Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Afg’onistonning ichki
va tashqi siyosati - 105 - harbiy yordam berishini ham ma'lum qildi. 1921-yilda sovet-afg'on shartnomasi imzolandi. Buyuk Britaniya Afg'oniston davlatining mustaqil siyosat yuritishiga aslo chiday olmadi. Afg'onistonni itoatkor davlatga aylantirish maqsadida 1919-yilning 3-mayida unga hujum qildi, shu tariqa uchinchi ingliz-afg'on urushi boshlandi. Inglizlar 300 ming qo'shin bilan hujum boshladi. Afg'on armiyasi 60 ming kishi edi. Lekin 200 mingdan ortiq jangchisi bo'lgan afg'on qabilalari chegara bo'ylab joylashgan edi. Shu sababli ingliz armiyasining hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. 8-avgust kuni Ravalpindi shahrida ingliz-afg'on shartnomasi imzolandi. Bu voqea mustaqil Afg'on davlatining tan olinishini ham anglatar edi. Lekin 3 mln. aholini o'z ichiga olgan afg'on qabilalari hamon Hindiston hisobida qoldi. Omonullaxon markaziy hokimiyatni mustahkamladi. Bu o'rinda 1923-yilda qabul qilingan Afg'oniston davlatining birinchi Konstitutsiyasi muhim rol o'ynadi. Qabila boshliqlari hokimiyati cheklab qo'yildi va ular davlat soliqlarini yig'ish huquqidan mahrum etildi. Ruhoniylarning sud va ta'lim tizimidagi mavqei ma'lum darajada cheklab qo'yildi. Yosh afg'onlar hukumati milliy sanoatni rivojlantirishga alohida e'tibor berdi. Chet el mollariga boj ko'paytirildi. 1923-yilda yerga xususiy mulkchilikni joriy etish to'g'risida qonun qabul qilindi. Dunyoviy o'quv yurtlari kengaytirildi. Xotin-qizlar gimnaziyasi ochildi. Nikoh haqida qonun qabul qilindi. Ko'p xotinlilik cheklandi. Yer solig'i natural emas, pul bilan olinadigan bo'ldi. Bu ijobiy o'zgarishlar, tabiiyki, aholi kambag'al qismining turmush darajasiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Natijada aholining bu qatla'mi orasida hukumat siyosatidan norozilik vujudga keldi. Yosh afg'onlar hukumatiga qarshi hukmron tabaqalar bundan o'z maqsadlari yoMida foydalandilar. 1924-yilda Xostda reaksion g'alayon ko'tarildi. Podshohni «dindan qaytgan» deb e'lon qilindi. Xotin-qizlar gimnaziyasi yopildi. 1927-yilda Omonullaxon chet el safarida bo'ldi. Misrparlamentiga afg'on qilichini taqdim qilar ekan «mustaqillik jangda qo'lga kiritiladi, sadaqa qilinmaydi», dedi. 1928-yilda safardan qaytgan Omonullaxon umumiy majburiy xizmat joriy etdi. Feodal nishonlarini bekor qildi. Qirolicha Surayyo ochiq yuz bilan delegatlar oldiga chiqdi. Natijada feodallar 1928-yilning kuzida yosh afg'onlar hukumatiga qarshi qo'zg'olon uyushtirishga erishdilar. Buning oqibatida 1929-yilning yanvarida Omonullaxon hukumati ag'darildi. Amirlik taxtini reaksiya tayanchi Bachai Sako egalladi. Yangi hukumat yosh afg'onlar boshlagan islohotlarni bekor qildi. Bu hol Afg'onistonning burjuacha yo'ldan rivojlanishi tarafdori bo'lgan kuchlarning noroziligiga sabab bo'ldi. Bu kuchlar 1929-yilning oktabr oyida general Muhammad Nodir boshchiligida hokimiyatni egalladilar. Bachai Sako taxtdan ag'darildi. Muhammad Nodirshoh markaziy hokimiyatni mustahkamlagani holda mahalliy xonlar va ruhoniylarning qator imtiyozlarini ham tikladi. Chunonchi, ruhoniylar sud ishlari va ta'lim sohasida avvalgi mavqega ega bo'ldilar. Biroq ularning faoliyati davlat nazorati ostiga olindi. 1931-yilda mamlakatning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. U Afg'onistonning mutlaq monarxiyadan konstitutsiyaviy monarxiya davlatiga aylanishi yo'lida yangi qadam bo'ldi. 1933-yilda Nodirshoh vafot etgach, taxtga o'g'li Muhammad Zohirshoh o'tirdi. U otasi kabi ichki siyosatda milliy, iqtisodiyotda bozor munosabatlarini chuqurlashtirish yo'lini tutdi. - 106 - Afg’onistonning tashqi siyosati har doim ham bir maromda bolmadi. Masalan, Omonullaxon davrida shimoliy qo'shni Sovet davlati bilan do'stona munosabat o'rnatilgan bo'lsa, Bachai Sako davrida, aksincha. bu munosabat yomonlashdi. Bunga Afg'onistonning Turkistondagi milliy-ozodlik harakatini qo'llab-quvvatlaganligi sabab bo'ldi. Buyuk Britaniya Afg'onistonda o'z mavqeini kuchaytirishga harakat qildi. Nodirshoh davrida afg'on-sovet munosabatlari yana o'z iziga tusha boshladi. 1931 - yilning 24-iyunida Afg'oniston va Sovet davlati o'rtasida betaraflik va hujum qilmaslik to'g'risida shartnoma imzolandi. Ikkinchi jahon urushi arafasida Germaniya va Italiya Afg'onistonga qiziqish bilan qaray boshladi. Chunki Afg'oniston geografik jihatdan Sovet davlati hamda Germaniya va Italiyaning siyosiy raqiblaridan biri bo'lmish Buyuk Britaniya mustamlakasi Hindistonga yaqin edi. Ular Afg'onistonni betaraflik yo'lidan qaytarishga urindilar. Lekin bunga muvaffaq bo'lolmadilar. Ikkinchi jahon urushi boshlangach, Afg'oniston betarafligi e'lon qilindi. 1941 -yilda esa Buyuk Britaniya va Sovet davlati murojaati bilan Afg'oniston hududidan elchixonalar xodimiaridan tashqari barcha Germaniya va Italiya fuqarolari chiqarib yuborildi. Urush davomida Afg'oniston o'z betarafligini saqlab qoldi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling