Tarix o’tmishning ko’zgusi


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   114
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar. 
1. Yaponiya uchun birinchi jahon urushining oqibatlari nimalardan iborat 
bo’ldi? 
2. Yaponiya iqtisodiyotida muhim rol o’ynagan kompaniyalardan 
qaysilarini bilasiz?


- 110 - 
3. XX asr boshlarida Yaponiyaning ijtimoiy- iqtisodiy hayotida qanday 
o’zgarishlar yuz berdi? 
4. Dzaybasularning Yaponiya siyosatiga ta’siri qanday bo’ldi? 
5. ―Yaponiya ichki va tashqi siyosatining harbiylashtirilishi sabablari‖ 
mavzusida mustaqil ishlang. 
1918-1939- YILLARDA ARAB DAVLATLARI 
 
Arab davlatlari dunyoning ikkt qit'asida (Osiyo va Afrikada ) 
joylashgan. XX asr boshlarida barcha arab davlatlari 
mustamlaka yoki yarim mustamlaka bo'lganlar. Xususan, 
Osiyoda joylashgan arab davlatlari Turkiya imperiyasi 
tarkibiga kirgan. Afrika qit'asidagi Misr va Sudan - Buyuk Britaniyaning; Tunis, Jazoir 
va Marokash - Fransiyaning; Marokashning bir qismi - Ispaniyaning; Liviya esa 
Italiyaning mustamlakasi edi. Birinchi jahon urushi natijasida Turkiya imperiyasi 
quladi. Biroq bu hodisa barcha arablarga ham mustaqillik keltirgani yo'q. Saudiya 
Arabistoni va Yaman mustaqil davlatlarga aylandi, Osiyodagi arab hududlari (Millatiar 
Ligasining mandat tizimiga asosan) Buyuk Britaniya va Fransiya nazorati ostiga 
berildi. Shimoliy Afrikada yashovchi arab xalqi mustamlaka zulmi ostida qolaverdi. 
Bunga qarshi xalq milliy-ozodlik kurashini tobora kuchaytirdi. 
 
Suriya 
Suriya to'rt asr davomida Turkiya mustamlakasi bo'lib kelgan. Birinchi jahon 
urushi oxirida esa u Fransiya qo'shinlari tomonidan ishg'ol etildi. XX asr boshlarida 
ham Suriyada o'rta asrlarga xos ishlab chiqarish munosabatlari hukmron edi. Aholining 
asosiy qismi qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanar, yerning ko'pchiligi katta yer egalari 
(feodallar) qo'lida edi. Dehqonlar (fallohlar)ning katta qismi bir parcha yerga ham ega 
emasdi. Ular ijaraga yer olib ishlashga majbur edilar. Sanoat juda sekin rivojlanmoqda, 
o'z vatanida ish topa olmagan ziyolilar chet elga ketishga majbur bo'lardi. Suriya xalqi 
Turkiyaning Antanta davlatlariga to'lashi zarur bo'lgan tovonning bir qismini to’lashga 
majbur etildi. Bu esa, o'z navbatida, aholi turmush darajasini yanada yomonlashtirib 
yubordi. 
1918-yilning noyabr oyidayoq Suriya xalqining milliy-ozodlik kurashi 
boshlandi. Fallohlar partizan guruhlarini tuza boshladilar. 1919-yil) Latakiyada 
ko'tarilgan qo'zg'olon 3 yil davom etdi. Parij tinchlik konferensiyasida Suriyani 
mustaqil davlat deb tan olishgach, Suriya Bosh kongressi qonuniy mudofaa holati e'lon 
qildi. 1919-yilning noyabrida joylarda Xalq milliy kengashi tuzildi. Kengash partizan 
harakati uchun mablag' va qurol to'plash bilan shug'ullandi. Partizan guruhlariga 
ko'ngillilarni jalb etdi. Milliy kengash dekabr oyida Suriya hukumatini tuzdi. Biroq 
mamlakat amiri Faysalning Fransiya bilan kelishuvchilik siyosati milliy-ozodlik kura-
shi kuchayishiga to'g'anoq bo'la boshladi. 
Faysal 1920-yil boshlarida davlat to'ntarishi o'tkazdi va parlament tarqatib 
yuborildi. Mart oyida o'zini Suriya qiroli deb e'lon qildi. 1920-yilning aprel oyida, San-

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling