Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   114
Birinchi jahon 
urushidan keyingi 
Afrikaning siyosiy 
xaritasi 
 


- 119 - 
manfaatlariga xizmat qilar edi. Bu davrga kelib «Britaniya imperiyasi otasi» Sesil 
Rodsning Qohiradan Keyptaungacha yerlarni egallash haqidagi orzusi ushaldi. 
Afrika xalqining haq-huquqlari uchun kurashi Panafrika 
harakati deb atalgan harakatni vujudga keltirdi. Bu 
harakatning tashabbuskori advokat G. Silvestr Uilyam edi. 
Harakat negr xalqining manfaatlarini himoya qilish 
maqsadida tuzildi. Uning kongresslarini tay-yorlash va 
o'tkazishda doktor Uilyam Dyubua katta jasorat ko'rsatdi. U dunyoda o'zining 
negrafrika tarixiga oid asarlari bilan mashhur edi. Harakatning 1 kongressi 1919-yilda 
Parij shahrida chaqirildi. Unda 15 davlat (shu jumladan 9 ta Afrika davlati) vakillari 
qatnashdi. Uning Afrika davlatini tuzish loyihasi bor edi.
Kongress Parij konferensiyasini afrikaliklar manfaatini himoya qilishga 
qaratilgan xalqaro kodeksni ishlab chiqishga chaqirdi. Kongress takliflda yer va uning 
boyliklari afrikaliklar manfaati uchun xizmat qilishi; chet el investitsiyasi Afrikani 
xonavayron qilmasligi; qulchilik, majburiy mehnatning va tan jazosining bekor 
qilinishi; koloniyadagi bolalarga jamoat hisobidan ta'lim berilishi; yerli aholiga oliy va 
o'rta ma'lumot olish uchun sharoit yaratilishi kabilar ilgari surilgan edi. Bundan 
tashqari, mahalliy aholi vakillariga boshqaruv organlarida ishtirok etish huquqi 
berilishi ham qayd etilgan edi. Shuningdek, Kongress Germaniya mustamlakalarining 
alohida davlatlar nazoratiga emas, xalqaro tashkilot nazoratiga berilishini so'ragan. Bu 
davrda Panafrika harakatining avj olishiga garvizm ham sabab bo'ldi. Amerikalik negr 
Markus Garvi 1920-yilda «Orqaga, Afrikaga!» shiori bilan chiqdi va o'zini Afrikaning 
birinchi imperatori deb e'lon qildi. 
Ikkinchi jahon urushigacha yana 3 ta Kongress o'tkazildi. Kongress ilgari surgan 
g'oyalar keyinchalik milliy-ozodlik harakatining kuchayishida ma'lum darajada ijobiy 
ahamiyatga ega bo'ldi. Yillar o'tishi bilan Afrika davlatlarida ham milliy burjuaziya va 
ziyolilar shakllandi. Afrika xalqlari ozodlik uchun kurashdilar. Ular siyosiy partiyalar 
tuzilguniga qadar kurashning o'ziga xos shakllaridan, jumladan mustamlakachilikka 
qarshi kurashda xristian dinining millatparvarlik g'oyalaridan foydalandilar. 
Mustamlakachilarni ana shu g'oyalarga amal qilishga chaqirdilar. Vaqtli matbuot 
ziyolilar uchun o'z fikrlarini vatandoshlariga yetkazish vositasi bo'lib xizmat qildi. 
Ba'zi davlatlarda aholining mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan kichik-kichik 
uyushmalari tuzildi. Ular mustamlakachi ma'murlar oldida mahalliy aholi manfaatlarini 
himoya qildilar. Afrikada siyosiy partiyalar ichida yirigi 1912-yilda Janubiy Afrika 
Ittifoqida tashkil topgan Afrika Milliy Kongressi edi. 
20-yillarda mustamlakalar rivojlangan davlatlarning xomashyo bazasiga aylanib 
qoldi. Harbir mamlakat asta-sekin ixtisoslasha boshladi. Tropik va Janubiy Afrika 
dunyodagi olmosning 97 foizini, kobaltning 92 foizini, oltinning 40 foizini, platinaning 
uchdan bir qismini berar edi. Talonchilik avj oldi. Mustamlakalarda assimilatsiya 
kuchaytirildi. Tub joy aholisining ahvoli og'irlashdi. Aparteid va segregatsiya avj oldi. 
Ayniqsa, Janubiy Afrika Ittifoqida bu narsa yaqqol ko'rindi. Afrikaliklar uchun 
ajratilgan yerlar (rezervatlar) mamlakatning 12 foizini tashkil qilib, bu yerlar qishloq 
xo'jaligi uchun juda noqulay edi. Rezervatlarda aholining zich yashashi va yer kamligi 
ularni boshqa yerlarga borib ishlashga majbur qilardi. Bundan tashqari «uy solig'i» 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling