Tarix o’tmishning ko’zgusi
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy-ozodlik urushi
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.
1. Birinchi jahon urushining Xitoyga ta’siri haqida nimalarni bilib oldingiz? 2. Sun Yatsenning Xitoy xalqi uchun qilgan xizmatlari nimalardan iborat? 3. Chan Kayshining hokimyatni qo’lga kiritishida qaysi G’arb davlatlari ko’mak berdi? 4. Xitoy halqining yapon bosqinchilariga qarshi milliy-ozodlik urushi natijalari haqida so’zlab bering. 5. ―Gomindanning XKP bilan kurashi‖ mavzusida mustaqil ishlang. 1918-1939-YILLARDA HINDISTON Tarixni esga oling ! Hindiston Janubiy Osiyodagi yirik davlatlardan biridir. Bu hududdagi dastlabki davlatlar Hind daryosi va uning irmog’i bo’lgan Panjob vodiysida vujudga keldi. Bu hududda miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklarda Moxenjadaro va Xarappa madaniyatlari ravnaq topdi. Olimlarning fikricha Moxenjadaro va Xarappa Hindistonda paydo bo’lgan ilk davlatlardandir. Milliy-ozodlik urushi - 97 - Miloddan avvalgi 6-asrda Hind daryosi bo’ylarida Magadxa, Koshala va Malla kabi 20 dan ziyod davlatchalar mavjud edi. Bu davlatlar ichida dastlab Magadxa kuchayib, atrofdagi davlatlarni bo’ysundiradi. Miloddan avvalgi 345-yilda oddiy tabaqadan chiqqan Ugrasen Nand Magadxani bosib olib, Nand davlatiga asos soldi. Miloddan avvalgi 327-yildan Hindistonda yunonlar (Aleksandr Makedonskiy) bosqini boshlandi va Hindiston yunonlar tomonidan bosib olindi. A. Makedonskiy vafotidan so’ng yunonlar Hindistondan quvib chiqarildi va Chandragupta tomonidan Mauriylar davlatiga asos solindi. Mauriylardan so’ng Hindistonda Kushonlar (O’rta Osiyoda paydo bo’lgan davlat) hukmronlik qilishdi. Milodiy 4-asrning birinchi yarimida Hindistonda Guptalar davlatiga asos solindi. 11-asrda Hindistonning shimoliy qismi G’aznaviylar tomonidan bosib olindi. 13-asrning boshlarida G’aznaviylardan mustaqil bo’lgan Dehli sultonligi tashkil topdi. 1398-1399 yillarda Amir Temur Dehli sultonligini bosib olib, Hindistonni zabt etdi. Dehli sultonligi mayda knayzliklarga bo’linib ketdi. 1414-1451 yillarda Hindistonda sayidlar sulolasi hukmronlik qildi. Keyinchalik Dehli shimolidagi afg’on qabilalari Bahlul Lodi (1451-1489 yillar) boshchiligida sayidlarni hokimiyatdan chetlatdilar. O’rta Osiyodan borgan Bobur Mirzo qo’shinlari Bahlul Lodining o’q’li Ibrohim Lodi(1489- 1526 yillar)ga qarshi urush olib borgan va Hindistonni zabt etib, Boburiylar sulolasiga asos soldi. 18-asrning oxiri va 19-asrninng birinchi yarimida Hindistonda inglizlar ta’siri kuchaydi. Inglizlar Hindistonni mustamlakaga aylantirish niyatida faol tashqi siyosat olib bordilar. 19-asrning ikkinchi yarimida Hindiston inglizlar tomonidan to’liq bosib olindi. Birinchi jahon urushidan keyingi yillarda ham Hindiston inglizlar mustamlakasi edi. Hindistonning mustaqilligi uchun kurashuvchi Hind milliy kongressi (HMK) hind xalqi orasida katta obro' -e'tiborga ega, xalqning o'zi ham zolimlarga qarshi yangidan kurash boshlashga shay edi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling