Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   114
Nikaraqua Nikaraguada AQSH o'z nazoratini qurolli tazyiq o'tkazish yo'li bilan 
o'rnatishga urindi. Mamlakat deyarli AQSHning «Yunayted frut kompani» 
kompaniyasi mulkiga aylandi. Sesaro Augusto Sandino rahbarligidagi partizanlik 
harakati bostirilib, uning o'zi AQSH gumashtasi general Anastasio Somosa tomonidan 
qatl qilindi. 1936-yildan boshlab Somosa Nikaragua diktatorligini qo'lga kiritdi va 
mamlakat ustidan AQSHning to'la hukmronligini o'rnatdi. 
Chili Shu bilan birga qator Lotin Amerikasi mamlakatlarida AQSH 
manfaatlarida va AQSH monopoliyalari ko'magi bilan harakat qilgan reaksion kuchlar 
o'z mikmronliklarini o'rnatishni uddalay olmadilar. Bir tomondan, AQSH Yevropadagi 
o'z raqiblari (birinchi navbatda Germaniya va Angliya)ning qat'iy qarshiligi hamda 
mahalliy milliy burjuaziyaning qarshiligiga uchradi. Qit'a mamlakatlarining xorijiy 
sarmoya tazyiqiga qarshi kurashi ham muhim ahamiyat kasb etdi. Lotin Amerikasi 
xalqlari xorijiy sarmoyaga qarshi ozodlik va mustaqillik uchun kurashda qo'lga kiritgan 
eng yirik natija 1938-yilda Xalq fronti Chilida erishgan g'alaba hisoblanadi. Bu ishchi 
va dehqonlar, mayda va o'rta burjuaziya hamda barcha vatanparvar kuchlarning ittifoqi 
edi. Mamlakat prezidentligiga Pedro Agirra Serda (19381941) saylandi. U tuzgan 
hukumatga radikal demokratik va sotsialistik partiyalarning vakillari kirdi. Kompartiya 
hukumatni qo'llab-quvvatlashini bildirdi. Prezident Agirra 1932-yildan so'ng harbiy 


- 92 - 
diktatura davnda bekor qilingan fuqaroviy erkinliklarni qayta tikladi. Hukumat 
tomonidan xorijiy tazyiqdan xoli milliy iqtisodiy nvojlamshnmg keng dasturi ishlab 
chiqildi. 
Venesuela Jiddiy o'zgarishlar Venesuelada ham yuz berdi. Mamlakat butun 
qit'aning neftga bo'lgan talabini qondirgan Lotin Amerikasidagi birinchi mamlakat 
bo'ldi. Neft konlari ishchilari mamlakatdagi vatanparvarlik harakatining bosh kuchiga 
aylandi. Bu harakat o'z faoliyatini mamlakatni AQSH monopoliyalari tazyiqidan xalos 
etish va demokratik islohotlarni o'tkazishga qaratdi. Ularning tashabbusi bilan 1936-yili 
mamlakatda prezident Eleasar Kontreras (1935 - 1941)dan demokratik erkinliklar
kasaba uyushmalari huquqlarini tiklashni va ijtimoiy islohotlar o'tkazishni talab qilgan 
ommaviy namoyishlar avj oldi. Vatanparvar kuchlarning tazyiqi ostida prezident 
fuqarolarning shaxsiy huquqlarini kafolatlovchi mamlakat konstitutsiyasini qabul 
qilishga majbur bo'ldi. Bir vaqtning o'zida har bir shtat o'z konstitutsiyasini qabul qildi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling