Tarix o’tmishning ko’zgusi
Korporatsiya (lot. corporatio -birlashma) -biror guruhning manfaatlarini
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Korporatsiya (lot. corporatio -birlashma) -biror guruhning manfaatlarini
himoya qilish maqsadida tuzilgan birlashma (sexlar, gildiyalar, diniy ritsarlik ordenlari, yirik monopolistik birlashmalar). Qisqa muddatda barcha og'ir muammolarni hal etishni va'da qilayotgan Mussoliniga minglab odamlar ishondilar. 1919—1921 -yillardagi ichki kurash burjuaziyani mamlakatda «tartib» o'rnata oladigan kuchli hokimiyat qidirishga majbur qildi. Fashistlar bu maqsadga eng mos keladigan kuch edilar. 1920-yilning kuzidan boshlab fashist tashkilotlari tez ko'paya bordi. Ular zavodlarga ham bordilar va u yerda o'z kasaba uyushmalarini tashkil etdilar. Qishloqlarda yirik zamindorlar va badavlat dehqonlar kuchi bilan amalda fashistlarning qurolli to'dalariga aylangan «o'z-o'zini mudofaa otryadlari» tuzildi. Italiya sotsialistik partiyasi (ISP) va Umumiy mehnat konfederatsiyasi (UMK) 1921-yil 3-avgustda fashist rahbariyati bilan «totuvlik pakti»ni imzolab, katta xatoga yo'l qo'ydilar. Bu paktga ko'ra, ikkala tomon ham bir-birini tanqid qilishdan voz kechdi. - 66 - Fashistlar ishchi tashkilotlarining qo'llab-quvvatlashi tufayli yetakchi siyosiy kuchga aylandilar. Fashistlar shiddat bilan hokimiyat sari intildilar. 1921-yil may oyidagi saylovlarda ular parlamentda 35 o'ringa ega bo'ldilar. 1922-yil kuziga kelib, ko'pgina munitsipalitetlar ustidan nazorat o'rnatdilar. Mamlakatning Emiliya, Toskana va Lombardiya kabi eng nufuzli viloyatlari ham fashistlar nazorati ostiga o'tdi. 1922-yil oktabrida ular o'z vakillariga bir necha vazirlik lavozimini berish talabi bilan hukumatga murojaat qildilar. Rimga yurish qilish uchun tayyorlanish maqsadida fashist guruhlarining yalpi safarbarligi e'lon qilindi. Qirol fashist isyoniga qarshi armiyani qo'llash huquqini beradigan farmonni imzolashdan bosh tortdi. Buning o'rniga 29-oktabr kuni u Milanga telegramma yo'llab, Mussoliniga bosh vazir bo'lishni taklif qildi. Bunga e'tiroz belgisi sifatida vazirlar mahkamasi iste'foga chiqdi, Mussolini esa Rimga keldi. Tarafdorlari uni qadimiy shahar ko'chalarida hukumat boshlig'i sifatida gulduros qarsaklar bilan kutib oldilar. «Rimga yurish» hokimiyatni egallash bilan yakunlandi. Yuzaki qaraganda, Mussolini hokimiyatga qonuniy yo'l bilan kelgandi. Chunki qirol istagan paytida bosh vazir tayinlash huquqiga ega edi. Ammo Mussolini tarafdorlari parlamentda ozchilik edilar: 420 deputatlik o'rnidan bor-yo'g'i 35 tasi fashistlarga tekkandi. Hokimiyatni bunday osongina egallashning ortida hukmron doiralar, yirik sanoatchilar, moliyachilar va zamindorlarning manfaatlari yotardi. Ular mamlakatdagi demokratik kuchlarga qarshi kurashda Mussolinidan zarbdor kuch sifatida foydalanishni o'ylagan edilar. Dastlabki davrda yetarli kuch to'play olmagan Mussolini demokratik partiyalar, kasaba uyushmalari va muxolif matbuot bilan murosa qih'b keldi. Uning hukumati koalitsiya asosiga qurilgandi: 1923-yil aprelgacha Xalq partiyasi bilan, 1924-yilning oxirigacha Liberal partiya bilan hamkorlik qildi. Italiyaning yangi dohiysi shaxsiy hokimiyatini mustahkamlash uchun tadbirlar belgilab, shiddatli va qat'iy tarzda ishga kirishdi. Konstitutsiyaga zid ravishda partiya rahbariyati a'zolaridan iborat Katta fashist kengashini tuzdi. Kengash amalda parlamentga taqdim etiladigan barcha dekretlar va qonunlar loyihasini, hukumatdagi o'z a'zolari orqali esa hukumat faoliyatini nazorat qilar edi. 1922-yil 23-noyabrda qirol va parlament Mussoliniga cheklanmagan hokimiyat berdi. Endi u vazifalarga tayinlash tartibini ham belgilar edi. Shundan keyin barcha amaldorlar va davlat xizmatchilari fashist partiyasi a'zolari bo'lishi yoki partiya rahbarlari roziligi bilan tayinlanishi zarurligi belgilab qo'yildi. 1924-yil oxirida Mussolinining tazyiqi ostida parlament saylov qonunini o'zgartirdi. Yangi qonunga ko'ra, saylovlarda eng ko'p ovoz olgan partiya (kamida 25 foiz ovoz) deputatlar palatasida o'rinlarning uchdan ikki qismini olar edi. 1924-yilgi saylovlarda fashistlar katta g'alabaga erishdilar va deputatlar palatasini to'la o'z nazoratlari ostiga oldilar. Bu imkoniyatdan ular mamlakatdagi qonun chiqaruvchi parlament hokimiyatini uzil-kesil bartaraf etish uchun foydalandilar. 1925 va 1926- yillarda qabul qilingan bir qator qarorlar Mussoliniga amalda yakka hukmronlik o'rnatish imkonini berdi. 1926-yilda boshqa siyosiy partiyalar tarqatib yuborildi. Yil oxiriga kelib, Italiya bir partiyali diktatorlik davlatiga aylantirildi. - 67 - Italiya diktatori o'zining mamlakatdagi hokimiyatini mustahkamlash yo'lida yana bir muhim qadam qo'ydi. Mussolini bilan katolik cherkovi o'rtasida imzolangan Lateran bitimlari Vatikan bilan Italiya davlati o'rtasida totuvlik o'rnatdi. Italiya armiyasi papaga qarashli yerlarni bosib olgan 1860-yildan beri cherkov davlatga dushmanlik ko'zi bilan qarar edi. Papalar amalda faqat Vatikan doirasida qolgan edilar. 1929-yilgi bitim papani Vatikanning dunyoviy hukmdori deb e'tirof etdi. Italiya hukumati musodara qilingan yerlar uchun pul to'lashga rozi bo'ldi. Davlat katolitsizmni milliy din deb e'tirof etdi, cherkov mulkini soliqlardan ozod qildi va cherkovga nikoh qonunlarini belgilash huquqini berdi. Shunday qilib, Italiyada G'arbdagi birinchi totalitar tuzum tashkil topdi. Bu tuzum iqtisodiy qayta qurish sohasida nihoyatda katta vazifalarni ilgari surdi. Fashist davlati mamlakatdagi butun ijtimoiy va iqtisodiy hayotni qamrab oladigan «korporativ tartib» yaratishni rejalashtirgan edi. Bu tartibning asosiy tamoyillari Katta fashist kengashi tomonidan 1927-yilda qabul qilingan «Mehnat xartiyasi»da bayon etilgan edi. U ishlab chiqarish muammolarini birga-likda hal etish uchun kasaba uyushmalarini va ishbilarmonlarni teng asosda korporatsiyalarda birlashtirishni nazarda tutardi. Ishbilarmonlar va ishchilar bir tashkilotning teng huquqli a'zolariga aylanardilar. Xalq xo'jaligining sanoat, qishloq xo'jaligi, savdo, banklar, transport kabi sohalariga mos keladigan 22 korporatsiya tuzildi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling