Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1932-yil sentabrida
- 1934-yilning may
- Oskar Benavides
- 1938-yil 21-iyulda
Kolumbiya va Peru Boshqa yirik mamlakatlarning ikki urush o'rtasida kechgan
davrdagi ahvoli o'ta beqaror bo'ldi. Bir tomondan, demokratik erkinliklar, ijtimoiy islohotlar hamda ichki va tashqi siyosatda mustaqil yo'l tutish uchun kurashgan vatanparvar kuchlar ancha o'sdi, ikkinchi tomondan esa ular AQSHning yanada shafqatsiz zulmiga duchor bo'ldilar. Bu davrda Lotin Amerikasi davlatlari o'rtasida o't olgan nizolar qit'ada demokratik harakatning rivojlanishiga to'g'anoq bo'ldi. 1932-yil sentabrida Kolumbiya va Peru o'rtasida Kolumbiya janubi, Amazonkaning yuqori tomoni -Letisiya hududidagi boy neft koni orqasidan qonli urush boshlandi. Bu yerga Peru qo'shinlari kirib keldi. Ikki mamlakat o'rtasida diplomatik munosabatlar to'xtatildi. Harbiy harakatlar 9 oy davom etdi, minglab askarlar va o'n minglab tinch aholi halok bo'ldi, yuzlab qishloqlar vayron etildi. Faqat 1934-yilning may oyida ikki mamlakat o'rtasida sum tuzildi va unga ko'ra Letisiya Kolumbiyaga qaytarildi. Urush natijasida ikkala mamlakatda ham reaksion kuchlar o'z mavqelarini mustahkamladilar. Kolumbiyada hokimiyat tepasiga prezident Eduard Santos keldi va oldingi prezident boshlagan islohotlarni to'xtatdi. Boliviya va Paragvay U prezidentlik qilgan davrda mamlakatda AQSH monopoliyalarining hukmronligi qaror topdi. Peruda hokimiyat fashizm tarafdori bo'lgan general Oskar Benavides (1933-1939) qo'liga o'tdi. U mamlakatda terrorga asoslangan tuzumni o'rnatdi va demokratik erkinliklarni deyarli tugatdi. Shundan so'ng Peruda ham AQSHning niavqei mustahkamlandi. 1932-yili Bohviya va Paragvay o'rtasida 20-yillarda boy neft konlari ochilgan Chako-Boreal viloyati orqasidan nizo chiqdi. 1927—1928-yillardayoq Boliviya- Paragvay chegarasida qurolli to'qnashuvlar bo'lib o'tgan edi, 1932-yilda ular chinakam urushga aylandi. Paragvay qo'shini bahsli hududga bostirib kirdi va uning katta qismini egallab oldi. Urush ikkala tomonga ham qimmatga tushdi. 250 ming kishi halok bo'ldi va yaralandi. Urush natijasida ikkala davlatning ham iqtisodiyoti katta zarar ko'rdi. 1935-yil iyunida harbiy harakatlar to'xtatildi. 1938-yil 21-iyulda esa sulh bitimi imzolanib, unga muvofiq hududning katta qismi AQSHning yirik «Standart oyl kompani» tresti qo'liga o'tdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling