Tarix o’tmishning ko’zgusi
Urushga tayyorgarlik. SSSR bilan
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Urushga tayyorgarlik. SSSR bilan
muzokaralar. Buyuk Britaniyaning mustamlaka va dominionlardagi siyosati. - 60 - ham berildi. Biroq, bu «kafolat»larga juda kam odam ishonardi. N.Chemberlen hanuz Germaniya bilan dunyoni bo'lib olish va Sovet Ittifoqiga qarshi salib yurishi uyushtirish to'g'risida yaxshilikcha kelishish mumkinligiga ishonardi. U o'zaro teng bitim tuzishni istardi, harbiy tayyorgarliklar va ittifoqchilar Angliya marralarini Germaniya bilan bo'lajak muzokaralarda kuchaytirishga urinish edi. Buni Angliya hukmron doiralarining barcha vakillari yaxshi tushunishardi, shu sababli N. Chemberlenning Gitlerni «tinchlantirish» siyosatiga qarshiligi kuchayib borardi. U. Cherchill (1874-1965) boshchiligidagi konservatorlar guruhining mavqei ham kuchaymoqda edi. Germaniya armiyasi Pragaga kirgan damda U. Cherchill, A. Iden, D. Lloyd-Jorj, leyboristlar partiyasi rahbarlari va boshqa ko'plab siyosiy arboblarnmg urush muqarrar ekani va faqat Rossiya bilan til topishishgina vaziyatni o'zgartirishi mumkinligiga ishonchlari komil edi. Angliya jamoatchiligining ko'pchilik vakillari ham shu fikrda edilar. Sovet hukumatining maqsadi aniq edi - jamoaviy xavfsizlik tizimini yaratish va agressorga birga, bahamjihat qarshi turish. Jamoatchilik fikri tazyiqi ostida N. Chemberlen va E. Daladye Moskvaga Germaniyaga qarshi birga harakat qilish to'g'risidagi muzokaralami olib borish uchun delegatsiyalar yo'llashga majbur bo'ldilar. Ammo, Moskvada 1939-yil martdan avgustgacha davom etgan muzokaralar G'arb davlatlari Sovet Ittifoqiga bir tomonlama majburiyatlar yuklab, uni Germaniyaga qarshi urushga tortib, o'zlari chetda tomoshabin bo'lib turish niyatida ekanliklarini oshkor qildi. Shu bilan birga, Moskva Angliya hukumati Germaniya vakillari bilan dunyoni ta'sir doiralariga bo'lib olish, xom ashyo manbalarini bo'lib olish to'g'risida muzokaralar olib borganini isbotlovchi ma'lumotlarni qo'lga kiritdi. 1939-yil 23-avgustda Moskvada hujum qilmaslik to'g'risidagi sovet-german bitimi imzolandi, 1 sentabrda esa Germaniya qo'shinlari Polsha hududiga bostirib kirdi. 2-3-sentabrda Angliya va Fransiya Germaniyaga urush e'lon qilishga majbur bo'ldilar. N. Chemberlenning «tinchlantirish» siyosati amalda agressor qarshisida qo'l qovushtirish siyosati bo'ldi va uning mevasini birinchi bo'lib Angliya yeyishiga to'g'ri keldi. Angliya tashqi siyosati ko'p jihatdan mustamlaka va qaram hududlarda milliy- ozodlik harakatining o'sishi bilan belgilandi. Angliya mustamlaka va dominionlarida juda katta qo'shinni saqlashga majbur bo'ldi. Mamlakat hukmron doiralarida hech kim mustamlakalarga mustaqillik berish haqida o'ylamasdi. Biroq, mustamlakalarda osoyishtalikni ta'minlash uchun Angliya hukumati milliy-ozodlik harakatini parchalash va o'z tomoniga yirik va o'rta burjuaziya hamda amaldorlarning ko'pchilik qismini og'dirishga qaratilgan turli nayranglarni qo'llashga majbur bo'ldi. 1930-yil aprelida Hindiston milliy kongressi hind xalqini ruqaroviy bo'ysunmaslikka chaqirdi. Ammo xalq harakati qonun chegarasidan chiqib, kuchli ommaviy namoyishlarga aylandi. Politsiya va qo'shinlar bilan to'qnashuvlar bo'lib, ularda yuzlab namoyishchilar o'ldirildi. Mirutda kasaba uyushmalari harakati faollarining ishi bo'yicha jarayon o'tkazildi. Ularga juda og'ir jazolar belgilandi - ayrimlar umrbod katorga ishlariga, boshqalar esa 12 yil qamoq jazosiga hukm qilindilar. Shunday qilib Angliya hukumati o'z mustamlakalarini tark etish niyati yo'qligini bildirdi. - 61 - Angliya hukmron doiralari dominionlardagi aholiga nisbatan bir qancha yon berishlarga borishga majbur bo'ldi. 1931-yilda Angliya parlamenti uning biror-bir qonuni dominionlarga ularning rasmiy roziligisiz tatbiq etilmasligini ko'zda tutuvchi hujjatni qabul qildi. Dominionlar qabul qilgan qarorlar endi Angliya parlamenti tomonidan tasdiqlanmasdi. Angliya parlamentining bu hujjati Vestminster nizomi nomini oldi. U Angliya parlamentining mustamlaka va dominionlarda qabul qilingan istalgan qonunni bekor qilish huquqiga barham berdi. Vestminster nizomi dominionlarning mustaqilligini jilovlovchi so'nggi huquqiy cheklovlarni yo'q qildi (Kanada, Yangi Zelandiya, Avstraliya). Shu bilan birga, Britaniya hukumati mustamla- ka va dominionlarning Angliyaga qaramligini mustahkamlashga urindi. Ular Angliyaning sanoat ustaxonasi bo'lib qolishlari lozim edi. Bundan tashqari, yapon militarizmi ekspansiyasi xavfi ham kuchayib, u Tinch okeanining g'arbiy qismi, Xitoy va Hind okeanidagi mustamlakalarni qayta taqsimlash hamda ularda hukmronlikni qaror topdirishga majbur qildi. Angliya burjuaziyasi mahalliy millat vakillari orasida o'ziga ittifoqchilar topish, ularni qurolli kuchlarga jalb qilish va ulardan o'z hududlarini yapon agressiyasidan himoyalovchi qismlar tashkil qilishga urindi. 1935-yilda Hindiston uchun joriy etilgan yangi konstitutsiya shu maqsadni ko'zlardi. Vakillar idoralariga saylovchilar soni 14%gacha oshirildi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling