Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   114

partiyasining umrbod raisligiga saylandi va unga Otaturk, ya'ni Turklar otasi faxriy 
unvoni berildi. Kamolchilik inqilobidagi shaxs kulti shu bilan izohlanadiki, bunday 
inqiloblarning harakatlantiruvchi kuchi aholining turli guruhlari -ishchi-dehqonlardan 
tadbirkorlar, yirik savdogarlar, ziyolilar va yuqori amaldorlargacha bo'ladi. Binobarin, 
ularni faqat millat yo'lboshchisi sifatida hamma tan olgan shaxs birlashtirishi mumkin. 
Bu yo'lboshchiga katta ustunliklar beradi-u demokratik atributlardan 
foydalangan holda islohotlar o'tkazishga go'yo butun xalqdan sanksiya oladi. Buni 
kamolchilik inqilobining eng diqqatga sazovor xususiyati deyish mumkin. 
Mustaqillikning e’lon 
qilinishi. Inqilobning 
o’ziga xos hususiyatlari 
 


- 102 - 
Shu bilan birga kamolchilik inqilobi qator salbiy 
xususiyatlarga ham ega edi. Avvalo, davlat 
hokimiyati shovinistik mazmun kasb etgani holda 
Turkiyaning barcha fuqarolari, dini va millatidan 
qat'i nazar, turklar ekanligini e'lon qildi. Bunday shovinizm hukumat qattiq tazyiqqa 
olgan kurd aholisini chiqishlarga undadi. Boshqa tomondan, kamolchilik hukumati 
dehqonlarning taqdiriga mutlaqo befarqlik bilan qarardi va ularga yer berilishi uchun 
hech narsa qilmadi. Hukumat kurdlarning va dehqonlarning barcha chiqishlarini 
shafqatsizlik bilan bostirdi, mavjud hamda patensial muxolifat vakillari o'rtasida ko'p 
sonli qamashlar o'tkazildi. Shu tariqa kamolchilik inqilobi asta-sekin o'z xalqiga qarshi 
repressiyalar yo'liga tushib qoldi. Kurdlar va dehqonlar harakati doimiy muammoga 
aylanib, Mustafo Kamol hukumati vaqti-vaqti bilan ularning chiqishlarini bostirishga 
intilib, haqiqiy urushlar boshlardi. 
Otaturk 1938-yili 57-yoshida vafot etdi. Uning ichki va tashqi siyosatini Ismet 
Inenyu davom ettirdi. U ham XRP ning umrbod raisligiga saylangan edi. U 1950-
yilning mayiga qadar mamlakat prezidenti, 1961-yil noyabridan to 1965-yilgacha Bosh 
vazir bo'lgan. Ismet Inenyu prezidentligi davrida Turkiya fashistlar Germaniyasi bilan 
ancha yaqinlashdi. Mamlakat islohotlardan tobora uzoqlashgan holda harbiylashish 
yo'liga o'tdi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan birmuncha oldin Turkiya Germaniya 
bilan do'stlik to'g'risida shartnoma imzoladi. Garchi urush davrida Turkiya betaraflik 
e'lon qilgan bo'lsada, u Germaniyaga xrom va boshqa qimmatli xom ashyolarni 
yetkazib bergan, bo'g'ozlar orqali Qora dengizga fashistlar harbiy kemalarini o'tkazgan, 
o'z hududidan fashistlar josuslariga panoh bergan edi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling