Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shimoliy Afrika va Bolqondagi urush harakatlari. Fashistlarning yangi tartibi.
partizanlari bilan birgalikda Italiya armiyasini Somali va Efiopiyadan surib chiqarishga va ayni paytda Liviyaning bir qismini egallashga muvaffaq bo'ldi. 1940-yilning 28-oktabrida Italiya Gretsiyaga hujum qildi. 1941-yilning 6-aprelida Germaniya armiyasi Italiyaga yordamga keldi va natijada 17-aprelda Yugoslaviya, 23-aprelda Gretsiya taslim bo'ldi. Buyuk Britaniya hukumati Gretsiyadagi ingliz korpusini Misrga evakuatsiya qilishga majbur bo'ldi. 1941-yilning yozigacha Germaniya va Italiya Yevropaning 12 davlatini zabt etishga ulgurdilar. Bosib olingan davlatlarda fashistlarning okkupatsiya tartibi o'rnatildi. Fashistlar o'zlarining bu tartibini «yangi tartib» deb atadilar. Yangi tartibga ko'ra, demokratik erkinliklar tugatildi; siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari faoliyati taqiqlandi. Ish tashlash va mitinglar o'tkazish man etildi. Bo'ysunmaganlar o'lim iagerlariga tashlandi. Polsha va Germaniyada tashkil etilgan konsentratsion lagerlar aslida o'lim fabrikalari edi. Fashistlarning jinoyatchi rahbarlari millionlab kishilarni qirib yuborish uchun maxsus rejalarni ishlab chiqdilar. Rejaga ko'ra, o'lim fabrikalarida 11 mln. kishining yostig'ini quritdi. Bosib olingan davlatlar iqtisodiyoti bosqinchilar manfaati uchun mahsulot ishlab chiqara boshladi. Shimoliy Afrika va Bolqondagi urush harakatlari. Fashistlarning yangi tartibi. Nemis qo’shinlari Zagrebga (Xorvatiya) kirishmoqda. 1941-yil aprel - 124 - Biroq «yangi tartib» ijodkorlarining jinoyatlariga befarq qarab turilmadi. Har bir bosib olingan davlatdan Qarshilik ko'rsatish harakati vujudga keldi. Bu harakat a'zolari mumkin bo'lgan barcha vositalar bilan umumiy dushman - fashizmga qarshi kurashdek muqaddas ishga baholi qudrat hissa qo'shdilar. Bu harakatda turli millatlar, turli siyosiy va diniy qarashdagi, turli e'tiqoddagi kishilar - sotsial-demokratlar, kommunistlar, partiyasizlar, ateistlar, xristianlar, musuimonlar, buddistlar va boshqalar qatnashdilar. Buyuk Britaniyani mag'lubiyatga uchratish rejasi barbod bo'Igach, Germaniya endi Sovet davlatini bosib olishga qaror qildi. Bu ikki davlat o'rtasidagi o'zaro hujum qilmaslik to'g'risida shartnoma tub manfaat oldida oddiy bir qog'oz bo'lib qoldi. Berilgan va'da va lafzga xiyonat qilindi. Germaniya allaqachon sovet davlatiga qarshi urush rejasiga ega edi. U tarixga «Barbarossa rejasi» nomi bilan kirgan (Fridrix I Barbarossa davlat yerlarini Sharq hisobiga kengaytirish tashkilotchilaridan biri edi). Germaniya Sovet davlatiga hujum qilish oldidan o'z ittifoqchilari bilan aloqalami yanada mustahkamladi. Shumaqsadda 1940-yilning 27-sentabrida «Uchlar ittifoqi» (Germaniya - Yaponiya - Italiya) shartnomasi tuzildi. Bu shartnoma amalda dunyoni qayta bo'lish shartnomasi edi. Tez orada bu shartnomaga Ruminiya, Vengriya va Bolgariya ham qo'shildi va ular hududiga Germaniya armiyasi joylashtirildi. Har tomonlama puxta hozirlik ko'rgan Germaniya 1941-yilning 22-iyunida erta tongda urush e'lon qilmay Sovet davlatiga hujum qildi. Shu tariqa, Sovet-Germaniya urushi boshlandi (bu urush sovet davri adabiyotlarida «UIug' Vatan urushi» deb talqin etilgan). Germaniya o'z qurolli kuchlarining deyarli 80 foizini sovetlarga qarshi tashladi. Bu front amalda Ikkinchi jahon urushining asosiy frontiga aylandi. Germaniya dastlab Sovet armiyasiga qAQSHatqich zarba bera oldi. Bunga armiyaning 40 mingga yaqin rahbarlar tarkibi repressiya qilinganligi, I. Stalinning Germaniya Buyuk Britaniyaga qarshi urushni tugallamay turib, ikkinchi frontda urush qilolmaydi, degan ishonchi sabab bo'ldi. Shuning uchun ham u armiyani to'la harbiy tayyorgarlik holatiga keltirish haqida buyruq bermagan edi. I. Stalin hatto Sovet razvedkasining aniq ma'lumotlarini ig'vogarlik, deb hisoblagan edi. Sovetlar armiyasi mardlarcha qarshilik ko'rsatib, qadamba-qadam chekinishga majbur bo'ldi, lekin juda katta talafotlar berildi. 1941- yilning qishiga kelib nemis armiyasi Boltiqbo'yi, Moldova, Ukraina, Belorussiyani egalladi, Leningrad shahrini blokada qildi. Moskvaga esa yaqinlashib qolgan edi. Biroq Germaniya o'z maqsadiga erisha olmadi. U 6-7 hafta ichida urushni tugallashni rejalashtirgan edi. 1941-yilning dekabr oyida Sovet armiyasi qarshi hujumga o'tishga muvaffaq bo'ldi. Bu hujum natijasida nemis armiyasi Moskvadan 100-250 km. gacha uzoqlikka uloqtirib tashlandi. Moskva ostonalarida erishilgan g'alaba Germaniyaning yashin tezligidagi urush rejasini barbod qildi. Biroq dushman hali kuchli edi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling