xo'jaligi mahsulotlariga qat'iy narxlarni belgilashni ko'zda tutuvchi dasturni ham ilgari 
surardi. 1936-yil bahorida Fransiyada deputatlar palatasiga saylovlar bo'lib o'tdi. Xalq 
fronti partiyalari birgalikda, umumiy dastur asosida ishtirok etdilar. Saylovlarda Xalq 
fronti umumiy hisobda 57% ovoz to'plab, g'olib chiqdi.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling