Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   114
1919-yil 13-aprelda Amritsar shahrida (Panjob poytaxti) ingliz qo'shinlari 
taniqli siyosiy arboblarning, HMK faol rahbarlarining shahardan chiqarib yuborilishiga 
qarshi norozilik mitingini o'qqa tutdilar. Maydonda 20 ming kishi to'plangan edi. 
Qo'shinlar qurolsiz kishilarga qarata o'q ota boshlashdi. Mingdan ziyod kishi o'ldirildi, 
ikki mingdan ko'prog'i yaralandi. Hind xalqi ommaviy chiqishlar, namoyishlar, ish 
tashlashlar bilan javob qaytardi, hamma joyda politsiya bilan to'qnashuvlar yuz bera 
boshladi. Mamlakat fuqarolar urushi yoqasiga kelib qoldi. Biroq HMK boshlangan 
ommaviy harakatni qo'llab-quvvatlamadi. Partiyada kurashning kuch ishlatish 
shakllarini inkor etib, faqat tinch, zo'rliksiz shakllariga yo'l qo'yadigan gandicha 
mafkura g'alaba qozondi. Kurashning bu shaklini Gandi satiyagraxa - «qat'iylik 
haqiqatda» deb nomladi. Shuni ta’kidlab o’tmoq kerakki, M. K. Gandi Hindiston 
mustaqilligi uchun kurashgan vatanparvar sifatida nafaqat Hindistonda, balki butun 


- 98 - 
dunyoda hurmatga sazovar shaxsdir. Biz Hindistonning bu davr tarixini Gandining 
tarjimai holi misolida yorotishga harakat qildik. 
Gandi, Mohandas Karamchand (Gandhi,Mohandas Karamchand) (1868-1948 
y.y.) Mustaqil Hindiston davlatining asoschisi. 1869-yil 2 oktyabrda Porbandar 
(Gujarot shtati)da dunyoga kelgan. 7 yoshidayoq unashtirilgan Gandi 13 yoshida 
Kasturbay Mananjiga uylanadi. 
Gandi Hindistonda ta‟lim olgach, 1888-yil Angliyaga jo‟nab ketadi va “Inner 
templ”da huquqni o‟rganadi.1891-yil Hindistonga qaytgach huquq bilan shug‟ullana 
boshlaydi. Tez orada Gandi advokat va siyosiy arbob sifatida taniladi. 
Uning tashabbusi bilan 1894-yil Natalda Hindiston Milliy Kongressi (HMK) 
tashkil etiladi. Gandi 1904-yildan boshlab “Hindiston ovozi” haftalik gazetasini chop 
eta boshlaydi. Ayni paytda u Hindistonning ozodligi uchun kurash boshlaydi. U 
mustaqillik uchun zo‟rliksiz va tinch yo‟l bilan kurashish dasturini e‟lon qiladi va uni 
“satyagraxa” (“qat'iylik haqiqatda”) deb nomlaydi. Bu harakatlari tufayli Gandi tez-
tez xibsga olinar edi. 1918-yil birinchi bor Gandi boshchiligida “ochlik” kompaniyasi 
boshlanadi. 
1919-yil inglizlar yangi, hindlarning huquqlarini 
cheklaydigan “Rouletta qonuni”ni e‟lon qiladi. Bunga 
javoban Gandi umumhindiston satyagraxasini boshlab 
yuboradi, minglab hindlar nomoyishga otlanishadi, 
ko‟chalarda tartibsizliklar yuz beradi. Inglizlar 
Amritsardagi tartibsizliklarga chek qo‟yish maqsadida 
qurol kuchidan foydalanishdi, bir qancha odamlar 
shavqatsiz qirib tashlanadi (379 kishi). 1920-yilda 
Gandi ikkinchi umumhindiston satyagraxasini boshlaydi 
va 1922-yil xibsga olinadi hamda olti yil qamoq 
jazosiga hukm qilinadi (1924-yil ozod etiladi) . 
1930-yilda Gandi tuz solig‟ining ko‟tarilishiga 
qarshi chiqadi. 1930-yil 12-martda u bir guruh 
izdoshlari bilan Arabiston dengizi sohiliga yo'l oldi va 
bu yerda ingliz tuz kompaniyasiga bo'ysunmaslik belgisi 
sifatida tuz pishira boshladi. Gandi sheriklari bilan 
birga qamoqqa olindi, Kongressning boshqa rahbarlari, 
shu jumladan, J. Neru ham xibsga olindi. Umuman 60 mingdan ziyod kishi qamaldi. 
Milliy kongress qonundan tashqari deb e'lon qilindi. 
1931-yili Londonda «doira stoli» konferensiyasi ochildi va bunda Angliya 
vakillari kastalar va diniy guruhlar (hindparastlar va musulmonlar) o'rtasiga nifoq 
solishga urinishdi. «Doira stoli» ishining to'liq befoyda ekanligiga ishonch hosil qilgan 
Gandi Hindistonga qaytdi va 1931-yil dekabrida ikkinchi fuqarolar bo'ysunmasligi 
kompaniyasini boshladi. Gandi va Kongress sessiyasining barcha qatnashchilari yana 
qamoqqa olindilar. 
1936-yil Gandi o‟zi qarorgohini Sevagram (markaziy Hindiston) ga ko‟chiradi 
va “Harijan”(“Hudo farzandlari”) haftalik gazetasini nashr eta boshlaydi. Tez orada 
rafiqasi bilan birgalikda xibsga olinib, Punaga qamoqqa jo‟natiladi. 1943-yil fevral 
M. K. Gandi 


- 99 - 
oyida Gandi 21 kunlik ochlik e‟lon qiladi. Bir yil o‟tgach uning rafiqasi qamoqda 
olamdan o‟tadi. 1944-yil may oyida, hindlar va musulmonlar o‟rtasida nizolar 
boshlangan bir paytda Gandi ozod qilinadi. U tartibsizlikni to‟xtatish maqsadida 1944-
yilning noyabrida Sharqiy Bengaliya va Biharni piyoda aylanib chiqadi. 1947-yil 15-
avgustda Hindiston eng nozik belgi – diniy belgiga ko‟ra ikkiga – Hindiston va 
Pokistonga bo‟linadi. 
Gandi 1948-yil 30-yanvarda ibodatga ketayotganida hind aqidaparastlari 
tamonidan o‟ldiriladi. 
Gandi 80 tomdan iborat asarlar muallifidir. “Mening hayotim” (The Story of 
My Experiments with Truth, 1927) avtobiografik asari, “Yosh Hindiston”(“Young 
India”) kabilar shular jumlasidandir. 
 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling