Tarix o’tmishning ko’zgusi


partizanlik harakati yaponlarni Rossiyadan ketishga majbur qildi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   114

partizanlik harakati yaponlarni Rossiyadan ketishga majbur qildi. 
Biroq yapon harbiylarini to'xtatish endi qiyin bo'lib qolgan edi. Urushni 
boshlashga tayyorlanayotgan, qudratli flot va zamonaviy aviatsiyaga ega ulkan armiya 
tuzilgandi. Yaqinda esa cheksiz inson resurslariga ega ulkan Xitoy, tabiiy resurslarga 
boy Janubi-Sharqiy Osiyo, Britaniya mustamlakalari - Birma, Malayya, Hindiston 
joylashgan edi. 1931-yil sentabrida Yaponiya Xitoyning shimoli-sharqiy 
provinsiyalarini bosib olib, bu yerda Manchjou-Go qo'g'irchoq davlatini barpo etdi. 
Xuddi shu vaqtdan Xitoy bilan faqat 1945-yilda tugallangan uzoq urush boshlandi. 
Yaponiya fashistik davlatlar bilan yaqinlashish yo'lini tanladi. Bu 1940-yili 
agressorlar - Yaponiya, Germaniya va Italiyaning uchyoqlama pakti bilan 
rasmiylashtirildi. Uchyoqlama pakt Germaniyaning raqiblari - AQSH, Angliya va 
Fransiyaga qarshi yo'naltirilgan edi. Germaniya va Italiyadan madad berish va'dasini 
olgan Yaponiya Tinch okeanidagi o'z asosiy raqibini safdan chiqansh uchun AQSHga, 
XX asr boshlarida 
mamlakatning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
ahvol 
 


- 109 - 
mustamlakalarini bosib olish maqsadida Angliyaga qarshi urushga faol tayyorlana 
boshladi. 
Ikki jahon urushi oralig'ida Yaponiyaning rivojlanishi tekis kechmadi. Birinchi 
jahon urushida u Tinch okeani bozoriga o'z eksportini keskin oshirishga erishdi. 
Yaponiyaning chet elga kapital sarfi deyarli besh karra miqdorda ortdi. Butun Xitoy 
tashqi savdosining 50 foizi Yaponiya hissasiga to'g'ri kelardi. Harbiy ta'minot va tashqi 
iqtisodiy ekspansiya sanoat rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Urush yapon 
burjuaziyasini boyitdi. Aksiyadorlik jamiyatlarining kapitali 2,5 barobar ko'paydi. 
Dzaybatsularning yapon siyosatiga ta'siri yanada kuchaydi. «Mitsubisi» konserni 
20-yillarda 120 ta kompaniyani nazorat qilardi va o'z tarkibida temir yo'l, 
elektrotexnika, metallurgiya, kemasozlik, kemachilik kompaniyalariga ega edi. Dastlab 
bankirlik uyi bo'lgan «Yasuda» birlashmasi urush paytida katta miqdordagi sanoat 
korxonalarini sotib oldi. Dzaybatsularning kuchayishiga yondosh ravishda davlatning 
tadbirkorlik faoliyatidagi rolining yanada ortishi jarayoni bordi. Davlat iqtisodiyotga 
katta mablag'larni sarflar va bu mablag'larning barchasi dzaybatsularga berilgandi. 
Imperator (mikado) mamlakatning eng yirik zamindori bo'lgani holda «Mitsui» va 
«Mitsubisi» konsernlarining ham yirik aksiyadori edi. Yaponiya 20-yillarda yirik jahon 
davlatiga aylandi. 
Lekin Yaponiya iqtisodiyotida hamma narsa joyida emas edi. Avvalo, 20-30-
yillarda qishloq xo'jaligi og'ir inqirozni boshidan kechirdi. Qishloqda pomeshchik-
samuraylarning hukmronligi dehqonlar mehnati samara dorligining pasayishiga olib 
keldi. Konsernlarning qudratli byurokratik apparati bilan texnik jihatdan qoloq mayda 
va o'rta sanoat o'rtasida nomutanosiblik yuzaga keldi. Ichki bozorga xizmat 
ko'rsatuvchi qator tarmoqlarda 30-yillar boshlarida ham sanoat rekonstruksiyasi 
tugallanmagan va ular oddiy asbob-uskunakfrda ishlashardi. Monopoliyalarning 
rivojlanishi mustamlakalarni, norentabel korxonalar mahsuloti va raqobatbardosh 
bo'lmagan buyumlarni sotish bozorlarini talab qilardi. Yaponiyada mustamlakalarni 
bosib olishga tayyorlanayotgan va mustahkam siyosiy ittifoqqa birlashgan harbiylar, 
pomeshchik-samuraylar hamda dzaybatsular diktaturasi shakllandi. 
Tegishli 
rejalarni 
amalga 
oshirish 
uchun 
mamlakat 
iqtisodiyotini 
harbiy]ashtirish o'tkazildi. 1934-yilda Yaponiya dunyodagi eng qudratli armiyalardan 
biriga ega bo'lib, urushga tayyor edi. Butun iqtisodiyot harbiy izga ko'chirildi. 1938-yil 
martida «Millatni umumiy safarbar qilish haqida»gi qonun qabul qilinib, bunda 
dzaybatsular va ishlab chiqarishga aloqador kompaniyalarga kreditlar, xom ashyo, 
ishchi kuchi va kafolatli buyurtmalar olishda ulkan imtiyozlar berildi. «Umumiy 
safarbar qilish haqida»gi qonun bo'yicha har qanday ish tashlashlar va yig'ilishlar 
ta'qiqlandi, ish kuni 14-16 soatgacha davom etardi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling