Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Yangi yo’nalish”ning jamiyatni liberalizatsiyalashdagi roli. FDRning tashqi siyosati.
- 1935-yil avgustida
1933-yil noyabrida Sovet Ittifoqi bilan diplomatik munosabatlar o'rnatilganligidir. Ikki
mamlakat o'rtasida munosabatlar me'yorlashganligi ularning iqtisodiy aloqalarini faollashtirdi. 1935 va 1937-yillarda AQSH bilan SSSR o'rtasida ikki mamlakatning o'zaro foydali iqtisodiy munosabatlari rivojlanishiga imkon beruvchi savdo bitimlari tuzildi. “Yangi yo’nalish”ning jamiyatni liberalizatsiyalashdagi roli. FDRning tashqi siyosati. - 86 - 1933-yili AQSH hukumati Lotin Amerikasi mamlakatlariga nisbatan «yaxshi qo'shnichilik» siyosatini e'lon qildi. FDR Gaitidan Amerika qo'shinlarini chaqirib oldi. Kuba bilan shartnoma tuzilib, AQSHning intervensiya huquqi bekor qilindi. Lotin Amerikasi davlatlari bilan ular uchun qulay savdo bitimlari tuzildi. Siyosatining yangi usullari tufayli AQSH Janubiy Amerikadagi asosiy raqiblar - Angliya, Germaniyani tezda qisib qo'yishga erishdi. AQSH yevropalik raqobatchilariga qarshi kurashda Lotin Amerikasi mamlakatlari aholisining keng qatlamlarida hukmron bo'lgan panamerikanizm g'oyalaridan mohirona foydalandi. Shu davrda o'tkazilgan uchta Panamerika konferensiyalari AQSHning Lotin Amerikasidagi gegemonligi mustahkamlanishiga imkon yaratdi. 30-yillar o'rtalarida AQSHdagi hukmron doiralarning diqqat markazini Yevropa va Uzoq Sharq siyosati muammolari egalladi. Bu masalalar bo'yicha o'tkir siyosiy kurash avj oldi. AQSHda ko'pdan beri «izolyatsionizm», ya'ni Yevropa siyosatiga har qanday aralashishni rad etish siyosati hukmron edi. Mazkur siyosat tarafdorlari AQSHning xalqaro mavqeini mustahkamlash uchun «qo'llar erkinligi» saqlanishi zarurligini va davlatlar bilan harbiy-siyosiy ittifoqlarga kirishmaslikni ta'kidlashardi. Bundan tashqari, izolyatsionistlar Yevropa qit'asidagi ikki koalitsiyaning to'qnashuvi ularning o'zaro zaiflashuviga olib keladi va qaysidir uchinchi tomonga hal qiluvchi daqiqada o'z shartlarini o'tkazish rmkonini beradi deb hisoblashardi. Izolyatsionistlarning mavqei Amerikaning keng xalq doiralarida hukmron bo'lgan urushga qarshi kayfiyatlar, shuningdek Demokratik partiyaning o'zida «betaraflik - urushga qarshi vositachi» shiorini ilgari suradigan kuchli senatorlar guruhi mavqei tufayli kuchaya bordi. Bu senatorlar guruhi ko'pgina holatlarda tashqi siyosat masalalari bo'yicha muhim qarorlar qabul qilinishiga faol ta'sir ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi. 1935-yil avgustida ularning tazyiqi bilan betaraflik haqidagi qonun qabul qilindi. Bu qonun Yevropa qit'asidagi urushayotgan mamlakatlarga qurol-aslaha va harbiy materiallar yetkazilishini taqiqlardi. Yevropa qit'asidagi fashistik davlatlarning tajovuzkorona siyosati va ularning dunyoda hukmronlikka ochiq da'volari avj olgani sayin AQSH tashqi siyosatida boshqa yo'nalish - internatsionalizm (baynalmilalchilik) tobora kuchayib bordi. Bu yo'nalish vakillari fashistik davlatlar blokining vujudga kelishi AQSHga ham harbiy xavf tug'diradi va shuning uchun G'arbiy Yevropadagi demokratik davlatlar bilan, birinchi navbatda Angliya bilan yaqinlashish zarur deb hisoblashardi. Prezident FDR, uning kabineti a'zolari va Amerika Kongressining ko'plab taniqli yetakchilari internatsionalistik yo'nalish tarafdorlari edi. FDR 1937-yil 5-oktabr kuni Chikagoda so'zlagan nutqida agressorlar atrofida «karantin» o'rnatishga chaqirdi. U fashistik davlatlarning bosqinchilik harakatlarini ham keskin qoraladi. AQSH hukumati o'zining barcha imkoniyatlarini ishga solib urushga faol tayyorgarlik ko'ra boshladi. Shu maqsadda qurol ishlab chiqarish kengaytirilib, ularning sifati takomillashtirib borildi. Tinch okeani orollarida shoshilinch ravishda harbiy bazalar qurishga kirishildi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling