Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   114
Kolumbiya va Peru Boshqa yirik mamlakatlarning ikki urush o'rtasida kechgan 
davrdagi ahvoli o'ta beqaror bo'ldi. Bir tomondan, demokratik erkinliklar, ijtimoiy 
islohotlar hamda ichki va tashqi siyosatda mustaqil yo'l tutish uchun kurashgan 
vatanparvar kuchlar ancha o'sdi, ikkinchi tomondan esa ular AQSHning yanada 
shafqatsiz zulmiga duchor bo'ldilar. Bu davrda Lotin Amerikasi davlatlari o'rtasida o't 
olgan nizolar qit'ada demokratik harakatning rivojlanishiga to'g'anoq bo'ldi. 1932-yil 
sentabrida Kolumbiya va Peru o'rtasida Kolumbiya janubi, Amazonkaning yuqori 
tomoni -Letisiya hududidagi boy neft koni orqasidan qonli urush boshlandi. Bu yerga 
Peru qo'shinlari kirib keldi. 
Ikki mamlakat o'rtasida diplomatik munosabatlar to'xtatildi. Harbiy harakatlar 9 
oy davom etdi, minglab askarlar va o'n minglab tinch aholi halok bo'ldi, yuzlab 
qishloqlar vayron etildi. Faqat 1934-yilning may oyida ikki mamlakat o'rtasida sum 
tuzildi va unga ko'ra Letisiya Kolumbiyaga qaytarildi. Urush natijasida ikkala 
mamlakatda ham reaksion kuchlar o'z mavqelarini mustahkamladilar. Kolumbiyada 
hokimiyat tepasiga prezident Eduard Santos keldi va oldingi prezident boshlagan 
islohotlarni to'xtatdi. 
Boliviya va Paragvay U prezidentlik qilgan davrda mamlakatda AQSH 
monopoliyalarining hukmronligi qaror topdi. Peruda hokimiyat fashizm tarafdori 
bo'lgan general Oskar Benavides (1933-1939) qo'liga o'tdi. U mamlakatda terrorga 
asoslangan tuzumni o'rnatdi va demokratik erkinliklarni deyarli tugatdi. Shundan so'ng 
Peruda ham AQSHning niavqei mustahkamlandi. 
1932-yili Bohviya va Paragvay o'rtasida 20-yillarda boy neft konlari ochilgan 
Chako-Boreal viloyati orqasidan nizo chiqdi. 1927—1928-yillardayoq Boliviya-
Paragvay chegarasida qurolli to'qnashuvlar bo'lib o'tgan edi, 1932-yilda ular chinakam 
urushga aylandi. Paragvay qo'shini bahsli hududga bostirib kirdi va uning katta qismini 
egallab oldi. Urush ikkala tomonga ham qimmatga tushdi. 250 ming kishi halok bo'ldi 
va yaralandi. Urush natijasida ikkala davlatning ham iqtisodiyoti katta zarar ko'rdi. 
1935-yil iyunida harbiy harakatlar to'xtatildi. 1938-yil 21-iyulda esa sulh bitimi 
imzolanib, unga muvofiq hududning katta qismi AQSHning yirik «Standart oyl 
kompani» tresti qo'liga o'tdi. 


- 93 - 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling