Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1918-1939 YILLARDA BUYUK BRITANIYA Tarixni esga oling !
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar. 1. Birinchi jahon urushining Fransiya iqtisodiyotiga ta’siri haqida so’zlang. 2. Nima uchun Aristid Brianni hozirgacha ―Evropaning otasi‖ deb atashadi? 3. ―Kollaboratsionist‖ va ―Devolvatsiya‖ atamalariga ta’rif bering. 4. ―To’rtlar bitimi‖ va uning maqsadllari haqida so’zlab bering. 5. 1932-1939-yillarda Fransiyaning tashqi siyosatida qanday o’zgarishlar yuz berdi? 6. ―Fransiyada fashizmga qarshi kurash‖ mavzusida mustaqil ishlang. 1918-1939 YILLARDA BUYUK BRITANIYA Tarixni esga oling ! - 49 - Buyuk Britaniya hududida ilk davlatlar ―xalqlarning buyuk ko’chishi‖dan so’ng paydo bo’ldi. Britaniya oroliga bostirib kirgan anglo-saks va yut qabilalari bu hududda bir necha qirolliklarga asos solishdi. Bu davr Angliya tarixida ―Geptarxiya‖, ya’ni ―etti qirollik‖ davri deb ataladi. 1066-yilda Britaniya hududini Normandiya gertsogi Vilgelm Bosqinchi iste’lo qildi. Bu davr Angliya tarixida yangi davr bo’lib, markazlashgan feodal davlatning tashkil topishi bilan harakterlanadi. Buyuk Britaniya ham Fransiya kabi butun tarixi davomida Evropada birinchi bo’lishga intilib keldi. Bu esa Buyuk Britaniya va Evropa davlatlari (ayniqsa Fransiya va Ispaniya bilan) o’rtasida qirg’inbarot urushlarga sabab bo’ldi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Buyuk Britaniyaning orolda joylashganligi uning butun tarixi davomida qo’l keldi. Buyuk geografik kashfiyotlarda Buyuk Britaniya faol harakat qildi va Amerika, Afrika hamda Hindixitoyda ko’plab mustamlakalarga ega bo’ldi. Bu jarayon Buyuk Britaniyaning Fransiya, Ispaniya va Rossiya kabi davlatlar bilan munosabatlari keskinlashuviga sabab bo’ldi. I-jahon urushida Buyuk Britaniya ―Antanta‖ tarkibida urushga kirdi. Birinchi jahon urushi Britaniyaning dunyodagi mavqeini tubdan o'zgartirib yubordi. Bir paytlar jahon sanoat bozorida hukmronlik qilgan Angliya dunyo «sanoat ustaxonasi» rolini to'liq qo'ldan boy berdi. Ingliz mahsulotlarining eksporti kamayib, import ko'paydi. Angliya harbiy xarajatlarni to'lashga majbur edi, shu sababli chet el zayom va kreditlaridan foydalanardi. Natijada Angliya AQSHning asosiy qarzdoriga aylandi (urushgacha AQSH uning asosiy qarzdori edi). Buyuk Britaniya qarzdan qutulish uchun o'zining chet ellardagi mulklaridan chorak qismini sotib yuborishga majbur bo'ldi. Urush ingliz monopoliyalari uchun ulkan foyda manbaiga aylandi. U ingliz iqtisodiyotining barcha kuchlarini jamlashni taqozo etdi. Bu esa o'z navbatida sanoatning va kapitalning birligini kuchaytirdi. Kichik va o'rta korxonalarning majburiy kooperativlashtirilishi hamda banklarning birlashuvi ro'y berdi. Ayni shu jarayonda yirik London banklari - «Lloyd», «Barklay», «Midlend», «Vestminster» va ingliz bankidan iborat «katta beshlik» vujudga keldi. Ularning tasarrufida Angliya pul resurslarining 85 foizi jamlangan edi. Sanoatda oltita yirik monopoliya paydo bo'ldi. Bular «Royyal Datch shell» (neft), «Ingliz-Eron neft kompaniyasi» (neft), «Yunilever» (keng iste'mol mahsulotlari), «Imperial kemikl indastriz» (kimyo sanoati), «Danlop rabbers» (kauchuk, rezina) va «Vikkers» (qurol-yarog') edi. Mazkur olti yirik monopoliya amalda ishlab chiqarishning barcha sohalarida hukmron edi. Beshta eng yirik bank bilan birgalikda ular Angliya ichki va tashqi siyosatining yo'nalishlarini ham belgilardilar. Urush ingliz mehnatkashlari boshiga cheksiz azob-uqubatlar keltirdi. Urush mobaynida aholining turmush darajasi ancha pasaydi. Ish haqining real darajasi ham pasayib bordi. Deyarli cheklanmagan ish kuni, favqulodda tezkor ish sur'ati, oz ish haqi, yomon uy-joy va maishiy sharoitlar, oziq-ovqatlarning yuqori narxlari o'lim va Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling