Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustafo Kamol
10-avgustda Parij yaqinidagi Sevr shahrida shunday tinchlik shartnomasi imzolandi.
Bu Turkiya taqdirini hal qilishi lozim edi. Sevr shartnomasiga ko'ra sobiq Usmonli turk imperiyasi amalda Fransiya bilan Angliya o'rtasida taqsimlandi. Suriya va Livan Fransiya mandati ostiga o'tdi. Millatlar Ligasidan olgan mandat shartlariga ko'ra, Fransiya yigirma yilda Suriya va Livanni ―mustaqillikka‖ tayyorlashi shart edi. Xuddi shu shartlarda Angliya ham Mesopotamiya (Iroq) va Falastinga mandat oldi. Hijoz qirolligi (Arabiston yarim oroli) mustaqil deb e'lon qilinadigan bo'ldi. Sevr tinchlik shartnomasida nafaqat Usmonli turk imperiyasining bo'linishi, balki Turkiyaning o'zini ham parchalash ko'zda tutilgandi. Turkiyada yarim mustamlaka tartiboti o'rnatilardi va amalda suveren davlat huquqidan mahrum qilingandi. Chet ellik fuqaro turk sudiga bo'ysunmasligi mavjud bo'lgan kapitulyatsiya tartiboti ham tiklanardi. Angliya va Fransiya vakillaridan iborat komissiya Turkiya mablag'lariga egalik qilar, Turkiya byudjetining nazoratini amalga oshirardi. Sevr shartnomasining imzolanishi butun Turkiyada norozilik uyg'otdi. Hukumat shartnomani qat'iyan rad etdi. Turkiyada Sevr shartnomasini tugatishga qaratilgan milliy-ozodlik harakati boshlandi. Qishloq joylarda partizan bo'linmalari, shaharlarda ishchi tashkilotlari tuzishga kirishildi. Milliy-ozodlik harakatining tashkil etilishi va tayyorlanishida turk armiyasi generali Mustafo Kamol (1881-1938) poshsho katta rol o'ynadi. U qisqa muddatda turk armiyasini yangidan tuzishga erishdi va bu armiya 1922-yili intervensiya armiyasining bir qismi bo'lgan grek qo'shinlarini mag'lubiyatga uchratdi. Shundan keyin Mustafo Kamol izdoshlari kamolchilar, Turkiyada yuz bergan inqilob esa kamolchilik inqilobi deb atala boshlandi. Bu davrda Rossiya davlati Turkiyaga katta moddiy-ma'naviy yordam ko'rsatdi. 1921-yil 6-martda Moskvada do'stlik va birodarlik haqida sovet-turk shartnomasi imzolandi. Sovet hukumati Sevr shartnomasini tan olishdan bosh tortdi va Turkiyaga 10 mln. so'mlik oltin miqdorida tekin yordam berdi. Mustafo Kamol bu mablag'ni o'z armiyasining qurol bilan to'liq jihozlanishiga sarfladi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling