Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   114
1931-yil iyunda Ta'sis Majlisiga saylovlar bo'lib o'tdi. Aksariyat o'rinlarni 
respublikachi partiyalar va sotsialistlar egallashdi. Saylovlardan so'ng sotsialistlar va 
so'l respublikachi partiyalar ishtirokida koalitsion hukumat tuzildi. 1931-yil 9-
dekabrda Ispaniyada mamlakatni «barcha mehnatkashlar respublikasi» deb e'lon 
qilgan yangi konstitutsiya qabul qilindi. Mamlakatda chuqur islohotlar o'tkazildi. Agrar 
islohot haqidagi qonun bo'yicha pomeshchiklarning yerlari to'lov evaziga musodara 
qilinadigan bo'ldi. Eng og'ir majburiyatlar bekor qilindi, ijara haqi kamaytirildi. Milliy 
masala qisman hal etildi faqat Kataloniyaga cheklangan avtonomiya berildi. Parlament 
bitta qonun chiqaruvchi palatadan iborat bo ldi. Aynm demokratik erkinliklar joriy 
etildi. Koalitsion hukumat ishchilar sinfining ahvolini birmuncha yaxshiladi. 8 soathk 
Ispaniyada respublikaning 
g’alaba qilishi. Fashizmning 
hujumi 


- 75 - 
ish kuni, ijtimoiy sug'urtalash, ishchi kuchmi yollashmng boshqarilishi haqidagi qonun 
qabul qilindi. Koalitsion hukumat faoliyati konservativ kuchlarning javob reaksiyasini 
uyg'otdi. Ular revanshga va hokimiyatni qaytarishga qattiq tayyorlana boshlashdi. 
1932-yili barcha reaksion kuchlar Ispan avtonom o'nglar konfederatsiyasiga birlashdi. 
Bu tashkuot moliya kapitali, cherkov va harbiy doiralar bilan bog hq yirik 
pomeshchiklar tashkiloti edi. U dehqonlar ommasi-ning muayyan qismi tomonidan 
quvvatlanishga erishdi. Ispan fashistlari 1933-yil «Ispan falangasi» partiyasiga bir-
lashdi. 
Koalitsion hukumat asta-sekin xalq ommasi orasida o z tayanchini yo'qota bordi. 
Hukumat tomonidan qabul qilingan respublika muhofazasi haqidagi qonun 
ishchilarning stachka qilish huquqini cheklar, hukumatga qarshi tashviqotni va 
«bo'ysunmaslikka undash»ni taqiqlardi. Ichki ishlar vazirligiga gazetalarni taqiqlash, 
miting va namoyishlarni to'xtatish bo'yicha keng vakolatlar berilgandi. 
1933-yilgi korteslarga (parlament) saylovlar bu safar o'ng partiyalarga g'alaba 
keltirdi. O'ng partiyalar korteslarda asosiy ko'pchilikni tashkil etdi, respublikachilar 
sotsialistlar bilan birga qattiq mag'lubiyatga uchradi. Ispaniya fashistik to'ntarish 
ko'lankasida qoldi. Hokimiyat o'nglar, monarxistlar va fashistlar qo'liga o'tgan paytda 
buni amalga oshirish qiyin bo'lmasdi. Yangi parlament va hukumat avvalgi 
parlamentning barcha yutuqlariga barham berishga intilgan holda aksilislohotlar 
o'tkazishga kirishdi. Cherkovga qarshi qaratilgan qonun bekor qilindi, ruhoniylarga 
davlat subsidiyalari tiklandi. Bu oddiy ruhoniylarni xonavayronlik va qashshoqlik-dan 
xalos etdi va ular o'ng partiyalarning hamda monarxiyaning jonkuyar, shiddatkor 
tarafdorlariga aylanishdi. Amnistiya haqidagi qonun Primo de Rivera diktaturasini 
qo'llab-quvvatlagan barcha monarxistlar va isyonchi-generallarni jazolanishdan ozod 
etdi. Agrar islohot to'xtatildi. Sotsialistlar va respublikachilar davlat apparatidagi 
rahbar lavozimlardan chetlatilib, o'ng partiyalar vakillari bilan almashtirildi. 
Mamlakatda siyosiy hayotga tobora kuchli ta'sir ko'rsatayotgan fashistik 
tashkilotlar jadal ravishda ko'paya boshladi. Ular monarxistik va harbiy tashkilotlar 
bilan yaqinlashdilar. Fashistlar o'z harbiy tashkilotlarini tuzishga kirishdilar. Ularning 
harakatlari asta-sekin fuqarolik jamiyatini va davlat tuzilmasini buzaverdi. 1934-yil 
fevralda «Ispan falangasi» boshqa reaksion tashkilot -«Milliy-sindikalist hujum 
xuntasi» bilan yagona fashistik partiyaga -«Ispan falangasi va XONS»ga birlashdi. 
Yangi fashistik partiya 1934-yil noyabrda Ispaniyani «inqilobiy yangilash» 
dasturini ilgari surdi. Bu dastur «26 modda» deb nomlanib, shaxsan general Primo de 
Rivera tomonidan tuzilgan edi. Dastur buyuk ispan imperiyasini barpo etish vositasida 
«yangi tartib» o'rnatilishini talab qilardi. Siyosiy totahtarizm va davlat mashinasi kulti 
qaror topdi. Siyosiy partiyalar va parlament tizimini tugatish ko'zda tutilardi. Siyosiy 
birhkka iqtisodiy birlik to'g'ri kelishi shart edi. 
Ishlab chiqarishda hamkorlik qilayotgan barcha kishilar «uzviy jamoani» tashkil 
etishi shart edi. Katalitsizm fashizm mafkurasining tarkibiy qismi sifatida tan olinardi, 
lekin cherkov ispan millatining birligiga ziyon yetkazuvchi harakatlardan saqlanish 
majburiyatini yuklardi. 
Fashistik xavf so'l kuchlarni o'z kuchlarini birlashtirishga va fashizmga qarshi 
yagona front bo'lib chiqishga majbur qildi. Fashizmga qarshi kurashda Dolores 


- 76 - 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling