Braziliya 1922-yilda Braziliyada prezident Bernardisning ochiq oydin
terroristik
diktaturasi
o'rnatildi.
Demokratik
erkinliklar
chegaralandi,
mehnatkashlarning namoyishlari ayovsiz ta'qib ostiga olindi. 1930-yilda davlat
to'ntarishi natijasida hokimiyat tepasiga yirik chorvador boy Vargas keldi. U
konstitutsiyani bekor qilib, parlamentni tarqatib yubordi va inqilobiy harakatni yanada
shafqatsizlik bilan bostirishga kirishdi. Kasaba uyushmalarining siyosiy faoliyat bilan
shug'ullanishi taqiqlab qo'yildi. Vargasning tuzumi 1945-yilgacha saqlanib qoldi.
Kuba Kuba XX asr boshidan AQSHning ulkan shakarqamish plantatsiyasiga
aylantirildi. 1924-yilda AQSHning moliya sarmoyasi yordamida Kubada hokimiyatni
AQSHdagi «Kloben elektrik kompani» kompaniyasining sobiq vitse-prezidenti
Xerardo Machado qo'lga kiritdi. U shafqatsiz terroristik tartib o'rnatdi. Machadoning
tuzumi yordamida AQSH sarmoyasi Kubaning jami iqtisodiyotini o'ziga to'la
bo'ysundirdi. Shakar va tamaki sanoatidan tashqari, AQSH tog'-kon sanoati, energetika
sohasi, qayta ishlash sanoati, transport va jami shahar xo'jaligini qo'lga kiritdi.
AQSHning qo'llab-quvvatlashiga tayangan Machado har qanday muxolifatni yo'q qilish
uchun kurashdi. Ishchilar harakati, dehqonlar, kasaba uyushmalari va talabalarning
tashkilotlari qatag'on qilindi. Machado hukmronligi yillari uning diktaturasiga qarshi
borgan 3 mingga yaqin Idshi qatl etildi. Machado ba'zan shaxsan o'zi mahbuslarni
akulalarning komiga itqitardi. 1928-yilda u o'zining prezidentlik lavozimiga kelgusi
muddatga saylanishini uyushtirdi. Bunga iavoban Kubada AQSHning ochiq-oydin
malayi bo'lgan xalaqa qarshi diktaturani ag'darib tashlash uchun kuchli harakat
boshlandi. 1933-yil 12-avgustda Machado Kubadan qochdi. 1934-yil 1-yanvarda
Kubada AQSHning boshqa bir malayi - Batistaning diktaturasi o'rnatildi. Mamlakatda
harbiy-politsiya terroriga tayangan tuzum qaror topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |