Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   114
Iqtisodiyotning davlat 
tomonidan tartibga solinishi. 
Mussolinining tashqi siyosati 


- 68 - 
ishlab chiqarish 1929-yildagi darajaga nisbatan 33% ga qisqardi, ayrim sohalardagi 
qisqarish bundan ham ko'proqni tashkil qildi. Tashqi savdo hajmlari ikki baravarga 
kamaydi. Yirik sanoat kompaniyalarining tayanchi hisoblangan uchta eng yirik bank 
kasodga uchradi. Inqiroz mehnatkash ommaning ahvolini yanada og'irlashtirdi. 1933-
yilda rasman hisobga olingan ishsizlarning soni 1 mln. dan oshdi. Oylik maosh, rasmiy 
ma'lumotlarga ko'ra, 1929—1934-yillarda 50-60%ga qisqardi. Qishloq xo'jaligida 
inqiroz dehqonlarning shusiz ham mushkul ahvolini yanada og'irlashtirdi. Italiya 
dehqonlarining asosiy mahsuloti-vino, meva va sabzavot-larga talab tushib ketdi. 
Dehqonlar va qishloq xo'jaligidagi ishchilar daromadlarining pasayishi qishloq 
xo'jaligini halokat yoqasiga olib keldi. O'n minglab yer maydonlari sudlarning hukmiga 
ko'ra qarz beruvchilarga berildi. Shahardagi o'rta tabaqa vakillari -hunarmandlar, 
mayda tadbirkorlar, mayda va o'rta savdogarlar og'ir ahvolda qoldilar. Inqiroz 
davomida Italiyada 12 mingta korxona kasodga uchradi va bankrot deb e'lon qilindi. 
Boshqa davlatlardan farqli o'laroq, Italiyada xo'jalik ishlariga aralashish tashabbusi 
iqtisodiyotni rivojlantirish borasida o'z konsepsiyasi bo'lgan totalitar fashist davlatidan 
chiqardi. Bu konsepsiya eng avvalo avtarkik xo'jalik, ya'ni mamlakatning barcha zarur 
mahsulot turlari bilan o'z-o'zini ta'minlashiga asoslangan xo'jalikni ko'zda tutardi. 
Davlat birinchi navbatda kasodga uchragan uchta eng yirik bankni qutqarish 
choralarini ko'rdi. 1933-yil boshida Italiyada davlat moliya idorasi - Sanoatni qayta 
qurish instituti tuzilib, u kasodga uchragan banklarning qimmatbaho qog'ozlarini davlat 
hisobiga sotib oldi. Bu harakat natijasida Sanoatni qayta qurish instituti banklar 
ustidan, ular orqali esa metallurgiya va mashinasozlik korxonalarining aksar qismi, 
kemasozlik va deyarli butun harbiy sanoat ustidan nazorat o'rnatdi. Shunday qilib, 
davlat iqtisodiyotni saqlab qolish va rivojlantirish tashvishini to'liq xalqning yelkasiga 
yukladi. Inqiroz munosabati bilan Italiya fashizmi o'zining asosiy ijtimoiy tajribasi -
korporativ davlatni tuzishga kirishdi. Bu nom lotincha corporatio so'zidan kelib 
chiqqan bo'lib, hamkorlik, ma'lum maqsadda birlashish degan ma'noni anglatadi. Bu 
holda fashizm maqsadlari -buyuk Italiyani barpo qilishga erishish uchun davlatdagi 
barcha ijtimoiy tabaqalarni birlashtirish ko'zda tutildi. «Buyuk Italiya» davlati butun 
O'rta Yer dengizi bo'ylarini o'z ichiga olishi va u «Buyuk Italiya»ning ichki dengiziga 
aylanishi lozim edi. Bu davlat bir paytlar Rim imperiyasi tarkibiga kirgan barcha 
hududlarni birlashtirishni ko'zda tutardi. 
1930- 1934-yillarda 22 ta sohaviy tashkilotlar tuzilib, ular korporatsiyalar deb 
nomlandi. Har bir korporatsiyaga tadbirkor va ishchilarning tegishli tashkiloti 
kirardi.Tadbirkor va ishchilarning vakillari hukumat buyrug'iga ko'ra Korporatsiyalar 
milliy kengashiga kiritiladi. Bu kengash iqtisodiyot vazirligi mavqeiga ega bo'lib, uni 
vazir, vazir o'rinbosarlari, fashistlar partiyasi vakillari va turli ekspertlar boshqarardilar. 
Korporatsiyalar milliy kengashi davlat qo'lida iqtisodiyot rivojlanishiga ta'sir qilishning 
asosiy vositasiga aylandi. Korporatsiyalar tuzish yo'li bilan davlat korxona egalari va 
ishchilarning hamkorlik qilishiga erishmoqchi bo'ldi. Sohaviy korporatsiyalar ishlab 
chiqarish me'yorlari, mehnat sharoitlarini tartibga soldi, tadbirkor va ishchilar 
o'rtasidagi ixtiloflarni hal qildi. Mussolini o'zini korporatsiyalar kengashi raisi qilib 
tayinladi. 30-yillar o'rtasiga kelib Italiyaning butun aholisi korporativ tizimga jalb 
qilindi. Korporativ tizim qishloq xo'jaligini ham qamrab oldi. Qishloqda majburiy 


- 69 - 
mahsulot tayyorlash tizimi joriy qilindi, qishloq xo'jaligi mahsulotlari faqat davlat 
idoralariga belgilangan narxlar bo'yicha sotilishi lozim edi. Bu dehqonlarni 
kafolatlangan mahsulot sotish bozori bilan ta'minladi va o'n minglab dehqon 
xo'jaliklarini kasodga uchrashdan saqlab qoldi. Mussolini korporativ tizimni «ijtimoiy 
inqilob»ga teng deb e'lon qildi. Biroq, korporativ tizimning bosh maqsadi Italiya yirik 
sarmoyasini qo'llab-quvvatlash va Italiyaning yetakchi monopoliyalarini imkon qadar 
ko'proq daromad bilan ta'minlashdan iborat edi. Korporativ tizim monopoliyalarga 
ulkan daromad keltirdi. Besh yil ichida, 1934-yildan 1939-yilga qadar, Italiyaning 16 ta 
eng yirik kompaniyasi daromadlari 78%ga o'sdi. 
Korporativ tizim davlatga mamlakat iqtisodiy hayotining mulkdorlik shaklini 
o'zgartirmay boshqarish imkonini berdi. Davlat Sanoatni qayta qurish instituti orqali 
qarz berish yo'li bilan mamlakat iqtisodiy hayotiga ta'sir ko'rsatdi. Iqtisodiy qiyinchilik 
yillarida davlat majburiy davlat qarzlarini joriy qilib, aholini davlat xazina chiptalarini 
sotib olishga majburladi. Italiya iqtisodiyotining davlat tomonidan boshqarilishi unga 
faqat inqiroz bilan bog hq qiyinchiliklarni yengib o'tish emas, balki tarkxbiy o 
zganshlar borasida ham ancha olg'a tashlash imkomni beidi. 1937-yilga kelib Italiya 
iqtisodiyoti 1929-yilgi darajaga, ya'ni urushdan keyingi davrdagi eng yuqori darajaga 
ko’tarildi Bu vaqtga kelib Italiya agrar-sanoat mamlakatidan sanoat-agrar mamlakatiga 
aylandi. Biroq, iqtisodiy nvojlanishda erishgan jiddiy yutuqlariga qaramay, Italiya 
Yevropadagi rivojlangan sanoat mamlakatlari darajasiga yeta olmadi. 1939-yilda 
cho'yan bu yerda AQSH va Germaniyadagiga qaraganda 20 baravar, po'lat -tegishli 
ravishda 12 va 8 baravar hamda Angliyadagiga qaraganda 5 baravar kam eritilardi. Shu 
bilan birga, fashizm Italiyada xususiy monopolistik, ya'ni yirik sarmoyaning tez va 
kuchli o'sishini ta'minladi. Bu ishlab chiqarishni majburiy to'plash va sanoatda yakka 
hokimlik hisobiga amalga oshirildi. 1931-yilda po'lat prokati ishlab chiqaruvchi barcha 
korxonalar majburiy ravishda konsorsiumga birlashtirildi. 1932-yilda biror-bir sanoat 
sohasida 70% sarmoyaga ega bo'lgan kompaniyalarning davlat tomonidan ularning 
manfaatlari asosida boshqarilishini ko'zda tutuvchi qonun qabul qilindi. Endi ishlab 
chiqarishning katta qismi tadbirkorlarning bir necha guruhi tomonidan nazorat 
qilinardi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling