Tarix o’tmishning ko’zgusi
Sovetlarga qarshi urushning
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Sovetlarga qarshi urushning
boshlanishi. Yaponiyaning urushga kirishi.Fashistlarga qarshi koalitsiyaning vujudga kelishi. Urushning borishidagi tub burilish. - 125 - 1942-yilning yozida Sharqiy frontda nemis armiyasi yangi hujum boshladi. Ular kuzda Stalingrad va Kavkazga chiqishga muvaffaq bo'ldilar. Biroq shu chegarada Sovet armiyasi nemislar hujumini to'xtatib qola oldi. 1941-yilning 2-iyulida Yaponiya hukumati urush harakatlarini boshlash haqida qaror qabul qildi. 7-dekabr kuni Yaponiya harbiy-dengiz floti aviatsiyasi AQSHning Gavay orollarida joylashgan Pirl-Xarbor buxtasida joylashgan harbiy-dengiz kuchlariga hujum boshladi. AQSH floti katta talafot ko'rdi. Ayni paytda Yaponiya harbiy floti va aviatsiyasi AQSH va Buyuk Britaniyaning Filippin orollarida joylashgan kuchlariga ham hujum uyushtirdi. Filippin, Malayziya va Indoneziyaga desant tashladi. Tailandni ham bosib oldi va o'zining navbatdagi hujumini Buyuk Britaniya mustamlakasi - Birmaga qaratdi. Shu tariqa 1942-yilning yoziga kelib Yaponiya Osiyoning deyarli barcha yirik davlatlarini bosib olishga ulgurdi. Yaponiya qo'shinlari g'arbda Hindiston, janubda esa Avstraliya chegaralarigacha yetib keldi. Faqat 1942-yilning yozida AQSH va Buyuk Britaniya Yaponiya armiyasining zafarli harakatini to'xtata oldi. Germaniya ittifoqchilarining Sovet davlatiga, Yaponiyaning esa AQSH hamda Buyuk Britaniyaga qarshi urush harakatlarini boshlashi fashist agressorlariga qarshi kurashuvchi davlatlar koalitsiyasini (ittifoqini) tuzish masalasini kun tartibiga qo'ydi. Bunday koalitsiya tuzish zarurligi va uning maqsadlari Buyuk Britaniya bosh ministri U. Cherchill va AQSH Prezidenti F. FDR 1941-yil avgustda imzolagan «Atlantik nizom»da o'z ifodasini topdi. Sovet davlati ham «Atlantik nizom»ga qo'shildi. 1942-yil 26-mayda Londonda Sovet davlati bilan Buyuk Britaniya o'rtasida 20 yilga mo'ljallangan va «Gitler Germaniyasi va uning Yevropadagi sheriklariga qarshi urushda ittifoqlik va urushdan keyingi hamkorlik hamda o'zaro yordam to'g'risida» deb atalgan shartnoma imzolandi. 10-iyunda esa Vashingtonda o'zaro yordam to'g'risida sovet-amerika bitimi imzolandi. Ungacha AQSH lend-liz to'g'risidagi qonunni Sovet davlatiga nisbatan ham qo'llay boshlagan edi. Shu tariqa uch buyuk davlat o'rtasida harbiy-siyosiy ittifoq vujudga keldi. Ittifoqchilar o'rtasida xalqaro masalalar va ularni hal etish yo'llari xususida chuqur ziddiyatlar mavjud bo'lsada, bu ittifoq Yevropa va Osiyoda agressorlarni tor- mor etishda beqiyos katta tarixiy rol o'ynadi. 1942-yil kuzga kelib Sovet davlati, AQSH va Buyuk Britaniya agressor davlatlar Germaniya, Italiya va Yaponiyaga nisbatan 5 baravar ko'p artileriya qurollari va minomyot, 3 baravar ko'p samolyot va 10 baravar ko'p tank ishlab chiqara boshladilar. Bu hoi 1942-yilning oxirida antifashistik ittifoqqa gitlerchilarga qarshi hujumga o'tish imkonini berdi. 1942-yilning 19-noyabrida mashhur Stalingrad jangi boshlandi. U 1943-yilning 2-fevraligacha davom etdi. Bu jangda Germaniyaning saralangan armiyasi tor-mor etildi. 1943-yilning yozida esa mashhur Kursk jangi bo'lib o'tdi. «Tanklar jangi» nomi bilan tarixga kirgan bu jangda ham Sovet qo'shinlari g'alaba qozondi. Shu jangdan so'ng Germaniya armiyasi Sharqiy frontda hujum qilish qobiliyatini butunlay yo'qotdi. Ayni paytda 1942-yilning kuzida Buyuk Britaniya va AQSH qurolli kuchiari ham hujumga o'tgan edi. Chunonchi, 1942-yilning 8-noyabrida Buyuk Britaniya va - 126 - AQSH Shimoliy Afrikaga (Marokash va Jazoirga) yirik desant tashladi. Ittifoqchilarga u yerdagi fransuz armiyasi ham qo'shildi. Misrda ham Buyuk Britaniya armiyasi jangga shay turar edi. Ularning barchasi AQSH generali D. Eyzenxauer qo'mondonligida hujum boshladilar. Bu hujum natijasida Shimoliy Afrikadagi italyan-nemis armiyasi tormor etildi va O'rta dengizda ittifoqchilar nazorati o'rnatildi. Italiyaga bostirib kirish uchun yo'l ochildi. 1943-yil 10-iyul kuni ingliz-amerika armiyasi Italiyaning janubiga tashlandi. Italiya hukmron doiralari Mussoliniga nisbatan fitna uyushtirdilar. 25-iyul kuni unga nisbatan ishonchsizlik bildirildi va Italiya qirolining buyrug'i bilan u hibsga olindi. 8-sentabr kuni Italiya antifashist ittifoqchilar bilan yarash bitimi imzoladi va urushdan chiqdi. Shunday qilib, Stalingrad, Kursk janglari va Italiyaning taslim bolishi ikkinchi jahon urushida tub burilish yasadi. Endi agressorlarning mag'lubiyatga uchrashi muqarrar bo'lib qoldi. Shunday bo'lsada, Germaniya armiyasi qo'l qovushtirib o'tirmadi, u Shimoliy va Markaziy Italiyani bosib oldi va ingliz-amerika armiyasining yo'lini to'sdi. Gitler o'ziga eng sodiq shaxslardan iborat Otto Skorseni boshliq desantchilarni Mussolinini qutqarib kelishga yubordi. Ular bu vazifaning uddasidan chiqdilar. Mussolini Shimoliy Italiyaga olib kelindi va bu yerda Germaniyaga bo'ysunuvchi qo'g'irchoq hukumatga boshliq etib qo'yildi. Ikkinchi jahon urushida tub burilish ro'y berishi va uning Germaniya hamda uning ittifoqchilarining mag'lubiyatini muqarrar qilib qo'yishi bosib olingan davlatlarda antifashistik va milliy-ozodlik uchun kurashuvchi kuchlarni ruhlantirib yubordi. Bu esa, o'z navbatida, ularning kurashni yanada kuchaytirishlariga olib keldi. G'arbiy Yevropada qudratli qarshilik ko'rsatish harakati markazi Fransiya va Italiya edi. Fransiyaning barcha vatanparvar kuchiari 1943-yilda Qarshilik ko'rsatish milliy kengashiga birlashdilar va general de Gollning rahbarligini tan oldilar. Yugoslaviya, Gretsiya, Albaniya, Polsha, Chexoslovakiya va boshqa davlatlarda ham qarshilik harakati nihoyatda kuchaydi. Bunday harakat Janubi-Sharqiy Osiyoda ham vujudga keldi. Yer sharining bu mintaqa xalqlari Yaponiya bosqinchilarga qarshi milliy-ozodlik kurashini kuchaytirdilar. Chunonchi, 1943-yilning oxirida partizan otryadlari Shimoliy Vetnamning bir qismini ozod etishga muvaffaq bo'ldi. Xitoyda ham yapon bosqinchilariga qarshi kurash kuchaydi. Ikkinchi front nima va u nega ochilishi kerak edi? Ma'lumki, o'tgan davr ichida Germaniya asosan sovet davlatiga qarshi urush bilan band bo'ldi. Binobarin, Germaniya bir frontda urush olib borardi. Bu front sovet-german fronti edi va u ikkinchi jahon urushining asosiy fronti hisoblanardi. Endi, Germaniya va uning ittifoqchilarini tezroq tor-mor etish va Yevropada urushni tezroq tugallash uchun fashistlarni bir vaqtning o'zida ikki frontda urush olib borishga majbur etish lozim edi. Buning uchun Buyuk Britaniya va AQSH armiyasi bevosita Yevropada Germaniyaga qarshi urush harakatlarini boshlashi lozim edi. Shunday qilinsa, Germaniya ikki yo'nalishda (frontda), ya'ni Buyuk Britaniya va Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling