Tarix o’tmishning ko’zgusi


Ikkinchi frontning ochilishi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   114
Ikkinchi frontning ochilishi. 
Sharqiy va Janubi-Sharqiy 
Yevropaning fashizmdan ozod 
etilishi.Qrim konferensiyasi 
 


- 127 - 
AQSH ning birlashgan armiyasiga (G'arbiy front) ham qarshi turishga majbur edi. 
Binobarin, uning armiyasi ikkiga bo'linib urushishga majbur etilar edi. Bu esa, 
Germaniyaning buningsiz ham og'ir ahvolini yanada og'irlashtirgan bo'lardi. 
Sovet davlati o'z ittifoqchilari Buyuk Britaniya va AQSH oldiga bunday frontni ochish 
masaiasini 1942-yildayoq qo'ygan edi, biroq ular bu masalani turli sabablar bilan 
orqaga surib keldilar. 
Ammo yolg'iz sovet davlatining o'zi Germaniyani yengishi ma'lum bo'lgach, 
ular bu masalani ortiq orqaga surish mumkin emas, degan qarorga keldilar. Chunki 
ularni Sovet davlatining butun Yevropani fashizmdan ozod etishi, binobarin, butun 
Yevropa Sovetlar nazorati ostiga tushib qolishi mumkinligi istiqboli xavotirga solib 
qo'ydi. 
1943-yilning 27-noyabr 1-dekabr kunlari Eron poytaxti Tehron shahrida 3 
buyuk davlat rahbarlarining ikkinchi front masalasida konferensiyasi bo'lib o'tdi. 
Konferensiyada F. Ruzvelt, I. Stalin va U. Cherchill qatnashdi. Buyuk Britaniya va 
AQSH 1944-yilning yozidan kechiktirmay Yevropada ikkinchi frontni ochishga va'da 
berdilar. Sovet davlati esa Yevropada urush tugagach, Yaponiyaga qarshi urushga 
kirish majburiyatini oldi. 
1944-yilning 6-iyunida Buyuk Britaniya va AQSH ning birlashgan qurolli 
kuchiari AQSH generali Eyzenxauer qo'mondonligida Fransiya hududiga tashlandi. 
Shu tariqa Yevropada ikkinchi front ochildi. 
Bu hodisa Germaniyaning ahvolini yanada tang qilib qo'ydi.Endi Gitlerning 
sanoqli kunlari qolganligi hammaga ayon edi. Germaniya armiyasi orasida Gitlerni 
yo'qotish tarafdorlari paydo bo'ldi. Ular Gitlerni qurbon berib, Germaniyani halokatdan 
saqlab qolmoqchi edilar. Shu maqsadda 1944-yilning 20-iyunida Gitlerga suiqasd 
uyushtirildi. Biroq Gitler omon qoidi va suiqasd ishtirokchilarining barchasi hibsga 
olindi hamda qatl etildi. 1944-yilning 25-avgustida Parij shahri fashistlardan ozod 
etildi. Vishi tartibi quladi. Sentabr oyida Fransiya to'la ozod etildi. Hokimiyat general 
de Goll qo'liga o'tdi. 
1944-yilning yozi va kuzi davomida Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa 
daviatlari fashizmdan to'la ozod etildi. Yevropaning bu qismida Polsha, Yugoslaviya, 
Ruminiya, Bolgariya, Vengriya, Albaniya kabi davlatlar joylashgan edi. Ularning ozod 
bo'lishida Sovetlar armiyasi hal qiluvchi rol o'ynaydi. 
Yevropa davlatlarini ozod etishda sovetlarning jami 3 mln. dan ortiq jangchisi 
halok bo'ldi, mayib-majruh bo'lib qoldi yoki bedarak yo'qoldi. Ular orasida minglab 
o'zbek jangchilari ham bor edi. Birgina Polshani ozod etishda 600 ming sovet jangchisi 
qurbon bo'ldi. Bu davlatlarda xalq demokratik inqiloblari amalga oshirildi va ular xalq 
demokratiyasi daviatlari deb atala boshladi. 
Germaniyani butunlay tor-mor etish va ozod Yevropada birgalikda siyosat 
yuritishni kelishib Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropaning fashizmdan ozod etilishi 
Qrim konferensiyasi 
olish maqsadida Sovet davlati, AQSH va Buyuk Britaniya rahbarlari 1945-
yilning 4-fevralida Qrim viloyatidagi Yalta shahrida to'plandilar. Bu yerdagi Livadiya 
saroyida 4-11-fevral kunlari tarixga Qrim konferensiyasi nomi bilan kirgan xalqaro 
anjuman bo'lib o'tdi. Konferensiyada I. Stalin, U. Cherchill, F. Ruzvelt ishtirok etishdi. 


- 128 - 
Konferensiyada Germaniyani so'zsiz taslim etish, uning qurolli kuchlarini yo'q 
qilish, harbiy jinoyatchilarni jazoga tortish, fashistlar tashkilotlarini, qonunlari va 
tartiblarini yo'q qilish, Germaniyani uning agressiyasiga duchor bo'lgan davlatlarga 
reparatsiya to'lashga majbur etishga kelishib oldilar. «Ozod Yevropa to'g'risidagi 
deklaratsiya» e'lon qilindi. Shuningdek bu maqsadlarni ro'yobga chiqarish uchun 
Germaniyani 3 ta okkupatsion hududga bo'lishga qaror qildilar. 
Konferensiyada Sovet davlatining Yevropada urush tugaganidan keyin 2-3 
oydan so'ng Yaponiyaga qarshi urushga kirishishiga kelishib olindi, Buning evaziga 
Mo'g'uliston Xalq Respublikasining oldingi holati saqlanib qolishi, Janubiy Saxalin va 
Kurill orollari sovetlarga berilishi hamda Xitoyga qarashli Port-Arturda sovetlarning 
harbiy-dengiz bazasi qurilishi lozim edi. Bundan tashqari, Qrim konferensiyasi 
qarorlariga ko'ra, xalqaro tashkilot - Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashkil 
etiladigan bo'ldi. Uning maqsadi dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashdan ibprat 
bo'lishi zarur edi. 
1945-yilning 25-aprelida AQSH ning San-Fransisko shahrida BMT ning Ta'sis 
konferensiyasi ochildi. Uning ishida Germaniyaga qarshi urush e'lon qilgan 42 ta davlat 
delegatsiyasi qatnashdi. Shu tariqa BMT vujudga keldi. 24-oktabr BMT tashkil etilgan 
kundir. Uning qarorgohi Nyu-York shahri deb belgilandi. 
1945-yilning 16-aprel kuni Sovetlar 
armiyasi Berlinni qurshab oldi va ishg'ol 
etishga kirishdi. Shu tariqa Berlin 
operatsiyasi boshlandi. Unga mashhur 
rus sarkardasi G. K. Jukov qo'mondonlik qildi. 25-aprelda Sovet qo'shinlari hujumga 
o'tdi. 3000 ta projektor hujum qiluvchilarning yo'lini yoritib turdi. Projektor nurlari 
dushman jangchilari ko'zini qamashtirib yubordi. Sovet qo'mondonligi niqob sifatida 
tutun tarqatish vositasini qo'lladi. Minglab tank va samolyotlar dahshat solib hujumga 
tashlandi va bular nemis qo'shinini sarosimaga solib qo'ydi. ltaliyada ham fashizm 
keskin zarbaga uchradi. Ko'p joylar fashistlardan ozod qilindi. 29-aprel kuni Italiya 
Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling