Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- AFG’ONISTON Tarixni esga oling !
- Yosh afgonlar harakati
Eronning ichki va
tashqi siyosati - 104 - 1925-yilning 31-oktabrida Eron parlamenti (majlis) Hojarlar sulolasi ag'darilganligini va hokimiyat Rizoxonga topshirilganligini e'lon qildi. 12-dekabr kuni esa Rizoxon Eron shohi deb e'lon qilindi. 1929- 1933-yilgi jahon iqtisodiy inqirozi davrida ishlab chiqarish 30- 40 tbizga tushdi, gilam narxi 75 foizga arzonlashdi. Mamlakatda qator islohotlaro'tkazildi. «Xolisa» yerlarni sotishga ruxsat etildi. Pul solig'i joriy etildi. Davlat yerlari ijaraga beriladigan boidi. Dunyoviy maktablar ham ochildi. 1934-yilda Tehron universiteti ochildi. 1935-yilda ayollaming paranjisiz yurishi haqida qonun chiqarildi. Yevropacha turmush tarziga ruxsat etildi. Ayni paytda shoh hokirniyati tobora kuchayib bordi. Parlament huquqi cheklandi. 1933-yilda ingliz-eron neft kompaniyasi bilan yangi shartnoma imzolandi. Unga ko'ra, kompaniyaning davlatga to'laydigan to'lovi miqdori oshirildi. Buning evaziga Kompaniya ijara muddatini 1993-yilgacha uzaytirib oldi. Rizoxon Sovet davlati bilan munosabatlarni tobora cheklab qo'yish siyosatini yuritdi. 30-yillar oxirida Eron va Sovet davlati o'rtasidagi savdo munosabatlari to'xtab qoldi. Ayni paytda Germaniya bilan yaqinlashuv kengaya bordi. Eron tashqi savdosining 40-45 foizi Germaniyaga to'g'ri keldi. Eron strategik jihatdan Germaniya uchun nihoyatda zarur edi. AFG’ONISTON Tarixni esga oling ! Afg’oniston hududida dastlabki milliy mustaqil davlat 1747-yilda vujudga keldi. Bu davlat asoschisi durroniylar qabilasining yo’lboshchisi Ahmadshoh edi. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida inglizlar Afg’onistonni o’z ta’sirlariga olish uchun astoydil harakat qildilar. Bu esa bir necha marta ingliz afg’on urushiga sabab bo’ldi. 19-asrning ikkinchi yarimida Afg’oniston Rossiya bilan Angliya o’rtasida bahsga sabab bo’lgan mamlakat bo’lib qoldi. Birinchi jahon urushi oxirida Afg'oniston mustaqil davlat hisoblansada, amalda Buyuk Britaniyaga qaram davlat edi. Mamlakat hukmdori amir Habibullaxon inglizlar tayanchi edi. Mamlakatda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tartiblarga qarshi kuchlar ham vujudga keldi. Bu kuch «Yosh afg'onlar harakati» deb atalgan. Ularning maqsadi davlat mustaqilligiga erishish va erkin tadbirkorlik munosabatlarini qaror toptirish edi. Ana shunday sharoitda, 1919-yilning fevralida saroy fitnasi uyushtirildi. Uning natijasida amir Habibullaxon o'ldirildi. Taxtni Habibullaxonning o'g'li Omonullaxon egaladi. U yosh afg'onlar harakati bilan mahkam bog'langan edi. 1919-yilning 28-fevralida Omonullaxon Afg'onistonni mustaqil davlat deb e'lon qildi. Sovet Rossiyasi o'z janubiy chegaralarida Buyuk Britaniyaning mustahkamlanib olishini va uning Afg'oniston bilan birga Turkistondagi milliy-ozodlik kurashi tayanchi bo'lib qolishini istamas edi. Shuning uchun ham Afg'onistonning davlat mustaqilligini birinchi bo'lib Sovet Rossiyasi tan oldi. Ayni paytda, Afg'onistonga zarur bo'lib qolsa, Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling