Tarix o’tmishning ko’zgusi


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   114
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar. 
1. Usmonli Turklar imperiyasi qaysi davlatlar o’rtasida taqsimlandi? 
2. Turkiyadagi milliy ozodlik harakatida Mustafo Kamol poshshoning tutgan 
o’rni haqida gapirib bering. 
3. Nima uchun G’arb davlatlari Sevr shartnomasini yangilashga majbur bo’ldi? 
4. Kamolchilik inqilobining salbiy hususiyatlari haqida so’zlab bering. 
5. www.krugosvet.ru saytidan foydalanib ―Mustafo Kamol – Turkiya 
Respublikasining birinchi prezidenti‖ mavzusida mustaqil ishlang. 
 
1918-1939 YILLARDA ERON VA AFG’ONISTON 
 
Tarixni esga oling ! 

Eron geografik jihatdan juda qulay hududda jaylashgan. Bugungi Eron 
shimolda kavkazorti mamlakatlari, kaspiy dengizi va Turkmaniston bilan, 
sharqda Afg’oniston va Pokiston bilan, g’arbda Turkiya, Iroq va Quvayt bilan 
chegaradosh. Janubda esa fors qo’ltig’iga tutash. 

Eron hududida tashkil topgan ilk davlatlardan biri Elamdir (mil. avv. 3 ming 
yillik). Mil. avv. 7-asrda Eronning shimoli-g’arbida Midiya davlati tashkil 
topdi. Mil. avv. 6-asrda Erondagi parsua qabilasining Ahamon urug’i 
Ahamoniylar davlatiga asos solishdi. Mil. avv. 4-asrda bu davlat yunon-
Kamolchilik 
inqilobining salbiy 
hususiyatlari 
 


- 103 - 
makedon davlati tomonidan bosib olindi. Yunon-makedonlar davlati 
zaiflashgach, mil. avv. 3-asrda Eron Parfiya davlatiga qo’shib olindi. Milodiy 
3-asrning birinchi yarimida Eron hududida Sosoniylar davlati tashkil topdi.

11-12 asrlarda Eron hududi saljuqiy turklar tomonidan ishg’ol etildi. 1502-
1722 yillarda Eron Safaviylar sulolasi boshqaruvida edi. 1722-yilda Safaviylar 
sulolasi ag’darildi. 

1736-yilda afg’on qabilasidan bo’lgan Nodirqul Eron taxtini egalladi. 
Nodirshoh vafotidan so’ng mamlakatda taj-taxt uchun kurashlar avj oldi. 
Nihoyat 1794-yilda hojar qabilasining yo’lboshchisi Og’a Muhammad 
hokimiyatni qo’lga oldi. Hojarlar sulolasi Eronni 1925-yilgacha boshqarishdi. 
 
O’rganayotgan davrimizda Eron amalda Buyuk Britaniya 
va podsho Rossiyasining yarim mustamlakasi edi. Sovet 
davlati 1917-yilning 3-dekabrida podsho hukumatining 
Eronga majburan qabul qildirgan shartnomalaridan voz kechdi. Rus qo'shinJari 
evakuatsiya qilindi. Buyuk Britaniya esa 1918-yilning boshlarida Eronni butunlay 
ishg'ol etishga kirishdi. Inglizlarni birinchi navbatda Eron nefti va O'rta Osiyo paxtasi 
qiziqtirardi. Bundan ko'zlangan maqsad Eronni yarim qaram holatda saqlashni davom 
ettirish va milliy-ozodlik harakatlarining Hindistonga tarqalishiga yo'l qo'ymaslik edi. 
Buyuk Britaniya 1919-yilning 9-avgustida Eron hukumatini tengsiz shartnoma 
imzolashga majbur etdi. Vosiq ud-davla bunga qarshilik qilolmadi. Unga ko'ra, armiya, 
moliya, tashqi savdo, yo'l qurilishi nazorati ingliz maslahatchilari qo'liga o'tdi. Biroq 
Eron xalqi yarim mustamlaka holatiga ko'nikmagan, albatta. 1919-yildan mamlakatda 
milliy-ozodlik kurashi boshlandi. Muhammad Xiyoboniy boshchiligida Tabrizda katta 
qo'zg'olon bo'lib o'tdi va hokimiyatni egallab, «Ozodiston»ni tuzdi. Resht shahrida 
G'ilon Sovet respublikasi tuzildi. 
Shunday sharoitda Buyuk Britaniya o'ziga xayrixoh guruhlarning hokimiyatga 
kelishiga harakat qildi. Bunga davlat to'ntarishini uyushtirish yo'li bilan erishdi. 1921-
yil 21 fevral kuni Rizoxon boshchiligidagi harbiylar Tehronda davlat to'ntarishi 
o'tkazdilar. Rizoxon harbiy ishlar vaziri bo'lib qolsada, amalda hokimiyatni o'z qo'liga 
oldi. Yangi hukumat mamlakatdagi siyosiy kayfiyat ta'sirida 1919-yilgi ingliz-eron 
shartnomasini bekor qilishga majbur bo'ldi. Biroq Buyuk Britaniya mavqei saqlanib 
qolindi. Ayni paytda, yangi hukumat 1921-yilning 26-fevralida Sovet Rossiyasi bilan 
ham shartnoma imzoladi. 
Eron xalqining 1919- 1922-yillardagi milliy-ozodlik harakati izsiz ketgani yo'q. 
Buning natijasida Buyuk Britaniya Erondan o'z armiyasini olib ketishga majbur bo'ldi. 
Eron armiyasi va moliya tizimida ingliz maslahatchilarining ishlashi taqiqlandi. Biroq 
inglizlar o'z ta'sirini saqlab qolaverdi. Lekin 1922-yildan boshlab Eron AQSH bilan 
yaqinlasha boshladi. 5 ta viloyatda neft qazish ishlarini ijaraga berdi. Lekin ko'p o'tmay 
bekor qilindi. Chunki ingliz-eron neft kompaniyasida ularning ta'siri kuchli edi. 
1920- 1922-yillarda mamlakatda markaziy hokimiyatni kuchaytirish borasida 
jiddiy o'zgarishlar amalga oshirildi. Chunonchi, separatchi kuchlar qarshiligi bostirildi. 
Turli ko'rinishdagi qurolli kuchlar yagona armiyaga birlashtirildi. Bu o'zgarishlar 
Rizoxon nomi bilan bog'liq edi. 1923-yil oktabrida u bosh vazir lavozimini egalladi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling