Tarix o’tmishning ko’zgusi
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.
1. Birinchi jahon urushining Arab davlatlari uchun oqiubatlari haqida so’zlab bering. 2. Suriyaning mustaqillikka erishishi qanday jarayonda kechdi? 3. ―Iroq vasiyati‖ haqida nimalarni bilasiz va bu jamiyatning Iroq mustaqilligi uchun ahamiyati nimada? 4. Ikki jahon urushi oralig’ida Buyuk Britaniyaning Misrdagi agressiyasi haqida so’zlab bering. 5. «Saylangan musulmonlar federatsiyasi», «Jazoir ulamolari ittifoqi» va «Yosh jazoirlik» partiyasi haqida nimalarni bilasiz? - 118 - 6. Iki jahon urushi oralig’ida Marokash mustaqilligi uchun kurashgan vatanparvarlar haqida so’zlab bering. 7. Tunisdagi ―Dastur‖ partiyasi haqida so’z yuriting. 1918-1939 YILLARDA TROPIK VA JANUBIY AFRIKA DAVLATLARI Tropik Afrika deganda Afrikaning shimoli va janubi orasidagi o'lka hudud tushuniladi. XVII—XIX asrlar davomida bu hudud Yevropa davlatlari tomonidan bosib olingan. Chunonchi, Dagomeya, Kamerun, Senegal, Mali, Ruanda, Somali, Togo, Markaziy Afrika Respublikasi, Gvineya, Gabon, Chad, Kongo, Niger, Mavritaniya, Madagaskar va boshqalar Fransiya mustamlakalari edi. Buyuk Britaniya esa Gana, Malavi, Nyasalend, Uganda, Sudan, Keniya, Nigeriya, Serra-Leone, Gambiyaga egalik qilardi. Yevropaning biroz rivojlangan kichik davlatlari ham mustamlakalardan quruq qolmagan. Masalan, Belgiya hozirgi Zair hududiga (Belgiya Kongosi deb atalardi) egalik qilgan. Portugaliya esa Angola, Mozambik, Gviniya-Bisauni bosib olgan edi. Italiya Eriteriya hamda Somalining bir qismiga, Ispaniya esa Ekvatorial Gvineya hamda Ispan Saxarasiga egalik qildi. Janubiy Afrika davlatlariga bugungi Janubiy Afrika Respublikasi, Zimbabve, Zambiya, Namibiya, Botsvana, Lesoto, Svazilend kabi davlatlar kiradi. Ularning barchasiga Buyuk Britaniya egalik qilgan. Afrikada bosib olinmagan rasmiy mustaqil ikki davlat qolgan edi, xolos. Bular -Efiopiya va Liberiya davlatlari edi. Urushdan so'ng Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari Buyuk Britaniya, Fransiya, Portugaliya va Belgiya o'rtasida taqsimlandi. Ko'pchiligi asosan Buyuk Britaniya va Fransiya mandati nazoratiga berilgan. 1919-yil Parij sulh konferensiyasi qarorlariga muvofiq Millatiar Ittifoqi mandatli nazoratga berilgan hududlar uch kategoriyaga bo'lindi (A,B,C).Uning muallifi Janubiy Afrika Ittifoqi Bosh vaziri Yan Smets edi. «A» kategoriyaga nisbatan rivojlangan davlatlar kiritilgan (Suriya, Livan, Falastin, Iordaniya va Iroq). Afrikaning birorta davlati bu kategoriyaga kiritilmagan. «B» kategoriyaga Germaniyaning Afrikadagi sobiq mustamlakalari (Janubi- g'arbiy Afrikadan tashqari) kiritilgan. Bu kategoriyaga kiritilgan hududlarni boshqarish mandatiga ega bo'lgan davlatlar oldiga qator shartlar qo'yilgan: jumladan, qul, qurol, spirtli ichimlik savdosiga yo'l qo'ymaslik; vijdon va din erkinligini kafolatlash, jamiyat va axloqiy tartibni saqlash. «C» kategoriyasiga eng qoloq hududlar kiritilgan. Ularni mandat berilgan davlat o'z qonunlari asosida boshqarish huquqiga ega bo'lgan. Shu tariqa Afrika hamon amalda mustamlaka holatida qolaverdi. Uni qoloqlik chulg'ab olgan edi. Milliy daromadning 90 foizi eng sodda mehnat qurollari qo'llaniluvchi qishloq xo'jaligidan kelardi. Turmush darajasi dunyoda eng past qit'a edi. Ochlik, qashshoqlik va kasallik afrikaliklarning kundalik qismati edi. Afrikaning mahalliy aholisi har jihatdan kamsitilgan edi. Uning behisob tabiiy boyliklari esa mustamlakachi davlatlar Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling