Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   114
Ichki va tashqi 
siyosatning 
harbiy-
lashtirilishi 
 


- 108 - 
Mitsubisi asosiy rolni o'ynardi. Yapon iqtisodiyotida bu 
ikki moliyaviy gigantning kapitali qatnashmagan biron 
tarmoq yo'q edi. Ular Yaponiyaning yirik banklariga 
ham egalik qilardi. Mazkur yirik kompaniyalar 
iqtisodiyotga sarflangan barcha kapitalning kamida 
chorak qismini tashkil qiluvchi davlat kapitali bilan mustahkam hamkorlikda 
ishlashardi. 
Byurokratik davlat mashinasining butun yuqori qismi dzaybatsular bilan bog'liq 
bo'lib, ularning aksiyalariga egalik qilgani holda dzaybatsular ravnaqidan manfaatdor 
edi. Shu tariqa Yaponiyada bozor munosabatlari rivojlanishi davlat apparatiga bog'liq 
edi va bu hoi unga Yaponiyaning ichki hamda tashqi siyosatida ustivor mavqe 
yaratardi. 
Yaponiya foydali qazilmalarga kambag'al. Qishloq xo'jaligida feodal-
samuraylarning zo'ravonligi Yaponiyaning xom ashyo resurslari va oziq-ovqat 
imkoniyatlarini chegaralar, ichki bozorni toraytirardi. Bu hoi yapon harbiylarini katta 
tashqi siyosiy mojarolarga undab, harbiylar siyosatda rahbar kuchga aylandi. Natijada 
harbiylarning o'ta agressivligi kuchaydi, ularning dzaybatsular tomonidan quvvatlanishi 
esa asta-sekin Yaponiyani harbiylashgan mamlakatga aylantirdi. 
Yaponiya 1894-1895 yillarda Xitoyga, 1904-1905 yillarda Rossiyaga qarshi 
ikkita muvaffaqiyatli urush o'tkazdi. Bu g'alabalar Yaponiyani buyuk davlatlar 
darajasiga chiqardi. Yaponiya Birinchi jahon urushida Antanta tomonidan qatnashdi va 
g'oliblar qatorida bo'ldi. U mukofot tariqasida Shandun yarim oroli, Tinch okeanidagi 
Germaniyaga qarashli Marian, Karolina, Marshal) orollariga mandatni oldi. Ushbu 
orollarning olinishi Yaponiyani Tinch okeani akvatoriyasi markaziga chiqarib, 
AQSHning asosiy harbiy-dengiz bazasi - Gavay orollariga yaqinlashtirdi. 
Imperator, dzaybatsular, samuraylar va yapon generallari Birinchi jahon 
urushidan keyinoq buyuk yapon imperiyasini yaratish rejalarini tuza boshladi. Sovet 
Rossiyasi agressiyaning birinchi qurboni bo'ldi. 1918-yili yapon qo'shinlari sovet 
Rossiyasi hududiga bostirib kirib, Vladivostokni, Primore, Sharqiy Sibir va Shimoliy 
Saxalinni egallab oldi. Butun Sibirni bosib olish rejalashtirilgan edi. Kolchak va 
ataman Semenov qo'shilmalarining tor-mor qilinganligi, shuningdek boshlanib ketgan 
Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling