Tarix o’tmishning ko’zgusi
Partiya jazoirliklar huquqini fransuzlar huquqiga tenglashtirishni, irqiy
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Partiya jazoirliklar huquqini fransuzlar huquqiga tenglashtirishni, irqiy kamsitishni tugatishni, mahalliy aholidan Fransiya parlamentiga deputatlar saylanishiga - 116 - ruxsat etilishini, matbuot va uyushmalarga birlashish kabi erkinliklar berilishini talab etdi. 1927-yilda «Saylangan musulmonlar federatsiyasi» tashkiloti hamda «Jazoir ulamolari ittifoqi» tashkil topdi va mustaqillik uchun kurashdi. 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Jazoir iqtisodiyotiga katta talafot yetkazdi. Bu esa xalqning turmush darajasi yanada yomonlashuviga olib keldi. Buning ustiga to'rt yil davom etgan qurg'oqchilik oqibatida chorva mollarining 80 foizi qirilib ketdi. 1936-yilda Fransiyada hokimiyat tepasiga kelgan Xalq fronti hukumati Haustamlakachilik tartibini yumshatishga qaratilgan qator o'zgarishlarni joriy etdi. Tez orada Jazoir xalqining milliy-ozodlik kurashiga rahbarlik qiluvchi barcha kuchlarning umumjazoir yig'ini - Musulmon Kongressi chaqirildi. Kongress Xalq frontini qo'llab- quvvatlashini ma'lum qildi. Ayni paytda Kongress «Milliy xartiya» deb atalgan hujjat qabul qildi. Bu hujjatda mustamlakachilar joriy etgan, jazoirliklarni tahqirlovchi «yerli aholi kodeksi» ni bekor qilish talab etilgan edi. 1940-yilda Fransiya taslim bo'lgach, Jazoir amalda fashistlarga qaram bo'lib qoldi. Bu hoi milliy burjuaziya orasida bo'linish yuz berishiga olib keldi. Uning bir qismi Germaniya bilan, katta qismi esa Buyuk Britaniya va AQSH bilan hamkorlik qilish tarafdori edi. Biroq bu holat uzoq davom etmadi. 1942-yil noyabrida Shimoliy Afrikaga tashlangan ingliz-amerika qo'shinlari nemis-italyan qo'shinlariga qaqshatqich zarba berdi. Fashist qo'shinlari Jazoirdan ham quvib chiqarildi. Lekin bu hodisa Jazoirni mustamlaka zulmidan ozod etmadi. U Fransiya mustamlakasi bo'lib qolaverdi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling