Tarix o’tmishning ko’zgusi
Ikkinchi jahon urushining
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Ikkinchi jahon urushining
boshlanishi: G’arbiy frontdagi ahvol. Sovet davlati hududining yanada kengayishi. - 122 - Polsha bilan band bo'lib qolgan paytda bunday imkoniyat bor edi. Buyuk Britaniya va Fransiyaning bu pozitsiyasi 1940-yilning bahorigacha davom etdi. Ularning faolsizligi urush tarixiga «g'alati urush» nomi bilan kirdi. Buyuk Britaniya va Fransiya o'zlarining qudratli harbiy-dengiz flotlari kuchi bilan Germaniyani blokada iskanjasiga olishni rejalashtirgan edilar. Ayni paytda ular Fransiya - Germaniya chegarasida Fransiya bunyod etgan kuchli mudofaa inshootlari Germaniyaning g'arbga hujumga o'tishiga yo'l qo'ymaydi, bordi-yu hujumga o'tganda ham, uni yorib o'ta olmaydi, deb ishondilar. Bu orada Sovet qo'shinlari Finlandiya armiyasini mag'lubiyatga uchratdi. 1940- yil 12-martda sovet-fin tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga ko'ra, Kareliya bo'g'ozi Viborg shahri bilan birgalikda Sovet davlatiga o'tdi. Aprel oyida Germaniya armiyasi G'arbiy frontda hujumga o'tdi. 9-aprel kuni Daniya va Norvegiya bosib olindi. 14-may kuni Golfandiya, 28-may kuni esa Belgiya taslim bo'Idi. Shimoliy Fransiyada joylashgan ingliz-fransuz harbiy qismlari qurshovga tushib qoldi. Biroq ularning katta qismt ko'p talafotlar bilan Buyuk Britaniyaga o'tib ketishga muvaffaq bo'Idi. O'z ittifoqchisi Germaniyaning birin-ketin zafarli g'alabalaridan ruhlangan Italiya 10-iyun kuni Fransiya va Buyuk Britaniyaga qarshi urushga kirdi. Qisqa muddat ichida Fransiya qo'shinining katta qismi tor-mor etildi. 14-iyunda nemislar Parijni egalladi. 22 iyun kuni Kompen o'rmonida Germaniya va Fransiya o'rtasida yarash bitimi imzolandi. 25-iyun kuni shunday yarash bitimi Italiya bilan Fransiya o'rtasida ham imzolandi. Bu bitimlarga, ko'ra Fransiya harbiy harakatlarni to'xtatdi. Armiya va flotni qurolsizlantirdi. Pol Reyno hukumati iste'fo berdi. Germaniya Fransiya hududining uchdan ikki qismini okkupatsiya qildi. Parij shahri ham okkupatsiya hududi tarkibida edi. Okkupatsiya qilinmagan hududda marshal Peten boshchiligida qo'g'irchoq hukumat tuzildi va uncha katta bo'lmagan Vishi shahrida joylashdi hamda Peten hukumati Germaniya bilan hamkorlik qilish majburiyatini oldi. Dastlab Fransiyaning barcha yirik siyosiy arboblari va mustamlakalardagi ma'muriyatlar Peten hukumatini tan olishdi. Faqat u davrda hali mashhur bo'lmagan general de Goll yarash bitimini ham, Peten hukumatini ham tan olmadi. U Buyuk Britaniyaga jo'nab ketdi. U yerda «Erkin Fransiya» harakatini tuzdi va barcha vatanparvar kuchlarni Germaniyaga qarshi kurashga chaqirdi. Asosiy raqiblari G'arbiy frontda bandligidan foydalangan Sovet davlati o'z hududini yanada kengaytirishga kirishdi. 1940-yilning 14-16-iyunida Sovet hukumati Boltiqbo'yi respublikalariga ultimatum topshirdi. Unda hukumat tarkibini o'zgartirishga va Sovetlarning qo'shimcha harbiy kuchlarini kiritishga rozilik berish talab etilgan edi. Ular noiloj rozi bo'ldilar. Sovet hukumati shu tariqa Boltiqbo'yini bosib oldi. Boltiqbo'yi respublikalari amalda o'z mustaqilligini yo'qotdilar. Litva, Latviya va Estoniya Sovet respublikalariga aylantirildi va 1940-yilning avgustida bu respublikalar Sovet davlati tarkibiga «qabul qilindi». 26-iyun kuni Sovet davlati Ruminiyadan Bessarabiyani zudlik bilan qaytarishni va Shimoliy Bukovinani berishni talab etdi. Ruminiya bu talablami bajarishga majbur bo'ldi va bu joylarda Moldova Respublikasi tuzildi va hamda Sovet davlati tarkibiga «qabul qilindi». - 123 - Fransiya taslim bo'lgach, Germaniyava Italiyaga qarshi yolg'iz Buyuk Britaniya urush harakatlari olib borardi. Buyuk Britaniya bosh vaziri U. Cherchill Germaniyaga taslim bo'lishdan bosh tortdi. Endi Germaniya harbiy-dengiz floti kuchi bilan Buyuk Britaniyani biryoqli qilishga be! bog'ladi. Biroq buning uddasidan chiqa olmadi. Buyuk Britaniya floti dunyoda eng qudratli flotligicha qolmoqda edi. Germaniya 1940-yil 15-avgustdaharbiy-havo kuchlarini Buyuk Britaniyaga qarshi tashladi («Dengiz sheri» operatsiyasi). Biroq Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlari ham Germaniyanikidan qolishmas edi. Shunday qilib, Germaniya Buyuk Britaniyani mag'lubiyatga uchratishga erisha olmadi. Ayni paytda AQSH Buyuk Britaniyaga yordam bera boshladi. 1941-yilning bahorida AQSH Kongressi Qo'shma Shtatlar hayotiy manfaatlari uchun mudofaasi muhim bo'lgan davlatlarga lend-liz asosida yordam berish haqida qonun qabul qildi. Buyuk Britaniya davlati mudofaasi AQSH hayotiy manfaatlari uchun muhim edi. Italiya 1940-yilning yozida Sharqiy va Shimoliy Afrikadagi dengiz mustamlakalariga qarshi harbiy harakatlar boshladi. Birinchi nishon Somali va Misr bo'ldi. Italiya armiyasi dastlab muvaffaqiyatga erisha boshladi. Biroq 1940- yilning oxiriga kelganda Buyuk Britaniya armiyasi Italiya armiyasi harakatini to'xtata oldi. 1941-yil bahorida Buyuk Britaniya armiyasi Efiopiya Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling