Tarix o’tmishning ko’zgusi


Afrika  xalqlarining o’z


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   114
Afrika 
xalqlarining o’z 
haq-huqulari 
uchun kurashi 
 


- 120 - 
bo'lib, uni to'lash uchun pulni faqat «yevropacha» xo'jalikda ishlab topish mumkin edi. 
Afrikalik kishi oq fermerning yerida unga bir yilda 90 kun ishlab bergandagina 
yashashi mumkin edi. 
Shu bilan birga yevropalik ishchilar bilan afrikalik ishchilar o'rtasida raqobat 
kelib chiqdi. Chunki afrikaliklar arzon ishchi kuchi edi. Bu 1922-yilda 
Vitvatersrandeda qurolli qo'zg'olon kelib chiqishiga sabab bo'ldi. Bosh vazir Yan Smets 
shaxtyorlarga qarshi artilleriya va aviatsiya qismi bo'lgan 18 ming kishilik armiya 
tashladi. 5 kunlik qattiq to'qnashuvda 500 ga yaqin kishi halok bo'ldi va yarador qilindi. 
6000 shaxtyor qamoqqa olindi, 2 tasi o'lim jazosiga hukm qilindi. 
1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi davrida Afrika xalqining ahvoli 
yanada og'irlashdi. Janubiy Afrikada qurg'oqchilik bo'lib, rezervat aholisi ochlikdan, 
kasallikdan qirila boshladi. Ustiga ustak jahon bozorida olmos narxi pasayishi 
natijasida ko'plab olmos konlari bekilib, minglab shaxtyorlar ishsiz qoldilar. 
1933-yilda Janubiy Afrika Ittifoqida koalitsion hukumat tuzildi. General 
M.Gersog Bosh vazir, Ya. Smets esa uning o'rinbosari bo'ldi. Diskriminatsiya 
kuchaydi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Efiopiya, Italiya Somalisi va Eriteriya 
hududida urush harakatlari bo'ldi. 1941-yilda bu yerlarni ingliz qo'shinlari qo'lga oldi. 
Lekin Afrikadan juda ko'p odamlar, jumladan, Senegal o'qchilari urushga olindi. Gitler 
Germaniyasi Janubiy Afrikadagi fashistik tashkilotlarga, bur millatchilariga va u yerda 
yashovchi bir necha o'n ming nemislarga umid bog'lagan edi. Mamlakatda ish 
ko'rayotgan «Sariq ko'ylaklar» fashistik tashkiloti to'g'ridan-to'g'ri Berlindan 
boshqarilar edi. Mudofaa vaziri fashizm tarafdori Pirou armiyani shunday holga keltirib 
qo'ygan ediki, u endi jiddiy harbiy operatsiyalarda ishtirok etishga qodir emas edi. 
Janubiy afrikalik fashistlar, ayniqsa, 1941 -1942-yillarda o'z faoliyatlarini 
kuchaytirdilar. Chunki bu davrda Afrikaning shimolida Germaniyaning «Afrika 
korpusi» hujum boshlagan edi. Mamlakatda keng tarmoqli josuslik yo'lga qo'yilgan 
bo'lib, shaxtalar, temir yo'llar, elektrstansiyalarda portlatishlar o'tkazildi. 
Milliy partiya esa Germaniyaga qarshi urushda ittifoqchilar yengib 
chiqolmaydilar deb, parlamentda urushdan chiqish masalasini qo'ydi. Bu davrda yana 
Bosh vazirlik lavozimini egallagan Yan Smets irqiy segregatsiyadan voz kechish, ya'ni 
afrikalik askarlarni o't ochuvchi qurollar bilan qurollantirish haqida qaror chiqardi. 
Chunki unga afrikaliklardan tayanch kerak edi. Oldin afrikalik askarlarga o't ochuvchi 
qurollar berilmasdi. Ular faqat nayza va cho'qmorlar bilan qurollangan edilar. 
Armiyada 70 ming afrikalik va 40 ming metis askar bo'lib, ular Shimoliy Afrikadagi va 
Yevropadagi harbiy harakatlarda ishtirok etdilar. 
Urush davrida ishlab chiqarish kengaydi. Bronemashina va yirik kalibrli 
minomyotlar ham ishlab chiqarila boshlandi. Ishchi kuchiga bo'lgan talab ortdi. 
Shunday qilib, Janubiy va Tropik Afrika hali Yevropa davlatlariga qaram va oldinda 
milliy-ozodlik harakatining mashaqqatli yo'llari turar edi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling